#Rivoyat
Afsona va haqiqat
Koson rayonidagi Ushoqtepa qishlog‘ining bir chekkasida shu nom bilan ataladigan kichik bir tepalik bor. Qishloq nomi ham shu tepalik nomidan yuzaga kelgan.
Nega “Ushoqtepa” deb atalganini so‘rasangiz, qishloq aholisi turlicha, qiziq-qiziq rivoyatlar so‘zlaydi. Har biri o‘ziga xos. Hammasida inson mehnati, non, uning inson uchun zarurligi ulug‘lanadi. Shulardan birini keltiraman.
Elda sayil kuni ekan. Yosh-u qari, katta-yu kichik yalanglikka yig‘ilgan. Kim kurash tushish bilan, kim tosh ko‘tarish-u tosh irg‘itish, kim kamon-u chillik otish bilan ovora. Kim otda uloq chopish, kimo‘zarga poyga o‘ynash bilan band. Kim ariq qazib suv yo‘lini ochmoqda, kim xancha qazib, nihol o‘tqazish bilan mashg‘ul. Dala bo‘ylab qo‘shiq taraladi. Doshqozonlarda turli taom pishmoqda, dasturxonlar noz-ne’matlarga boy. Hamma xursand, shod. Axir, Navro‘zi olam – el bayrami. Bayram shodiyonasi kechgacha davom etibdi. Oxirida el oqsoqoli tik turib, fotixaga qo‘l ochibdi. Qo‘lida bir burda noni bor ekan, oshiqqanidan uni barmoqlari orasiga qistiribdi va mehnat qilgan yoshlar, mehribon ota-onalar, qishloq zahmatkashlari sha’niga iliq so‘zlar, pand-nasihatlar aytibdi. Ammo so‘zini tugatolmabdi. So‘zi uzuq-yuluq, yuzi g‘amgin bo‘lib qolibdi. El kattalari darhol oqsoqol yoniga to‘planishibdi. Nima hol? Nima bo‘ldi? Bilishsa, qo‘lidagi yeb ulgurmagan nonning bir ushog‘i erga tushib ketgan ekan. Oqsoqol u yon-bu yonga qarab, topolmabdi. Hamma yerni titkilab, ushoqni qidiribdi. Baxtga qarshi, kech kirib qolgan ekan, qorong‘ilik halaqit qilibdi. Oqsoqol buyuribdi, kattalar ahdlashibdi: ertasiga hamma bel, ketmon, elak, g‘alvir olib chiqadi, hamma non ushog‘ini qidiradi, topilmaguncha tinim yo‘q. Oqsoqol uyiga ham bormabdi. Shu yerda tunabdi. Elak, g‘alvir ko‘targan xalq ertasiga yalanglik va uning atrofini erinmay elab chiqibdi.Tuprog‘ini bir joyga uyibdi, bir tepa hosil bo‘libdi. Lekin ushoq chiqmabdi. Horigan xalq oqsoqol yoniga kelibdi. Ushoqning qayerdan, qanday tushib ketganini bilgisi kelibdi. Oqsoqol qayta tushuntiribdi. Birovi topqirlik qilib, uning belbog‘ini yechsa, yengiga tushgan ushoq belbog‘ariga kelib to‘xtagan ekan. Shunday qilib, ushoq topilibdi, tepaga esa el Ushoqtepa deb ot qo‘yibdi...
