“Yoshlik” jurnali
1.99K subscribers
2.52K photos
190 videos
34 files
3.27K links
“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali

Saytimiz: yoshlikjurnali.uz
Download Telegram
#Ibrat

Mehmon

Bir kishi ulug‘ martabali bir odamdan anchagina pul qarz olgan bo‘lsa ham, qarzini o‘z vaqtida ado etmagan, va’dasidan ko‘pgina vaqt o‘tkazgan edi. Nihoyat, pul egasi qarzdordan pulini undirib olishni o‘zining katta bir xizmatchisiga havola qildi.

Xizmatchi qarzdorning uyiga bordi, unga qattiq-qattiq so‘zlar aytib, amaldordan olgan pulni darhol chiqarib berishni so‘radi. Qarzdor u xizmatchiga:
— Meni xojang yoniga olib bor, unga aytadigan maxsus so‘zim bor,— deb qayta-qayta o‘tindi. Uning yig‘lamsirab, zorlanib o‘tinishi bag‘ritosh xizmatchining ham ko‘ngliga ta’sir qilib, hojasi huzuriga olib keldi.

Amaldor bir qancha kishilar bilan o‘tirib osh yeyishda mashg‘ul edi. Xizmatchi u qarzdorni amaldorga ko‘rsatib:
— Bu kishidan pulingizni darhol chiqarib berishini so‘rab qattiq muomala qilgan edim, ko‘p tavba-tazarru qilib, sizning yoningizga olib kelishimni o‘tindi, rahmim kelib olib keldim. Endi nima qilsangiz o‘zingiz bilasiz,— dedi,

Amaldor xizmatchini ham, qarzdorni ham oshga taklif qildi. Ular ham ovqatlanishga mashg‘ul bo‘ldilar. Ovqatdan keyin amaldor haligi xizmatchiga:
— Bu qarzdor endi mening mehmonim bo‘ldi. Aziz mehmonimdan pulimni talab qilishim muruvvatdan emas. Bu bechora odam muhtojlik ichida qolgani uchun pulimni keltirib berishga qodir bo‘la olmagan. Uning shunday holda ekanini oldinroq bilgan bo‘lsaydim, seni uning yoniga yubormasdim. Endi men u pulimdan voz kechdim, aziz mehmonimning o‘ziga bag‘ishladim. Bundan keyin bu mehmonimning uyiga borib, uning ko‘nglini og‘ritma,— dedi. Qarzdor mehmonning ko‘nglini ko‘tarib, in’om-ehson qilib, izzat-hurmatini bajo keltirib, uyiga qaytishiga ruxsat berdi.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Ibrat

Diyonat

Bir diyonatli fozil odamning uyida sichqonlar ko‘payib ketdi. Odamlar unga:
— Nega uyingizda mushuk asramaysiz? Mushuk sichqonlar kushandasi ekanini bilasiz-ku. Agar bitta mushuk asrasangiz, sichqonlar hujumidan qutulasiz,— dedilar.
Diyonatli fozil odam ularga:
— To‘g‘ri aytasizlar, lekin bu maslahatingizni vijdonim qabul qilmaydi. Agar mushuk asrasam, hamma sichqonlar mushuklari yo‘q qo‘shnilarimning uylariga tarqaladilar, qo‘shnilarimga ko‘p aziyat beradilar. O‘zimga istamagan narsamni qo‘shnilarimga istaymi? O‘z foydamni ko‘zlab, boshqalarga zarar yetkazaymi? Yo‘q, bu ishni vijdonim aslo qabul qilmaydi, — deb javob berdi.
Bayt:
Har nimaiki o‘zingga bo‘lmas pisand,
Tutma ravo o‘zgaga, ey arjumand.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Ibrat

Boqiy umr

Aytishlaricha, mo‘tabar bir odamning majlisida bir olim, fozil kishini ko‘p ta’rif va tavsif qildilar, Mo‘tabar odam u olimni ko‘rib suhbatidan foydalanishni orzu qilib, uni shu majlisga da’vat qilish uchun o‘z qarindoshini yubordi. Olim majlisga kelgach, salom berib hamma bilan ko‘rishdi. Keyin mo‘tabar odamga ta’zim qilib:

— Majlisingizga da’vat qilganingiz uchun tashakkur etaman, ming yil rohat va farog‘atda umr kechiring, — dedi.

Mo‘tabar odam olimning so‘ziga taajjub qilib aytdi:
— Majlisimizda hali o‘tirmay turib, mumkin bo‘lmagan so‘zni og‘zingizdan chiqardingiz, bir odamning ming yil umr ko‘rishiga aql bovar qiladimi?! Bunday so‘zni aytish sizdek olim va fozil kishiga munosibmikan?

— Insonning tirikligi faqat jismning boqiyligi bilangina emas. Odam ming yil umr ko‘rmasligini hamma biladi. Lekin o‘lgandan keyin qolgan yaxshi nom yana bo‘lak umrdir. Sizning olijanob, marhamatli, shafqatli odam ekanligingizni xalq unutmay, nomingizni doimo hurmat bilan yod etib turadi. Vafotingizdan keyin ham qilgan yaxshiligingizni xalq unutmaydi, nomingizni ko‘nglida abadiy saqlaydi, degan ma’noda «ming yil umr ko‘ring», — dedim, — deb javob berdi olim.
#Ibrat

Iltifot

Hukmdorlardan Bahromgo‘r bir kuni ovga chiqdi. Bir kiyikni uchratib uni ovlamoqchi bo‘lganda, kiyik qochib ketdi. Bahromgo‘r uning orqasidan quvlay-quvlay, nihoyat bir qabila yashaydigan yerga yetib keldi. U qabilaning Qabiysa ismli bir sardori bor edi. Kiyik tashnalikdan betoqat bo‘lib Qabiysaning chodiriga kirib keldi, hob tili bilan undan panoh istadi. Qabiysa unga suv berdi, qornini to‘ydirdi. Shu topda Bahrom chodir eshigi yoniga yetib keldi. Qabiysaga do‘q qilib:

— Ey arab, mening ovim sening chodiringga kirdi. Darhol uni chiqarib menga topshir! — dedi.

— Ey suvoriy, yaxshi yigit, mendan panoh istab chodirimga kirgan jonivorni sening qo‘lingga topshirishim muruvvatdan emasdir,— deb javob berdi Qabiysa.

Bahromgo‘r qattiq so‘zlab, unga hujum qilib, kiyikni chiqarib berishni talab qildi. Qabiysa uning siyosatidan qo‘rqmay, aytdi:

— Ey yigit behuda so‘zlarni so‘zlama, mendan panoh istab chodirimga kirgan bechora jonivorni nechun sening qo‘lingga topshiray? Qo‘lingdagi o‘q-yoy bi-lan meni o‘ldirsang, o‘shandagina kiyikni olishing mumkin bo‘ladi. Agar meni o‘ldirsang qabilam ahli seni tirik qo‘ymaydi. Kel, o‘z joningga rahm qilib, bu bechora jonivorni qo‘lga olib, o‘ldirish savdosidan kech. Agar hirsing tomiri tinch turmasa, eshigim yonida bog‘liq turgan go‘zal va chopqir otimni egar, jabdug‘i bilan senga beray.— Bahromgo‘r Qabiysaning hamiyatiga tahsinu ofarin qildi. Uning otiga iltifot qilmay o‘z saroyiga qaytib ketdi. Ertasi kuni Qabiysani o‘z saroyiga chorladi, unga ko‘p iltifotlar qilib, e’zozladi.

Bayt:
Istagach bir qatra daryodin panoh,
Ayladi unga sadafdan takyagoh.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Ibrat

Go‘zallik

U juda go‘zal qiz edi. Tashlab ketdi… Yigit ikki yil o‘ziga kelolmadi. Nihoyat, yaqinlarining qistoviga qarshilik qilishga kuchi tugadi. Uylandi.
Oradan besh yil o‘tdi. Yer aylanaverib odam-odam bilan uchrashar ekan-da. Restoranda sobiq sevishganlar bir-biriga termulib qolishdi. Qiz hamon o‘sha-o‘sha jozibali. Ammo xotinichalik go‘zal emas edi.

Shohrux NE’MATOV

@yoshlikjurnali
#Ibrat

Aka-singil

Bugun erta tongdan kuzga o‘xshamagan ob-havo kuzatildi. Bahordagidek chaqmoq chaqib, momaqaldiroq bo‘lib yomg‘ir sharros quydi. Yomg‘ir bahorgiga o‘xshasam ham havo kuzga xos – etni junjiktiradi.
Ishga kelayotib, yo‘lda 13-14 yoshlardagi ikki bolaning yomg‘irpo‘sh ostida mashina kutib turganini ko‘rib to‘xtadim.
– Tez chiqinglar, maktabga boryapsizlarmi? – dedim.
– Meni emas, singlimni olib keting amaki, o‘quv kursiga boryapti – dedi bola singlisi boradigan manzilni aytib.
Yo‘limning ustida bo‘lmasa ham qizchaga tezroq mashinaga chiqishini aytdim.
Shu payt bola qo‘lidagi yomg‘irpo‘shni yopib, singlisiga tutqazdi.
– Yo‘q, aka, o‘zing olib ket, uygacha yomg‘irda qolasan, – dedi qiz e’tiroz bildirib.
– Sen olib ketaver, kelishingda kerak bo‘ladi, men yugurib uyga yetvolman – dedi bola va mashina eshigini yopib ortiga yugurib ketdi.

G‘olib Hasanov

@yoshlikjurnali
#Ibrat

Yoshlikda shunday ish qilki, qariganingda foyda bersin va uning behuda o‘tganidan afsuslanma.

“OTALAR SO‘ZI”

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Ibrat

Uch kishi oldingda gapirsalar, ularning gaplarini kesib to‘xtatma!
1. Ota-ona.
2. Go‘dak.
3. G‘amga botgan kishi.
Chunki, ularning faqat tillari emas, qalblari ham gapirayotgan bo‘ladi.

Johiz
arab adibi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Ibrat

Agar seni chopib tashlashsa, hammasi tugadi degani emas. Yangi hayot uchun ham imkon bo‘ladi...

Abdurahim Alamov

@yoshlikjurnali
#Ibrat

TUZ PULI

Adolati bilan dong taratgan hukmdor No‘shiravon ayonlari bilan ovga chiqdi. Ov baroridan kelib, bir qancha kiyik ovlashdi. Ammo kiyik pishirilayotganida, oshpazlar tuz olmagani maʼlum boʻldi. Bir kishini yaqindagi qishloqdan tuz olib kelishga joʻnatishga kelishishdi.
Bundan xabar topgan No‘shiravon xizmatkorni chaqirib, pul berib:
– Tuzni shu pulga sotib ol. Oʻzimizdan yomon bir odat qoldirib, qishloq ahlini ogʻir ahvolga solmaylik, – debdi.
Hamma ajablanib:
– Ozgina tuz olsak nima boʻlibdi? – debdi.
No‘shiravon:
– Dunyoda zulm dastlab oz edi. Biroq har kelgan zolim zulmni oz-ozdan koʻpaytirdi. Natijada zulm bugungi darajaga yetib keldi, – debdi.
Sulton boqqa kirib, bir dona olma uzsa, uning yuzlab odamlari daraxtlarni tomiri bilan qoʻporadi.
Lashkarboshi besh dona tuxumni tekinga olsa, qoʻshin besh ming tovuqni haq toʻlamay qovurib yeydi.
Zolim, nihoyat, oʻladi-ketadi. Lekin uning laʼnat bilan eslanadigan oti qoladi.

Saʼdiy Sheroziyning “Guliston” kitobidan.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#ibrat

Bo‘ydoqlarga nasihat

Donishmandning huzuriga hadeb uylanolmagan, uylanishda ishi yurishmagan bir bo‘ydoq kelib, unga dardini doston qilib, shikoyat qila ketibdi. Shunda donishmand yigitga:
– Ikkilarni ikkida ishga sol, – deb maslahat beribdi.
Ikkilarni ikkida ishga solgan yigitning to‘yi tez kunda yurishib, boshi ikkita bo‘lib, ipsiz bog‘lanib, baxtli, taxtli bo‘lib ketibdi.
U “Ikkilar” nima deysizmi?
Ikkidan murod, ikki qo‘l, ikki oyoq, ikki ko‘z, ikki lab...
Ikkida ishga sol degani, tungi soat ikki. Ya’ni, yarim kechasi ikkida ko‘rpanga jafo qilib, o‘rningdan tur. Ikki oyog‘ingni yerga qadab, ikki rakaatdan namoz o‘qi. Ikki ko‘zingdan tinmay yoshlar to‘kilsin. Ikki qo‘lingni ochib, ikki labingni pichirlatib, til va dil ikkisini ishga solib astoydil duo-iltijo qil, demakdir.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Ibrat

Ayol muhabbati


Ayollar o‘ylaydi kuchli sevsam yoqaman deb... Afsuski adashadilar. Otashin muhabbatning erkaklarga qizig‘i yo‘q. Erkaklarga muhabbatdan ko‘ra tinchlik, xotirjamlik, tushinuvchan qalb kerak. Muhabbat bo‘lsayu, bu erkak tinchini buzadigan darajaga yetsa, ya’ni me’yordan oshib bezdirsa bu kabi otashin muhabbatga tupuriladi.
Erkak ayolning sirini olish uchun yashaydi. Sirli bo‘lmagan, ya’ni qayta-qayta izhor qilingan muhabbatning tafti bo‘maydi.
Muhabbat faqatgina nafs uchun emas, Alloh roziligiga tobe bo‘lgandagina xayrlidir...

Muzdalifa

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Ibrat

Adolat mushti

Xasta bo‘lgan bir odam shifokorga:
— Tomir urishimni tekshirib, dardimni aniqla dedi.. Shifokor bemorni tekshirib ko‘rdi.. Hech umid yo‘q. O‘limi yaqin edi. Bemorga:
— Bor, ko‘ngling nima tusasa shuni qil. Parhezga ehtiyoj yo‘q, dedi.
Bemor xursand, ko‘ngli xohishiga ko‘ra daryo bo‘yiga bordi. Qarasa, bir darvesh yuz qo‘lini yuvyapti. Taqir boshini ko‘rishi bilan bir tarsaki urgisi kedtsi. Aslida shifokor ham: «Ko‘ngling nima xohlasa shuni qil», degan edi. Shunday qilmasa, dardi og‘irlashadi. Qo‘lini ko‘tarib, taqir boshiga bir tarsaki tushirdi. Darvesh achchiqlandi, joyidan saqrab turdi. U ham bemor odamga musht bilan javob bermoqchi bo‘ldi. So‘ngra e’tibor bersa, eti suyagiga yopishgan bir jasad… Ursa yiqilib o‘ladi. Tegmadi, ammo, bemorni qozining huzuriga olib bordi. Shikoyatini aytdi:
— Bu odam hech bir sababsiz meni urdi. Jazo berishingizni so‘rayman. Qozi bir darveshga, bir bemorga qaradi. Bemorning oyoqda turadigan holi yo‘q… Ichi achidi. shikoyatchiga:
— Ko‘rmayapsanmi, bu odamning eti suyagiga yopishib qolgan, bunaqalar o‘lik hisoblanadi. Men tiriklarga hukm chiqaraman. Voz kech bu da’voyingdan, dedi.
Darvesh da’vosida qatiy turdi:
— Mening hech bir gunohim yo‘q ammo urgani aniq, o‘lik bo‘lsin, tirik bo‘lsin, men adolat istayman, dedi.
Qozi:
— Yaxshi, unday bo‘lsa deb, bemor odamdan so‘radi:
— Oz bo‘lsa ham puling bormi? Bemor javob berdi:
— Olti dirham pulim bor. Boshqa hech narsam yo‘q Qozi hukm chiqardi:
— Yaxshi, uch dirhami o‘zingda qolsin. Uch dirhamini bu odamga ber. U bechora ham yo‘qsul..
Qozining bu hukmiga bemor g‘azablandi. Aslida qozining ham tumshug‘iga bir musht tushirgisi bor edi. Chiday olmadi. Modomiki bir tarsakining jazosi uch dirham ekan, qolgan uch dirhamni ham qoziga beraman deb o‘yladi va o‘rnidan turib qozining tumshug‘iga bir musht tushirdi.
Qozi g‘azab bilan sapchib o‘rnidan turdi. Shu payt bemor odam:
— Qozi janoblary, nega qizishasiz? Sizning hukmingiz adolatga tayanadi. O‘zingiz uchun ravo ko‘rmagan hukmni birovga qanday ravo qo‘rasiz? Shu olti dirhamni oling, ikkingiz bo‘lishing, deya mahkamadan chiqib ketdi.
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Ibrat

Mehmon

Bir kishi ulug‘ martabali bir odamdan anchagina pul qarz olgan bo‘lsa ham, qarzini o‘z vaqtida ado etmagan, va’dasidan ko‘pgina vaqt o‘tkazgan edi. Nihoyat, pul egasi qarzdordan pulini undirib olishni o‘zining katta bir xizmatchisiga havola qildi.

Xizmatchi qarzdorning uyiga bordi, unga qattiq-qattiq so‘zlar aytib, amaldordan olgan pulni darhol chiqarib berishni so‘radi. Qarzdor u xizmatchiga:
— Meni xojang yoniga olib bor, unga aytadigan maxsus so‘zim bor,— deb qayta-qayta o‘tindi. Uning yig‘lamsirab, zorlanib o‘tinishi bag‘ritosh xizmatchining ham ko‘ngliga ta’sir qilib, hojasi huzuriga olib keldi.

Amaldor bir qancha kishilar bilan o‘tirib osh yeyishda mashg‘ul edi. Xizmatchi u qarzdorni amaldorga ko‘rsatib:
— Bu kishidan pulingizni darhol chiqarib berishini so‘rab qattiq muomala qilgan edim, ko‘p tavba-tazarru qilib, sizning yoningizga olib kelishimni o‘tindi, rahmim kelib olib keldim. Endi nima qilsangiz o‘zingiz bilasiz,— dedi,

Amaldor xizmatchini ham, qarzdorni ham oshga taklif qildi. Ular ham ovqatlanishga mashg‘ul bo‘ldilar. Ovqatdan keyin amaldor haligi xizmatchiga:
— Bu qarzdor endi mening mehmonim bo‘ldi. Aziz mehmonimdan pulimni talab qilishim muruvvatdan emas. Bu bechora odam muhtojlik ichida qolgani uchun pulimni keltirib berishga qodir bo‘la olmagan. Uning shunday holda ekanini oldinroq bilgan bo‘lsaydim, seni uning yoniga yubormasdim. Endi men u pulimdan voz kechdim, aziz mehmonimning o‘ziga bag‘ishladim. Bundan keyin bu mehmonimning uyiga borib, uning ko‘nglini og‘ritma,— dedi. Qarzdor mehmonning ko‘nglini ko‘tarib, in’om-ehson qilib, izzat-hurmatini bajo keltirib, uyiga qaytishiga ruxsat berdi.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Ibrat

Boqiy umr

Aytishlaricha, mo‘tabar bir odamning majlisida bir olim, fozil kishini ko‘p ta’rif va tavsif qildilar, Mo‘tabar odam u olimni ko‘rib suhbatidan foydalanishni orzu qilib, uni shu majlisga da’vat qilish uchun o‘z qarindoshini yubordi. Olim majlisga kelgach, salom berib hamma bilan ko‘rishdi. Keyin mo‘tabar odamga ta’zim qilib:

— Majlisingizga da’vat qilganingiz uchun tashakkur etaman, ming yil rohat va farog‘atda umr kechiring, — dedi.

Mo‘tabar odam olimning so‘ziga taajjub qilib aytdi:
— Majlisimizda hali o‘tirmay turib, mumkin bo‘lmagan so‘zni og‘zingizdan chiqardingiz, bir odamning ming yil umr ko‘rishiga aql bovar qiladimi?! Bunday so‘zni aytish sizdek olim va fozil kishiga munosibmikan?

— Insonning tirikligi faqat jismning boqiyligi bilangina emas. Odam ming yil umr ko‘rmasligini hamma biladi. Lekin o‘lgandan keyin qolgan yaxshi nom yana bo‘lak umrdir. Sizning olijanob, marhamatli, shafqatli odam ekanligingizni xalq unutmay, nomingizni doimo hurmat bilan yod etib turadi. Vafotingizdan keyin ham qilgan yaxshiligingizni xalq unutmaydi, nomingizni ko‘nglida abadiy saqlaydi, degan ma’noda «ming yil umr ko‘ring», — dedim, — deb javob berdi olim.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Ibrat

Iltifot

Hukmdorlardan Bahromgo‘r bir kuni ovga chiqdi. Bir kiyikni uchratib uni ovlamoqchi bo‘lganda, kiyik qochib ketdi. Bahromgo‘r uning orqasidan quvlay-quvlay, nihoyat bir qabila yashaydigan yerga yetib keldi. U qabilaning Qabiysa ismli bir sardori bor edi. Kiyik tashnalikdan betoqat bo‘lib Qabiysaning chodiriga kirib keldi, hob tili bilan undan panoh istadi. Qabiysa unga suv berdi, qornini to‘ydirdi. Shu topda Bahrom chodir eshigi yoniga yetib keldi. Qabiysaga do‘q qilib:

— Ey arab, mening ovim sening chodiringga kirdi. Darhol uni chiqarib menga topshir! — dedi.

— Ey suvoriy, yaxshi yigit, mendan panoh istab chodirimga kirgan jonivorni sening qo‘lingga topshirishim muruvvatdan emasdir,— deb javob berdi Qabiysa.

Bahromgo‘r qattiq so‘zlab, unga hujum qilib, kiyikni chiqarib berishni talab qildi. Qabiysa uning siyosatidan qo‘rqmay, aytdi:

— Ey yigit behuda so‘zlarni so‘zlama, mendan panoh istab chodirimga kirgan bechora jonivorni nechun sening qo‘lingga topshiray? Qo‘lingdagi o‘q-yoy bi-lan meni o‘ldirsang, o‘shandagina kiyikni olishing mumkin bo‘ladi. Agar meni o‘ldirsang qabilam ahli seni tirik qo‘ymaydi. Kel, o‘z joningga rahm qilib, bu bechora jonivorni qo‘lga olib, o‘ldirish savdosidan kech. Agar hirsing tomiri tinch turmasa, eshigim yonida bog‘liq turgan go‘zal va chopqir otimni egar, jabdug‘i bilan senga beray.— Bahromgo‘r Qabiysaning hamiyatiga tahsinu ofarin qildi. Uning otiga iltifot qilmay o‘z saroyiga qaytib ketdi. Ertasi kuni Qabiysani o‘z saroyiga chorladi, unga ko‘p iltifotlar qilib, e’zozladi.

Bayt:
Istagach bir qatra daryodin panoh,
Ayladi unga sadafdan takyagoh.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#ibrat

Mening hayotim...


Ona o‘g‘lining telefonidan turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘ldi va telefon kontaktlarini titkilay ketdi: Dilfuzaxon, Nilufarxon va Mohira ismlarini ko‘rib o‘g‘lidan biroz ranjidi. Mening hayotim nomli kontaktga ko‘zi tushib, kim ekan o‘sha o‘g‘limni hayotiga aylanib ulgirgan oyimcha dedi-yu, qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. Cho‘ntagiga qo‘l solib jiringlayotgan telefonini oldi va yig‘lab yubordi...

(Abdurahim Alamovning facebookdagi sahifasidan olindi).

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#ibrat

Tilga hurmatsizlik oqibati

Ostonadagi Qazaq Coffee qahvaxonasi qozoq tiliga hurmatsizlik koʻrsatgani tufayli kasodga uchrabdi.

Maʼlum qilinishicha, mijoz qahvaxonaning ijtimoiy tarmoq sahifalaridan biriga unga xodimlar qozoq tilidagi menyu taqdim etishdan bosh tortgani haqida izoh qoldirgan. Muassasa vakili esa xodimlar qozoq tilida soʻzlashi shart emasligini aytib javob qoldirgan. Bu esa jamoatchilikda keskin norozilik uygʻotgan va boykot sabab kafe zararga kirib ketgan.

Albatta, bitta ishbilarmonning bankrot boʻlishi quvonarli hodisa emas. Lekin davlat tiliga bunday munosabatning oqibati ham boʻlishi kerak. Bu – boshqalar uchun ibrat.

Qozoq qoʻshnilar tilga munosabatda ancha gʻururli ekan.

Orif Tolib sahifasidan olindi

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali