“Yoshlik” jurnali
1.97K subscribers
2.6K photos
195 videos
34 files
3.33K links
“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali

Saytimiz: yoshlikjurnali.uz
Download Telegram
Yosh yozuvchiga maslahatlar

Jurnalimizning ushbu sonidan boshlab jahon va o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega mashhur adiblar sevib o‘qigan asarlar ro‘yxatini e’lon qilmoqchimiz. Shubhasiz, bu rukn, ayniqsa, adabiyot ostonasidan endi hatlashga chog‘lanib turgan yosh qalamkashlarga foydali bo‘ladi. Ulug‘ ijodkorlar e’tirof etgan asarlar yo‘l boshidagi iste’dod egalariga mayoq vazifasini o‘tasa, ajab emas.
Ruknimizni XX asrning buyuk so‘z ustalaridan biri Ernest Heminguey (Ernest Hemingway) tavsiyalari bilan boshlamoqdamiz. Ushbu maslahatlar Heminguey huzuriga uzoq yo‘l bosib kelgan boshlovchi qalamkash Arnold Samyuelsonga qarata aytilgan edi. Garchi u kelajakda mashhur yozuvchi bo‘lib yetishmagan esa-da, bu hol Heminguey ro‘yxatining qadrini tushirgani yo‘q…

Batafsil👉https://yoshlikjurnali.uz/tarjima/yosh-yozuvchiga-maslahatlar/
@yoshlikjurnali
#Yoshlik_jurnalining_40_yilligi

Jurnalimizda talantli yosh rassomlar ishini ham berib boramiz.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Quloqning shoh tomiri
Yo siqilib qolgandir.
Yurakda qolib ketgan So‘z tiqilib qolgandir… Ushbu she’riy parcha qaysi shoir qalamiga mansub?
Anonymous Quiz
17%
Odil Ikrom
43%
Aziz Said
34%
Abduvali Qurbiddin
7%
Abdumajid Azim
Adabiyotimizning buyuklari jamlangan surat!

Jurnal arxividan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
“Yoshlik”ning qadrli o‘quvchilari, Siz uchun yana bir qulaylik!

Endi “Yoshlik” mobil ilovasini telefoningizga o‘rnatib, jurnalning barcha sonlarini o‘qish imkoniga egasiz!

1.
Telefon raqamingizni kiritasiz.
2. Agar hali ro‘yxatdan o‘tmagan raqam bo‘lsa, ism-familya va parol kiritish so‘raladi va o‘sha telefon raqamga sms yuboriladi.
3. Xabardagi raqamni kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tasiz.
4. Ilovada jurnal sonlari roʻyxati bilan tanishasiz.
5. Agar avval ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, o‘sha telefon raqam orqali avval qo‘ygan parolingizni terib ilovaga kira olasiz.

Batafsil 👉 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.greatsoft.yoshlik
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Qutlov!

Jaloliddin Sayid (Sayidov) 1990-yili 26-sentyabrda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi Komilon qishlog‘ida tug‘ilgan. Maymanak kasb-hunar kollejini Sport murabbiyi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. 2003-yildan buyon badiiy ijod bilan jiddiy shug’ullanib keladi. She’rlari «Sharq yulduzi», «Sohibkiron yulduzi» jurnallari, «Qashqadaryo», «Diyor», «Daryo» kabi gazetalarida nashr etilgan. Katta oilaning otasi: ikki o‘g‘il, uch qizi bor.


Tabiiy hol

Qo‘lingga non olsang, adashmay sira,
To‘g‘ri eltasan-ku, og‘zingga alhol.
Holbuki, og‘zingni ko‘rib turmaysan,
Parvo ham qilmaysan – bu tabiiy hol.

Yoki bosh og‘rig‘in olsin deb biroz,
Tong sahar ko‘zingni ochib-ochmasdan.
Oftoba to‘latib muzdayin suvni,
Qo‘lingga quyasan to‘g‘ri, shoshmasdan.

Birov so‘rab qolsa: “Nega shunday”, deb,
Tushuntirolmaysan ammo hech qanday.
Barin beixtiyor qilasan xuddi,
Shunday bo‘lmoqligi kerak bo‘lganday.

Endi bir o‘ylab ko‘r – bu alam nechun,
Bu savol ostida armonlar qat-qat.
Ayo, do‘st! Ayt, menga, qachon biz uchun
Tabiiy hol bo‘lar yurtga muhabbat?..

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#tavallud_kuni
#Rauf_Parfi

Rauf Parfi zug‘umga chidashni istamasdi. Shu bois u o‘z erkidan iborat mulkka egalik qilish bilangina qanoatlana bildi. Shu sabab hech qanday majburiyatni bo‘yniga olmay, mas’uliyat va cheklovlar bilan hisoblashmay, ko‘ngli istaganiday yashashning uddasidan chiqdi. Bu esa shaxsning baxtiyorligi belgisidir.

Qozoqboy YO‘LDOSH
Pedagogika fanlari doktori, professor

@yoshlikjurnali
#Ibrat

Iltifot

Hukmdorlardan Bahromgo‘r bir kuni ovga chiqdi. Bir kiyikni uchratib uni ovlamoqchi bo‘lganda, kiyik qochib ketdi. Bahromgo‘r uning orqasidan quvlay-quvlay, nihoyat bir qabila yashaydigan yerga yetib keldi. U qabilaning Qabiysa ismli bir sardori bor edi. Kiyik tashnalikdan betoqat bo‘lib Qabiysaning chodiriga kirib keldi, hob tili bilan undan panoh istadi. Qabiysa unga suv berdi, qornini to‘ydirdi. Shu topda Bahrom chodir eshigi yoniga yetib keldi. Qabiysaga do‘q qilib:

— Ey arab, mening ovim sening chodiringga kirdi. Darhol uni chiqarib menga topshir! — dedi.

— Ey suvoriy, yaxshi yigit, mendan panoh istab chodirimga kirgan jonivorni sening qo‘lingga topshirishim muruvvatdan emasdir,— deb javob berdi Qabiysa.

Bahromgo‘r qattiq so‘zlab, unga hujum qilib, kiyikni chiqarib berishni talab qildi. Qabiysa uning siyosatidan qo‘rqmay, aytdi:

— Ey yigit behuda so‘zlarni so‘zlama, mendan panoh istab chodirimga kirgan bechora jonivorni nechun sening qo‘lingga topshiray? Qo‘lingdagi o‘q-yoy bi-lan meni o‘ldirsang, o‘shandagina kiyikni olishing mumkin bo‘ladi. Agar meni o‘ldirsang qabilam ahli seni tirik qo‘ymaydi. Kel, o‘z joningga rahm qilib, bu bechora jonivorni qo‘lga olib, o‘ldirish savdosidan kech. Agar hirsing tomiri tinch turmasa, eshigim yonida bog‘liq turgan go‘zal va chopqir otimni egar, jabdug‘i bilan senga beray.— Bahromgo‘r Qabiysaning hamiyatiga tahsinu ofarin qildi. Uning otiga iltifot qilmay o‘z saroyiga qaytib ketdi. Ertasi kuni Qabiysani o‘z saroyiga chorladi, unga ko‘p iltifotlar qilib, e’zozladi.

Bayt:
Istagach bir qatra daryodin panoh,
Ayladi unga sadafdan takyagoh.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Tomoshobog'

Mark Tven bir kuni...

Bir kuni Mark Tvendan birinchi marta ishlab topgan pulingizni eslay olasizmi, deb so‘radilar.
— Ha, — dedi u. — Maktabda o‘qib yurardik. U paytlar hamma bolalar maktab mulkini ko‘z qorachig‘idek saqlardilar. Bizning maktabimizda shunday qonunga amal qilinardi. Agar o‘quvchi partaga ruchka yo pichoq bilan biron belgi qo‘ysa, u butun maktab o‘quvchilari oldida tan jazosi olardi yoki besh dollar jarima to‘lardi.
— Ota, — dedim bir kuni, — men partaga ismimni yozib maktab qonunini buzib qo‘ydim. Endi men jarima to‘lashim yoki tan jazosi olishim shart.
— Sem, — dedi otam, — butun maktab oldida Klemens nomi tilga olinsa, bu yaxshi emas. Mayli, jarima to‘layman. Biroq men seni jazosiz qoldirishni xohlamayman. Yur, direktorning oldiga boramiz.
— SHunday qilib otam bilan birga direktorning huzuriga bordik. Men direktordan kechirim so‘radim. Ikkinchi marta takrorlanmaydi, deb va'da berdim.
— Xullas, men besh dollarni saqlab qoldim.
— Bu mening hayotimda birinchi marta ishlab topgan pulim edi.

“Yoshlik”/1988/10

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
Qaysi adabiy nashr rasmiy kanalini kuzatib borasiz?
Anonymous Poll
15%
@sharqyulduzi
29%
@jahonadabiyoti
56%
@yoshlikjurnali
#Tomoshobogʻ

Yozguvchining ibodati

— Ey xudoyim, bergil menga ilohiy rag‘bat.
— Marhamat!
— Va oz-moz pul-muldan, kelmasa malol.
— Bemalol.
— Bir mashina bo‘lsa... sutrang, sozidan.
— Roziman!!!
— Chog‘roqqina chorbog‘ ko‘plik qilmasdi.
— Balki shu basdir?!
— Ham xorijga besh bor sayohat yilda.
— Insofni bilda!
— Kattaroq unvonga etsayding noil.
— Qoyil!
— Eng muhimin unutibman — iste’dod g‘ami.
— Sengami?
— Yo‘q mengamas! Falonchiga bermagin uni.
— Nedir mazmuni?
— Shundog‘am ishlari yurishar doim.
— Xudoyim-m-m...

Lyudmila Xanadeyeva

Ruschadan Qing‘ir Mirzo tarjimasi

Yoshlik”/1988/11

@yoshlikjurnali
#Bildirgi

O‘ZBEK YOZUVCHI VA SHOIRLARNING TELEGRAMDAGI KANALLARI RO‘YXATI:

Abdulaziz Ahmad - @Ijoddardi
Aziz Nur - @dilistoon
Aziz Said - @vaqt_manzili
Alisher Fayzullayev - @perezagruzka_2021
Aliya Temuriyzoda - @UmidimSendan
Anvar Botir - @Seningdirman
Arjumandbegim - @Arjumandbegim
A’zam O‘ktam - @Azam_Uktam_ijodi
A’zam Obid - @adabiykoprik
Ahmad Ali Muhammad - @ahmadalimuhammad
Baxtiniso Mahmudova - @baxtiniso
Bashorat Otajonova - @Bashorat_Otajonova
Behzod Fazliddin - @Behzod_Fazliddin
Bobur Elmurod - @Bobur_Elmurod
Guljamol Asqarova - @Guljamol_Asqarova
Guli Nigor Avazova - @guliinigor
Gulnoz Mo‘minova - @dil_siniqlari
Gulrux Xudoyorova - @Gulrux_Xudoyorova_ijodi
Go‘zal Ro‘ziyeva - @anordonalari_uz
Dadaxon Muhammadiev - @dadaxonmuhammadiy
Dilmurod Do‘st - @Dil_Dost
Dilobar Asliddin qizi - @dil_undovi
Dilora Xoliqova - @Aytolmagan_dilim
Javlon Jovliyev - @javlonjovliyev
Jontemir - @Jontemir_t
Jumanazar Yo‘ldosh - @Jumanazar_Yuldash
Zulxumor Orifjonova - @zulxumor_orifjonova
Ikrom Iskandar - @Ikrom_Iskandar_ijodi
Iroda Umarova - @GarashaliKungil
Iroda Xolbekova - @gullayotganyurak
Iqbol Mirzo - @Iqbol_Mirzo_ijodi
Kumush O‘sarova - @kumushOYingiz
Kumush Abdusalomova - @kumush_abdusalomova
Kumushbibi - @Kumush_esse_hikoya
Laylo Sobir qizi - @meningquyoshlidunyoyim
Lobar Xayrullaeva - @xayrliuz
Madina Norchayeva - @Madina_Norchayeva
Manzura Abdullayeva - @sayhunqizi
Mansur Jumayev - @Mansur_Jumayev
Mastura Bo‘riyeva - @NasrNazmNavo
Matnazar Abdulhakim - @M_Abdulhakim
Mahliyo Umurzoqova - @mahliyoxon_umurzoqova
Mehrinoz Abbosova - @abbosova_mehrinoz
Mirzo Kenjabek - @mirzo_kenjabek
Mirzohid Muzaffar - @Bobil_kutubxonasi
Mohira Eshpo‘latova - @Odamlar_orasidan
Mufarrida - @Mufarridaa
Muhammad Siddiq - @Muhammad_Siddiq
Navro‘za - @navroza_m
Najmiddin Ermatov - @Najmiddin_ERMATOV
Nargiza Asadova - @Nargiza_Asad
Nargiza Odinayeva - @Nargiza_Odinayeva_ijodi
Nasrullo Ergash - @nasrullo_ergash
Nafisa Omon - @nafisaomon
Nigora G‘aniyeva - @shunchaki_kayfiyat_uchun
Niyatullo Elbek- @Qalb_yoli
Nodira Nazar - @nodiranazar
Nodirabegim Ibrohimova - @mittihaqiqatlar
Nozima Xabibullaeva - @Nozima_Habibullayeva
Nosirjon Jo‘rayev - @Nosirjon_Jorayev
Nuriddin Ziyo - @ijoduyi
Nuriyaxonim Ulug‘bek qizi - @NURIYAXONIM_UZ
Orif Tolib - @oriftolib
Otabek Bakirov - @otabekbaxtiyor
Parizoda Ro‘ziboyeva - @parizodaruziboyeva
Raxshona Ahmedova - @kitobxonam
Rahmat Bobojon - @Rahmat_Bobojon
Rustam Mirvohid - @Rustam_MIRVOKHID
Sevara Alijonova - @Sevaraalijonova
Sitorabonu Shomurodova - @sitorabonu_audiolar
Suhrob Ziyo - @suhrob_ziyo1
Tillaniso - @tillanisoen
Usmon Azim - @usmon_azim
Farida Afro‘z - @Farida_Afroz
Farhod Eshon - @literaman
Feruza Xayrullayeva - @FeruzaXayrullayeva
Xosiyat Rustamova - @xosiyat_rustamova
Xurshid Abdurashid - @xurshidabdurashid
Xushnudbek - @Xushnudbek_kutubxonasi
Chori Avaz - @choriavaz
Cho‘lpon Ergash - @Cholpon_Ergash
Shahzod Karimov - @Sheyxzod_ijod
Shahzod Ergashaliyev - @ilhomlar
Shahriyor Shavkat - @shahriyor_shavkat
Shahzod Normuradov - t.iss.one/sh_n_xudoydod
Sherzod Komil Xalil - @Sherzodkomilkhalil
Shodmonqul Salom - @Shodmonqul_SALOM
Shohrux Usmonov - @sheriston
Shohsanam Nishonova - @Shohsanam_Nishonova
Shuhrat Orif - @shomuz
Ezo Ismatova - @Sarvarovna
E’zoza Obidjonova - @ezoza_obidjonova
Yulduz O‘rmonova - @yulduz_ormanova
Halima Xudoyberdiyeva - @Halima_Xudoyberdiyeva_ijodi

@yozuvchiuz
@yoshlikjurnali
Ustozlik haqida

Baxtingdir ustozning qo‘lini olsang,
Lekin, ustozni ham tanlab ololsang.
Ustozning qimmati menimcha shulkim –
Uzoqmi-yaqinmi uni tuyolsang.

Mayliga, orangiz bo‘lsa-yu yiroq,
U senga har kuni bermasa saboq,
Lekin, uning ismin eshitganing choq,
Yurakda orziqish his eta olsang.

Garchi oylab, yillab seni ko‘rmasin,
Peshonangni silab, holing so‘rmasin,
Yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, tergab turmasin –
Bas, uning nigohin sezib turolsang.

Ustoz deyilganda nima ko‘rinar?
Mukammal insonu mukammal hunar.
Unga, hunariga duch kelganda gar,
O‘zing hunaringdan bir oz uyolsang.

Ustozlar turlidir – ro‘yi, shaxsiyat:
Kimda shakl bor-u, kimda mohiyat.
Senga niyat bo‘lsa undagi niyat,
Ustozga munosib shogird bo‘lolsang…

Rauf PARFI,
O‘zbekiston xalq shoiri

yoshlikjurnali.uz»
@yoshlikjurnali
#Yoshlik_jurnalining_40_yilligi

Sobir O‘nar: “Yoshlik”ning ilk soni qo‘lga tegishi ham afsona edi. Ch.Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani, Xayriddin Sultonning “Saodat sohili” qissasi, M.M Do‘stning “Dasht-u dalalarda” hikoyasi… Axir bular zamonaviy adabiyotning klassik namunalari edi-ku!

PS: Ushbu rasm "Yoshlik" jurnalining 20 yilligida olingan.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Gavjum yo‘l chetidan boryapman yolg‘iz,
O‘zimning dunyomga o‘rangan ko‘yi.
Shu go‘zal lahzada olislardasiz, Yomg‘irlar torida sog‘inchning kuyi... Ushbu she'riy parcha qaysi shoira qalamiga mansub?
Anonymous Quiz
20%
Mahfuza Imomova
40%
Iroda Umarova
24%
Nargiza Odinayeva
17%
Go‘zal Ro‘ziyeva