“Yoshlik” jurnali 1989-yil 2-son
Muallif: To‘ra Nafasov
@yoshlikjurnali

Aqlli eshak
Bir kuni eshak quduqqa tushib ketdi va yordam so‘rab hangray boshladi. Uning ovozini eshitib egasi keldi va vaziyat bilan tanishgach, noiloj yelkasini qisib qo‘ydi – eshakni quduqdan chiqarib olishning hecham iloji yo‘q edi. «Eshagim qarib qolgan, hademay o‘zi o‘lar edi, baribir boshqa, yoshroq eshak sotib olishim kerak. Bu quduq ham suvsizlanib, qurib qolayozdi, baribir yangisini qazishim lozim. Shunday ekan, bir o‘q bilan ikki quyonni urganim ma’qul: quduqqa qo‘shib birato‘la eshakni ham ko‘mib yuboraman», deb o‘yladi sohib va tezda qo‘ni-qo‘shnilarini hasharga chaqirdi. Ular qo‘llariga kurak olib, birgalikda quduqqa tuproq tashlay boshlashdi. Eshak odamlarning niyatini darrov ilg‘adi va yana bor ovozi bilan hangrashga tushdi. Odamlar uning fig‘oniga e’tibor ham qilishmadi. Oxiri eshak ham jimib qoldi. Ancha tuproq tashlangach, sohib sekin quduqqa qaradi va shu manzarani ko‘rdi: eshak tepadan kelayotgan tuprog‘u kesaklarni oyog‘i bilan qabul qilgancha to‘zg‘itib yuborar, natijada tuproq uning ustiga emas, ostiga tushar, quduq borgan sari sayozlashib, tubi ko‘tarilib borar edi. Ko‘p o‘tmasdan, hammani hayron qoldirganicha, eshak tepaga chiqib oldi va quduqdan sakrab chiqib, bandilikdan xalos bo‘ldi.

#rivoyat
Tarbiya
Qadimda uch pahlavon oralarida kim tarbiya berishda ilg‘orligini aniqlamoqchi bo‘lishibdi. Uchalasi ham bittadan shogirdlarini chaqirishibdi. Har bir shogird o‘z ustoziga tosh otib, bu san’atni qanchalar o‘zlashtirganini namoyish etishi kerak ekan. Birinchi pahlavon shogirdi otgan toshlarga epchillik bilan chap beribdi. Ikkinchi pahlavon otilgan toshlarni ustalik bilan shogirdiga qaytaribdi. Uchinchi pahlavonning shogirdi qancha majburlashmasin, ustoziga tosh otishdan bosh tortibdi. Holis hakamlar shu uchinchi ustoz-shogirdni g‘olib deb topishibdi. Qolgan ikki pahlavon norozi bo‘lishibdi:
– Axir, ular tosh otish san’atini ko‘rsatib berishmadi-ku!
– To‘g‘ri, – debdi hakam. – Lekin u shogirdini ustoziga tosh otmaydigan qilib tarbiyalabdi…
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Sinov
Bir podshoh yo‘lning o‘rtasiga bitta tosh qo‘yibdi. Va aytibdiki, ko‘raychi insonlar bu toshni ko‘rib, odamlar nima qilar ekan.
Vazir o‘tib qopti. Toshni ko‘rib: “Podshohga maslahat solaman, yo‘ldagi toshlarni olib qo‘yadigan shtat tashkil qilamiz”, debdi.
Mirshabboshi toshni ko‘rib: “Vazirga maslahat qilaychi, bu toshni tashlaganga qanaqa jazo bersak bo‘ladi”, debdi.
Shoir bo‘lsa “Yo‘lning o‘rtasida ajib tosh ko‘rdim”, deb she’r to‘qibdi.
Shu ko‘chadan bir qishloqlik oddiy dehqon kishi ham o‘tib qolibdi. Qarasa yo‘lning o‘rtasida tosh yotibdi. Yelkasidagi xurjunini bir chekkaga qo‘yib, o‘sha toshni olib tashlabdi. Ne baxtkim, toshning ostida bir hamyon tilla va bir qog‘oz bor ekan.
Sulton toshni ostiga tilla qo‘yar ekan yonida shunday yozuv qoldirgan ekan.
“Bu oltinlar xalq uchun, qo‘llarini toshning ostiga qo‘ya olganlar uchun”.
Roviy aytadiki, insonlar nafaqat yo‘llarning ustidagi, balki yuraklaridagi, aqllaridagi umr yo‘llaridagi toshlarni olib tashlamaguncha komil bo‘la olmaydilar.
Yunus Emro Yulduz,
Turk shoiri