“Yoshlik” jurnali
1.92K subscribers
2.65K photos
196 videos
34 files
3.36K links
“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali

Saytimiz: yoshlikjurnali.uz
Download Telegram
#iqtibos

Inson erkin boʻlishi uchun buyuk boʻlishi shart emas, ammo hech kim erkin boʻlmasdan turib buyuk boʻla olmaydi.

Jubron Xalil Jubron

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar

Lirika mashqi


Xirom aylar kecha, shamol kuyida,
Raqqosa barglar, o'yinlari shod.
Yulduzlar birma-bir yonib o'charlar,
Boshim chiroq kibi so'raydir imdod.

Xirom aylar kecha, shamol kuyida,
Dengiz lashkarlarin uyg‘otadir tun.
Ayovsiz jang borar qirg‘oq bo‘yida,
To‘lqinmi, sohilmi, kim g'olib bugun?

Xirom aylar kecha, shamol kuyida,
Shoir yuragini to‘kar qog‘ozga.
Tun bilan olishar, matonat, ilhom,
Chiroq o‘char, orzu yanglig‘ behosdan.

Bir oqshom shoirga aylanar shamol...

Umid Qodir

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
Farmon Toshevning she’ridan olingan ushbu parchada nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi kerak bo‘lgan so‘zlar qatorini toping.

Ziynatsiz .........himmat bo‘lmagay, Fidoyi insonda minnat bo‘lmagay, Yaramasa agar ........koriga, Umr o‘tar, unda hikmat bo‘lmagay.
Anonymous Quiz
33%
Yurakda, elning
28%
Qalblarda, do‘stning
8%
Yurakda, do‘stning
32%
Qalblarda, elning
#iqtibos

Sen Vataning uchun hatto bir on, bir marta yigʻlay olmay qariyotganingni bilish naqadar dahshat.

Javlon Jovliyev
“Qoʻrqma”

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar

★ ★ ★

Qaqimchilar, faqat ertakda deding,
(Chaqimchilar faqat ertakda deding).
Onajon, cho‘pchakdan seskangan onim.
Endi ertak deya atash mumkinmi,
Chaqimchiga to‘la dunyoni?

Men ko‘p ishonganim ertakdagidek
Ko‘pning haqqi uchun ko‘zin qilgan suq.
Kazzob odamlarga jazo berguvchi
Nega bu o‘lkaning ur to‘qmog‘i yo‘q?

Bir kuni meningdek qiz tug‘sang yana,
Ertaklar aytib ber, der u ham tabiiy.
Men sevgan cho‘pchakni aytma onajon,
Bosh egib o‘tmasin, u Zumrad kabi.

O‘ylanma, men seni ayblaganim yo'q,
Uxlatmoqchi bo‘lding bedor bolangni.
Yetar bu dunyoning mudragani ko‘p
Rost ertaklar aytib uyg‘ot olamni.

Rost ertaklar aytib uyg‘ot olamni!

Muattar Mamatkarimova

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#iftixor

Ruslan Nurudinov oʻzi oʻrnatgan jahon rekordini yangilab, uch karra jahon chempioni boʻldi.

Bahraynda yakuniga yetib borayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida oʻzbekistonlik ogʻir atletikachining umumiy hisobda qayd etgan 424 kg natijasini hech bir atlet yangilay olmadi va Ruslan Nurudinov uchinchi bor ikki kurash boʻyicha jahon chempionligiga erishdi.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#nazm

QISH

Omonat koʻnglimni berdim olovga,
Koʻngilda yoʻq edi zarra zoriqish.
Qaynoq yuragimni qoʻyib garovga,
Koʻkdan oppoq palto sotib oldi qish.

Qushday uchayapman senga talpinib,
Eng zarur narsamni keldi soʻragim.
Ey,  osmon, sezmading nahot zarbini,
Qaysi qafasingda mening yuragim?!

Falakning hukmiga berar oroyish
Goʻzal tuygʻularning ajab savdosi.
Meni sogʻinganga oʻxshaydi bu qish –
Bagʻriga oladi oppoq paltosi...

Shodi OTAMUROD

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#iqtibos

Odamlarda tafakkur kuchi ortgani sari tasavvur kuchi kamayib bormoqda. Zavq-shavq oʻrnini sovuq hisob-kitob egallamoqda. Aql va yurak bahsida hissiyot yengilib, quruq mantiq gʻalaba qilmoqda. Bu jamiyat uchun xatarli hol.

Erkin Vohidov
“Soʻz latofati”

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
MANSUR JUMAYEV ADABIYOT BURCHAGI TASHKIL ETILDI

   Qarshi shahridagi Shayhali mahallasida joylashgan 18-o‘rta maktabda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir Mansur Jumayev ijodiga bag‘ishlangan adabiyot burchagi tashkil etildi. Ochilish marosimida shoirning otasi To‘ra Rajabov, umr yo‘ldoshi Shohsanam Nishonova, shoirlar Anvar Mirzo, Ravshan Haqmurod qatnashdi. O‘quvchilar shoir she'rlaridan o‘qidi, ustozlar va yaqinlar Mansur Jumayev hayoti va ijodini iliq so‘zlar bilan xotirladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#tavallud

16-dekabr — shoir Salim Ashur tavallud topgan kun!

KUZGI YAPROQLAR


Yillar ranglarini oʻzgartirmoqda,
kuz yolgʻiz kezadi yaqin qirgʻoqda,
olovrang toʻlqinlar oqar irmoqda –
kuzgi yapoqlar, kuzgi yaproqlar...

yosh bogʻni ayriliq tiriltirmoqda,
mahkuma daraxtlar yupun titroqda
yoʻlini yoʻqotgan sevgi sirtmoqda –
kuzgi yapoqlar, kuzgi yaproqlar...

koʻprikda uchrashdi ikkita doston,
bitta oʻrindiqqa keldi toʻrt tomon,
yigʻlagan kuz emas, eski patefon –
kuzgi yapoqlar, kuzgi yaproqlar...

olis chehrang kabi miltirar quyosh,
oʻchgan muhabbat va uzilgan bardosh,
barini bir chetga supirar farrosh,
tonggi izgʻirinda izillagan yosh –
kuzgi yapoqlar, kuzgi yaproqlar...

Salim Ashur

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#tavallud

16-dekabr – yosh isteʼdodli shoir Bahodir Jovliyev tavallud topgan kun!

Yaxshi koʻrmay boʻlurmi,
ikki qaro zulfingiz.
Qayda ekan kaliti,
ochay yurak qulfingiz.
Bosgan qadamingizdan,
chechak undi yer yorib.
Men yashaymi oʻlguncha,
istagingiz axtarib.
Shafaqmisiz
yo malak,
yulduzmisiz,
oymisiz,
Siz shunchalar zulmga,
egamisiz,
boymisiz.
Keling qadah koʻtarib,
faqat,
qarab boʻzlamang.
Quyib beray ishq mayin,
Sevgilim
siz soʻzlamang.

Bahodir Jovliyev

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#nazm

* * *

Bir ummon mavjlanar – sarhadsiz, asov,
Qalqib turar dunyo – oq-qora, do‘st-yov.
Azaliy taloto‘p: fikrlar jangi,
Ongda namoyondir hislar jarangi.
Tafakkur chatnaydi – tuyg‘ular bo‘ron,
Hayratlar bo‘y cho‘zgan – adoqsiz o‘rmon.
Barchasin jam etmish ulug‘vor hikmat,
Gurkirab ulg‘aydi turkiy she’riyat.
Nazmiy mashvaratda qasri muhtasham,
Zamonlar pisandmas – mag‘rur va ko‘rkam.
“Ko‘ngul durji ichra guhar so‘zdurur”,
Haq yo‘lga boshlovchi qamar so‘zdurur.
Ash’ori bo‘ston aro kabir Navoiy,
Har bayti manguga tatir Navoiy.

Akmal TOSh

davomi...

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#hayot

Biz har doim ertangi kun uchun ishlaymiz.


Ammo ertaga kelganda rohatlanish o'rniga biz yana ertangi kun haqida o'ylaymiz...

Bugungi kunimizni yaxshi o'tkazaylik!

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali