#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Tark etmoq xayoli naqadar jozib,
Qalbni uyg’oq tutar bu xil ishtiyoq.
Yillarni yashadim aqldan ozib,
Men qora odamman, boshqalar oppoq.
“Ket” deb sado berar har bir hujayram,
Yo’limni buraman, ochaman so’qmoq.
Kimningdir ishqida yongan chog’im ham,
Ayrilmoq istayman undan, ayrilmoq.
Hijrondan tug’ilgan tuyg’u ulkandir,
Ulg’aytsa, ayriliq ulg’aytar ko’proq.
Ba’zida kibrimga bo’laman bandi,
Ba’zida boshimdan sochaman tuproq.
Daraxtga o’xshayman shamolga oshiq,
Fasllar ishqimga qo’shar harorat.
Kun kelar, turg’unlik qiynamas ortiq,
Kun kelar, osmonni quchaman xushbaxt.
Dardga toqat qilar yuragim –sabiy,
Umrimni yasharman hayratga to’lib.
Otamdan, onamdan ketganim kabi,
Dunyodan ketarman suyukli bo’lib.
Ungacha tark etmoq xayoli g’olib,
Ungacha umrimni qurshaydi farah,
Ungacha men uni sevaman yonib,
Ungacha shamolga aylanar daraxt.
Mehrinoz Abbosova
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Veb-sayt 📱 Facebook
* * *
Tark etmoq xayoli naqadar jozib,
Qalbni uyg’oq tutar bu xil ishtiyoq.
Yillarni yashadim aqldan ozib,
Men qora odamman, boshqalar oppoq.
“Ket” deb sado berar har bir hujayram,
Yo’limni buraman, ochaman so’qmoq.
Kimningdir ishqida yongan chog’im ham,
Ayrilmoq istayman undan, ayrilmoq.
Hijrondan tug’ilgan tuyg’u ulkandir,
Ulg’aytsa, ayriliq ulg’aytar ko’proq.
Ba’zida kibrimga bo’laman bandi,
Ba’zida boshimdan sochaman tuproq.
Daraxtga o’xshayman shamolga oshiq,
Fasllar ishqimga qo’shar harorat.
Kun kelar, turg’unlik qiynamas ortiq,
Kun kelar, osmonni quchaman xushbaxt.
Dardga toqat qilar yuragim –sabiy,
Umrimni yasharman hayratga to’lib.
Otamdan, onamdan ketganim kabi,
Dunyodan ketarman suyukli bo’lib.
Ungacha tark etmoq xayoli g’olib,
Ungacha umrimni qurshaydi farah,
Ungacha men uni sevaman yonib,
Ungacha shamolga aylanar daraxt.
Mehrinoz Abbosova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Yolg‘iz yashayapman anchadan beri,
Bo‘g‘ilib o‘lmagan ko‘ngil tomonda.
Ko‘zoynak taqmagan shoirning she’ri,
Doni yetilmasdan pishgan somonda.
Qadam tashlamadim taqdirga xilof,
Nafas ololmadim zinhor so‘kilmay.
Dunyo deganlari shunchaki g‘ilof,
Sevmoq mumkinmikin to‘lmay, to‘kilmay.
Anglagan tongimni sinovlar yedi,
Borayapman tunning qisqa yo‘lidan.
Ehtiros gunohga begona edi,
Qo‘rqmadim hislarning yomg‘ir, do‘lidan.
Baraka XAYRULLOH
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Veb-sayt 📱 Facebook
* * *
Yolg‘iz yashayapman anchadan beri,
Bo‘g‘ilib o‘lmagan ko‘ngil tomonda.
Ko‘zoynak taqmagan shoirning she’ri,
Doni yetilmasdan pishgan somonda.
Qadam tashlamadim taqdirga xilof,
Nafas ololmadim zinhor so‘kilmay.
Dunyo deganlari shunchaki g‘ilof,
Sevmoq mumkinmikin to‘lmay, to‘kilmay.
Anglagan tongimni sinovlar yedi,
Borayapman tunning qisqa yo‘lidan.
Ehtiros gunohga begona edi,
Qo‘rqmadim hislarning yomg‘ir, do‘lidan.
Baraka XAYRULLOH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olis_yaqin_ovozlar
Tushunish
Hayot meni borardi aldab,
Men hayotni anglab borardim.
Sen hijronni bo‘lganding tanlab,
Men ishqingni alqab borardim.
Tomiringda oqqan qon edim,
Ayt, jonimni qiynaysan buncha?
Axir o‘zni yo‘qotay dedim,
Ko‘ngling aro senga yetguncha.
La’natlangan hislaringdan ko‘p,
Ishqqa tashna ko‘ngillar soni.
Qovjiraydi qalbingda bir to‘p
Yaralangan gullarning joni.
Oh, dilimni ezmoqda xunlar,
Sog‘inaman ko‘klamda kuzni.
Bepusht bo‘lib qolsaydi tunlar,
Tug‘masaydi boshqa yulduzni!
Guliruxsor Ummatova
“Yoshlik” / 2024 / 6
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Veb-sayt 📱 Facebook
Tushunish
Hayot meni borardi aldab,
Men hayotni anglab borardim.
Sen hijronni bo‘lganding tanlab,
Men ishqingni alqab borardim.
Tomiringda oqqan qon edim,
Ayt, jonimni qiynaysan buncha?
Axir o‘zni yo‘qotay dedim,
Ko‘ngling aro senga yetguncha.
La’natlangan hislaringdan ko‘p,
Ishqqa tashna ko‘ngillar soni.
Qovjiraydi qalbingda bir to‘p
Yaralangan gullarning joni.
Oh, dilimni ezmoqda xunlar,
Sog‘inaman ko‘klamda kuzni.
Bepusht bo‘lib qolsaydi tunlar,
Tug‘masaydi boshqa yulduzni!
Guliruxsor Ummatova
“Yoshlik” / 2024 / 6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Bo‘m bo‘sh ko‘chalarda
shamollar kezinar,
maysalar unar,
yovvoyi gullarning ochilar chiroyi.
Xayolan uzooqqa otlanib,
Sen sevgan tushuniksiz tilda
boshlayman xirgoyi.
Ufqlar tomonga ko‘zlarim tiksam,
Maysalar labiga qadasam yoshlar,
Muallaq dunyoning bir chekkasida,
Mening derazamni poylaydi qushlar.
O, ma'sum qushlar ham ko‘zyoshlarini,
hovuchimga to‘kar, hech yo‘q shu bilan,
tushlarim yuvilib o‘tar suv bilan...
...Bo‘m bo‘sh ko‘chalarda,
Qonlar kechib kelar
beayov shomlar,
g‘amgin soyalarni to‘shagan ko‘kning
kengliklari aro tag‘in kimgadir,
bir nafaslik havo qiladi yo‘qlik.
Bu gal ochilmagan namozshomgullar,
Poyiga yiqila boshlaydi tunning.
Kimlardir yangidan ertaklar aytar,
Kimlardir yangidan boshlaydi kunni...
Men esa,
gardlarin yuvgancha derazalarning,
sen sevgan tushuniksiz tilda,
boshlayman xirgoyi,
Barini unutib hech yo‘q shu bilan,
baxtli ko‘ra olsak edi dunyoni...
Zulxumor Orifjonova
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Veb-sayt 📱 Facebook
* * *
Bo‘m bo‘sh ko‘chalarda
shamollar kezinar,
maysalar unar,
yovvoyi gullarning ochilar chiroyi.
Xayolan uzooqqa otlanib,
Sen sevgan tushuniksiz tilda
boshlayman xirgoyi.
Ufqlar tomonga ko‘zlarim tiksam,
Maysalar labiga qadasam yoshlar,
Muallaq dunyoning bir chekkasida,
Mening derazamni poylaydi qushlar.
O, ma'sum qushlar ham ko‘zyoshlarini,
hovuchimga to‘kar, hech yo‘q shu bilan,
tushlarim yuvilib o‘tar suv bilan...
...Bo‘m bo‘sh ko‘chalarda,
Qonlar kechib kelar
beayov shomlar,
g‘amgin soyalarni to‘shagan ko‘kning
kengliklari aro tag‘in kimgadir,
bir nafaslik havo qiladi yo‘qlik.
Bu gal ochilmagan namozshomgullar,
Poyiga yiqila boshlaydi tunning.
Kimlardir yangidan ertaklar aytar,
Kimlardir yangidan boshlaydi kunni...
Men esa,
gardlarin yuvgancha derazalarning,
sen sevgan tushuniksiz tilda,
boshlayman xirgoyi,
Barini unutib hech yo‘q shu bilan,
baxtli ko‘ra olsak edi dunyoni...
Zulxumor Orifjonova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olis_yaqin_ovozlar
She’riyat peshvosi
Dillarni doimo charog‘on etgan,
Millatim deb doston, g‘azallar bitgan,
Dovrug‘i butun yurt, olamga yetgan,
She’riyat peshvosi – Navoiy bobom.
G‘azallari ziyo bag‘ishlagandir,
Jannat pok ruhini og‘ushlagandir,
Bani bashar uni olqishlagandir,
She’riyat peshvosi – Navoiy bobom.
Siz mangu xotira, o‘chmas nur, izsiz,
Turkiyda, forsiyda quyoshday so‘zsiz,
G‘azal mulkining ham sultoni sizsiz,
She’riyat peshvosi – Navoiy bobom.
Umida Ismoilova
“Yoshlik” / 2024 / 6
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Veb-sayt 📱 Facebook
She’riyat peshvosi
Dillarni doimo charog‘on etgan,
Millatim deb doston, g‘azallar bitgan,
Dovrug‘i butun yurt, olamga yetgan,
She’riyat peshvosi – Navoiy bobom.
G‘azallari ziyo bag‘ishlagandir,
Jannat pok ruhini og‘ushlagandir,
Bani bashar uni olqishlagandir,
She’riyat peshvosi – Navoiy bobom.
Siz mangu xotira, o‘chmas nur, izsiz,
Turkiyda, forsiyda quyoshday so‘zsiz,
G‘azal mulkining ham sultoni sizsiz,
She’riyat peshvosi – Navoiy bobom.
Umida Ismoilova
“Yoshlik” / 2024 / 6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Manzillar o‘zgarar, yo‘llar o‘zgarar,
Yillar ne qismatni keladi boshlab.
Ikkimizni diydor etgan yoqlarga,
Men sening ismingni ketaman tashlab!
O‘sib boraverar dardlar basma-bas,
Muhabbat o‘tida yonib bitdi jon.
Endi umid bermas, endi kuch bermas -
Xayoling – qalbimga sanchilgan armon.
Kuzlar kelaverar, yomg‘irlar tanish,
Mudom yangrayverar taqdir jarangi.
O‘tkinchi dunyoda, eski dunyoda,
Faqat sen mavjudsan, faqat sen yangi!
Jafolar bazmidan omon chiqdi dil!
Qolish va ketish bor, endi netaman?
Ikkimizni diydor etgan yoqlardan
Men sening ismingni olib ketaman...
(Qoldirib boʻlurmi axir hayot bor...)
Bobomurod Sa'dullayev
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Veb-sayt 📱 Facebook
* * *
Manzillar o‘zgarar, yo‘llar o‘zgarar,
Yillar ne qismatni keladi boshlab.
Ikkimizni diydor etgan yoqlarga,
Men sening ismingni ketaman tashlab!
O‘sib boraverar dardlar basma-bas,
Muhabbat o‘tida yonib bitdi jon.
Endi umid bermas, endi kuch bermas -
Xayoling – qalbimga sanchilgan armon.
Kuzlar kelaverar, yomg‘irlar tanish,
Mudom yangrayverar taqdir jarangi.
O‘tkinchi dunyoda, eski dunyoda,
Faqat sen mavjudsan, faqat sen yangi!
Jafolar bazmidan omon chiqdi dil!
Qolish va ketish bor, endi netaman?
Ikkimizni diydor etgan yoqlardan
Men sening ismingni olib ketaman...
(Qoldirib boʻlurmi axir hayot bor...)
Bobomurod Sa'dullayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Siz bor dunyolardan mujdalar olib,
Yulduzlar men tomon shoshgani shoshgan.
Siz bilan uf tortib, siz bilan o‘ksib,
Shu kecha uxlamay chiqqanmish Toshkan.
Sizni-ku, gar alam yo‘qlabon bo‘lsa,
Ko‘zingizga kelmas uyqu bir nafas.
Shaharni uyg‘otmang, kelasi safar,
Shaharga g‘amginlik yarashmas!
Sokin tun, yulduzlar, oy bor, harqalay,
Sizning tinglaringiz bisyor, manim-chi?!
Dildagi dilimdan chiqolmay qolgan –
Qishloqda havolar chaqimchi...
Bilaman,
So‘nmaydi umidingiz hech,
Qayda toblagansiz irodangizni?
Ko‘zingizga boqib, ko‘ksini mushtlab
Poytaxt qarg‘aganmish qaysidir qizni.
Endi siz ham qarg‘ang, ishqqa zor bo‘lsin,
Axir tushunmaysiz, tushunmagansiz.
Uyat, andishaning bog‘ida o‘sgan
Qaysi bir otaga nomus o‘sha qiz.
...siz bor dunyolardan mujdalar olib,
Yulduzlar barisin aytib ketadi.
Ular ko‘z yosh bilan haydalgan mahal
Toshkanda eng baxtsiz tonglar otadi!
Toshkantda eng baxtsiz tonglar otadi...
Muattar MAMATKARIMOVA
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Veb-sayt 📱 Facebook
* * *
Siz bor dunyolardan mujdalar olib,
Yulduzlar men tomon shoshgani shoshgan.
Siz bilan uf tortib, siz bilan o‘ksib,
Shu kecha uxlamay chiqqanmish Toshkan.
Sizni-ku, gar alam yo‘qlabon bo‘lsa,
Ko‘zingizga kelmas uyqu bir nafas.
Shaharni uyg‘otmang, kelasi safar,
Shaharga g‘amginlik yarashmas!
Sokin tun, yulduzlar, oy bor, harqalay,
Sizning tinglaringiz bisyor, manim-chi?!
Dildagi dilimdan chiqolmay qolgan –
Qishloqda havolar chaqimchi...
Bilaman,
So‘nmaydi umidingiz hech,
Qayda toblagansiz irodangizni?
Ko‘zingizga boqib, ko‘ksini mushtlab
Poytaxt qarg‘aganmish qaysidir qizni.
Endi siz ham qarg‘ang, ishqqa zor bo‘lsin,
Axir tushunmaysiz, tushunmagansiz.
Uyat, andishaning bog‘ida o‘sgan
Qaysi bir otaga nomus o‘sha qiz.
...siz bor dunyolardan mujdalar olib,
Yulduzlar barisin aytib ketadi.
Ular ko‘z yosh bilan haydalgan mahal
Toshkanda eng baxtsiz tonglar otadi!
Toshkantda eng baxtsiz tonglar otadi...
Muattar MAMATKARIMOVA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olis_yaqin_ovozlar
SEVSANG
Sevsang,
Menga oy olib berma,
Sevsang, faqat ko‘nglingni bergin.
Yulduzlardan yasama marjon,
Hislarimdan marjonlar tergin.
Sevsang,
Gullar keltirma zinhor,
Loyiq emas ular so‘lishga.
Sevsang, mangu keltirgin bahor,
Men roziman guling boʻlishga.
Sevsang,
Sehrlab qo‘ygin yuragim,
Baxtga loyiq hislaring bilan.
Sevsang,
Muhabbatdan uygʻonsa tonggim,
Kel, ko‘nglimdan orzular tilan.
Sevsang,
Menga oy olib berma,
Koʻnglingni ber, olmagin qaytib.
Sevsang, men ham koʻngil beraman
Qalb koʻzimiz toʻqnashgan payti.
Shahzoda Orifjonova
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Veb-sayt 📱 Facebook
SEVSANG
Sevsang,
Menga oy olib berma,
Sevsang, faqat ko‘nglingni bergin.
Yulduzlardan yasama marjon,
Hislarimdan marjonlar tergin.
Sevsang,
Gullar keltirma zinhor,
Loyiq emas ular so‘lishga.
Sevsang, mangu keltirgin bahor,
Men roziman guling boʻlishga.
Sevsang,
Sehrlab qo‘ygin yuragim,
Baxtga loyiq hislaring bilan.
Sevsang,
Muhabbatdan uygʻonsa tonggim,
Kel, ko‘nglimdan orzular tilan.
Sevsang,
Menga oy olib berma,
Koʻnglingni ber, olmagin qaytib.
Sevsang, men ham koʻngil beraman
Qalb koʻzimiz toʻqnashgan payti.
Shahzoda Orifjonova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Ay La’lim, qalbimim yolg‘iz armoni,
Ko‘tarib kezindim ruhimni afgor.
Majruh orzularga ko‘mildim dildor,
Sensiz yozilmagay ishqim farmoni.
So‘limda qulfog‘liq qirmizi sandiq,
Ichinda limmo-lim soching gazmoli,
Ganch erur ko‘zlaring – eng qimmat molim,
Ming yilki jimgina yotar tashlandiq.
Ay La’lim, tushlarim baloyi xunxor,
Laqchasin tushunmay yashaydir fe’lim.
Besh mahal sajdaga egilgan elim,
Yuho amaldordan qaqshayverar zor.
Saningdek afifa topmagan bashar,
So‘zlari jon safo, qabog‘ida nor.
O‘rasang zulflaring bo‘ynim uza dor,
Maningdek navjuvon husningga shoshar.
Ay La’lim, topganim, asragan toshim,
Olsang nafaslaring bo‘lsin nafasim.
O‘zing erkim bo‘lgin, o‘zing qafasim,
Sensiz nima qolar? Jasadim, loshim.
UMID QODIR
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Veb-sayt 📱 Facebook
* * *
Ay La’lim, qalbimim yolg‘iz armoni,
Ko‘tarib kezindim ruhimni afgor.
Majruh orzularga ko‘mildim dildor,
Sensiz yozilmagay ishqim farmoni.
So‘limda qulfog‘liq qirmizi sandiq,
Ichinda limmo-lim soching gazmoli,
Ganch erur ko‘zlaring – eng qimmat molim,
Ming yilki jimgina yotar tashlandiq.
Ay La’lim, tushlarim baloyi xunxor,
Laqchasin tushunmay yashaydir fe’lim.
Besh mahal sajdaga egilgan elim,
Yuho amaldordan qaqshayverar zor.
Saningdek afifa topmagan bashar,
So‘zlari jon safo, qabog‘ida nor.
O‘rasang zulflaring bo‘ynim uza dor,
Maningdek navjuvon husningga shoshar.
Ay La’lim, topganim, asragan toshim,
Olsang nafaslaring bo‘lsin nafasim.
O‘zing erkim bo‘lgin, o‘zing qafasim,
Sensiz nima qolar? Jasadim, loshim.
UMID QODIR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olis_yaqin_ovozlar
Kechinma
Bu ulkan shaharning chehrasi sovuq,
Nogoh oʻrnashadi yuraginga nam.
Junjikib,
Entikib,
Ogʻir silkinib,
Koʻnikib qolasan bu shamolga ham.
Kengbagʻr koʻchalar yelkasi ogʻir,
Qaddingni sindirar namli tabassum,
Dengizning koʻpirgan
botigʻi kabi,
Seni mahv etadi yomgʻirlar bir zum.
Bu shahar qoʻllari dagʻal va yakkash,
zeriktirib qoʻyar bu fonogramma.
Bir tosh hasratinga chiqmaydi sherik,
Yelkanga tashlanmas na birorta bosh,
Bu shahar ichida aktyor hamma.
(Kun ishga borishar, tun ishdan kelishar)
Issiqlik isini bahsh etolmaydi,
Har yerda muzlagan yoniq alanga.
Yoqilgan yulduzlar,
Yoqilgan osmon,
Umr chiroqlari
– tashlangan tanga.
Bu shahar yuzida qop-qora niqob,
Har qalbning ichiga toʻr yoygan nafrat.
Baxtsiz qoʻlberganlar,
Baxtsiz suyganlar,
Baxtsiz sevishganlar,
Majburlik, armonning niqobi basharasida,
Bu shahar ichida oʻlik muhabbat.
Yomgʻirlari hissiz,
qorlar bequvonch,
Quyosh bosh koʻtarar charchab saharda.
Kapalak quvlagan bolalar ( bolalik) qani?
Qishloqning mehri yoʻq bu keng shaharda.
Muhammad Hodiyev
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Veb-sayt 📱 Facebook
Kechinma
Bu ulkan shaharning chehrasi sovuq,
Nogoh oʻrnashadi yuraginga nam.
Junjikib,
Entikib,
Ogʻir silkinib,
Koʻnikib qolasan bu shamolga ham.
Kengbagʻr koʻchalar yelkasi ogʻir,
Qaddingni sindirar namli tabassum,
Dengizning koʻpirgan
botigʻi kabi,
Seni mahv etadi yomgʻirlar bir zum.
Bu shahar qoʻllari dagʻal va yakkash,
zeriktirib qoʻyar bu fonogramma.
Bir tosh hasratinga chiqmaydi sherik,
Yelkanga tashlanmas na birorta bosh,
Bu shahar ichida aktyor hamma.
(Kun ishga borishar, tun ishdan kelishar)
Issiqlik isini bahsh etolmaydi,
Har yerda muzlagan yoniq alanga.
Yoqilgan yulduzlar,
Yoqilgan osmon,
Umr chiroqlari
– tashlangan tanga.
Bu shahar yuzida qop-qora niqob,
Har qalbning ichiga toʻr yoygan nafrat.
Baxtsiz qoʻlberganlar,
Baxtsiz suyganlar,
Baxtsiz sevishganlar,
Majburlik, armonning niqobi basharasida,
Bu shahar ichida oʻlik muhabbat.
Yomgʻirlari hissiz,
qorlar bequvonch,
Quyosh bosh koʻtarar charchab saharda.
Kapalak quvlagan bolalar ( bolalik) qani?
Qishloqning mehri yoʻq bu keng shaharda.
Muhammad Hodiyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM