“Zakaz” she’rlar nimaga o‘xshaydi?
Samarqandda bo‘lgan bir uchrashuvda muxlislar Iqbol Mirzoga shunday savol berishadi:
– Aytingchi, siz “zakaz” she’rlar ham yozasizmi?
– Ha, davr talabiga ko‘ra goho yozib turishga to‘g‘ri keladi.
– Yaxshi shoir bilan yomon shoirning farqi nimada?
– Yaxshi shoir beshik, yomoni esa yashik yasaydigan ustalarga o‘xshaydi.
– Unda “zakaz” she’rlar nimaga o‘xshaydi?
Yashiklardan yasalgan beshikka o‘xshaydi.
Majlis
Majlisda rahbar Iqbolga so‘z berayotib, “ishxonada kam ko‘ramiz”, deya qistirib o‘tadi. Shoir so‘zga chiqqach, eshitilar-eshitilmas qilib, “ishqilib, ko‘p ko‘rmasalaring bo‘ldi”, deydi.
Boshdagi shogird
Shogirdlaridan biri haqida kimdir Iqbol Mirzoga shunday debdi:
– Shu shogirdingiz ajoyib-da, ustoz! Biz uni Iqbol akani shogirdi deb doim boshimizda ko‘tarib yuribmiz.
Shoir bu gapga kulimsirab shunday javob qilibdi:
– Men uni deb bosh ko‘tarolmay qoldim.
Shodmon Otabek
@yoshlikjurnali

Xonzodaman
Men qanday qiz?
Burgut ko‘zlarin o‘pib,
Olovlar labida raqs tushgan oqqush.
To‘qson bor yiqilib, yuz bora turib,
Yiqilib-yengilib maydon tuqqan kuch.
Tug‘ildim osmonday erka ruh bilan,
Bag‘rida ulg‘ayib quyoshistonning.
Yuksak marralarga eltar kuchim bor,
Yelkamda opichlab O‘zbekistonni.
Ruhimda To‘maris qilich o‘ynatib,
Yovning ko‘zlariga soladi g‘ulu.
Magar jangda bayroq ko‘tarsam sen deb,
Yursam, qadamimdan qo‘rqadi qo‘rquv.
Ko‘nglimki, gullarga egiz yaralmish,
Nazmiy iforlarga oshufta bog‘man.
Sel kelsa, kiprikning safi-la to‘sib,
Ko‘ksi o‘qlar tutgan qoyaman, tog‘man.
Ortimdan ergashib yuradi osmon,
Hali kashf qilinmagan tillarang so‘zman.
Hurriyat deb umrini sulhlarga tikkan
Temuriy qizdirman, Xonzoda qizman.
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Sherzod BARLOSga
Yuragini qovurgan yigitga
“Yo‘lingni kuta-kuta
Kunim yelga sovurdim.
Garimselda guvranib,
Yuragimni qovurdim...”
“Sayguli” she’ridan
* * *
Garimselda guvranib
Bisotingni sovurma.
O‘pkangni bos, kofe ich,
Yegin turkcha shovurma.
Burgaga achchiq qilib,
Qaltis ishga dov ursang.
Zira, piyoz qo‘shmasdan,
Yuragingni qovursang.
Alkash do‘sting bilmasdan,
Qilar uni zakuska.
Unda qizni yetaklab,
Kim boradi ZAGSga?..
Tursunboy Adashboyev
"Yoshlik"/2010/3
@yoshlikjurnali
Yuragini qovurgan yigitga
“Yo‘lingni kuta-kuta
Kunim yelga sovurdim.
Garimselda guvranib,
Yuragimni qovurdim...”
“Sayguli” she’ridan
* * *
Garimselda guvranib
Bisotingni sovurma.
O‘pkangni bos, kofe ich,
Yegin turkcha shovurma.
Burgaga achchiq qilib,
Qaltis ishga dov ursang.
Zira, piyoz qo‘shmasdan,
Yuragingni qovursang.
Alkash do‘sting bilmasdan,
Qilar uni zakuska.
Unda qizni yetaklab,
Kim boradi ZAGSga?..
Tursunboy Adashboyev
"Yoshlik"/2010/3
@yoshlikjurnali
#Tomoshobog '
Gogol tiriklayin ko‘milganmi?
Ayrim tadqiqotchilar Gogol letargik uyquga ketish oqibatida tiriklayin ko‘milgan degan taxminni ilgari surishadi. 1852-yilda Gogol vafot etgach, u Moskvadagi Danilov monastiri qabristoniga dafn etilgan. 1930-yilda monastir yopilgach, qabriston ham ko‘chiriladi. 1931-yilning 31-may kuni Gogol qabri ochilib, jasadi Novodeviche qabristoniga qo‘yiladi. Bu jarayonni tadqiq qilgan olimlar qabr ichidagi jasadning siljib, qo‘zg‘alganligini ta’kidlashgan. Yana bir guruh olimlar Gogolning shifokorlar tomonidan zaharlanganligi taxmini mavjudligini ham aytishmoqda. Uning jasadi yorib ko‘rilganida simob miqdorining yuqoriligi aniqlangan. Ushbu taxminlar va farazlarning qaysi biri haqiqatga yaqinligi bizga qorong‘u. Insonga xos qiziquvchanlik buyuk Gogolning ruhini qayta bezovta qilib, qabr toshlarini u yoqdan bu yoqqa ko‘chirishga ehtiyoj tug‘diradi. Bu taxminlar o‘z yechimini topadimi-yo‘qmi, buni faqat vaqt ko‘rsatadi. Ammo adibning jahon adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini hech kim inkor eta olmaydi. Juda qisqa umri davomida shusiz ham ruhiy azob-uqubatlar iskanjasida yashagan adib ruhini tinch qo‘yish olijanoblik emasmi?
"Yoshlik"2010/3

#Yoldosh_Eshbek_70_yoshda
Bo‘sh kelmadi
Kunlardan bir kun ashaddiy kitob muxlisi, jurnalist Mahmud Sa’diy ko‘chada bir dasta kitob ko‘tarib ketayotsa, oldidan shoir Yo‘ldosh Eshbek chiqib qoladi.
– Mahmud aka, bu qanday kitoblar? – qiziqsinib so‘raydi shoir.
– Borxes, Markes, Joys, Shelli, Pristli, Lorka... – deya Mahmud aka faxrlanib, kitoblarini ko‘z-ko‘zlaydi. Nogoh shoirga bir tegajog‘lik qilgisi keladi: – Sen bularni o‘qimay qanday shoir bo‘lib yurganingga hayronman.
– Ular ham meni o‘qimay qanday yozishganiga hayronman! – deydi shoir ham bo‘sh kelmay.
Sh.O

Ijodkor
– Men katta yozuvchi bo‘lmoqchiman! – dedi u xotiniga, farzandlariga, – Ijod qilayotganimda
xalal bermanglar!
U tunu kun ijod qildi. Unga ko‘zlarini mo‘ltiratib tikkan qizini ham, yurak yutib bo‘yniga
osilolmagan o‘g‘lini ham ko‘rmadi. Juftiga aytolmagan so‘zlarini kitobiga bitdi. Oilasiga
ko‘rsatolmagan g‘amxo‘rlikni kitobda isbotladi!
U tanildi. Uning shoh asarlari minglab nusxalarda chop etildi. U shonu shuhratga burkandi.
– Endi yetar, – dedi bir kun qo‘lidagi qalamni qo‘yib, – keksayibman...
Shunday deya atrofiga qaradi: hech kim yo‘q edi.
U bir uyum kitoblari ichra yolg‘iz qolgandi.
Nodirabegim

# Qutlov!
Erkin Hojimuhammad – 2000-yili 11-oktyabrda Toshkent viloyati Bekabod tumanida tug‘ilgan. Ayni paytda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik institutida o‘qiydi hamda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida mas’ul vazifada ishlab kelyapti.
PS: Jurnalimizning 2022-yil 8-sonida chop etilgan.

Dilni ozurlading, men bemor kimsa
Hijronda o‘rtandim jonim tunlari.
Men yo‘q kunlar seni baxtiyor qilsa, Meni shoir qilar sensiz kunlarim... Ushbu she’riy parcha qaysi yosh shoir qalamiga mansub?

Anonymous Quiz
54%
Erkin Hojimuhammad
25%
Shahriyor Shavkat
14%
Muhammad Siddiq
6%
Shahobiddin Luqmon
#Yoshlik_jurnalining_40_yilligi
Jurnalimizda talantli yosh rassomlar ishini ham berib boramiz.
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Jurnalimizda talantli yosh rassomlar ishini ham berib boramiz.
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Alloma
Kunlardan bir kun shoir Azim Suyunning muxlislaridan biri telefon qilib, so‘raydi:
– Azim aka! Kecha “Diyor” gazetasida “Allomalar haqida hangomalar” ruknida Siz haqingizda yozilgan hangomalarni o‘qib, maza qildik. Qoyil! Sizning alloma ekaningizni bilmas edik, biz uchun bu yangilik bo‘ldi.
– Ajabo! – deydi shoir bunga javoban. – Haqiqatni yozadigan gazetalar ham bor ekan-da!
Kim nimaga qodir?
Azim Suyun o‘z tengdoshlari bilan adabiyotga kirib kelgan yillari adabiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar juda jonli, maroqli bo‘lardi.
Kunlardan bir kun Usmon Azimning uyida shoirlar to‘planib, o‘zaro nimanidir qizg‘in muhokama qilishadi. Gapdan gap chiqib, hamma beixtiyor maqtanishga tushib ketadi. Adabiyotga, she’riyatga daxli yo‘q gaplarni bir chetda indamay eshitib turgan Azim Suyun nogoh shunday luqma tashlaydi:
– O‘lay agar, she’r yozishdan boshqa ish qo‘limdan kelmaydi, jo‘ralar!

Jurnalimizning 8-soni bilan tanishing!
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Jurnalimizning 8-soni bilan tanishing!
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Abdulla Oripov
Ba’zan menga savol berishadi:
— Iste’dodingiz bor. She’ringizni qadrlaydigan badavlat turkiy nashriyotlar yer yuzida mavjud. Madomiki, shuncha qiyinchilik bo‘lgan ekan, nega siz o‘z qadringizni bilib, vaqtida chet elga chiqib ketmadingiz?
Javobim doimo bitta:
— Yurtdan mosuvo bo‘lganlarga taqdir o‘zi javob bersin. Biroq... shunga imonim komilki, biron-bir o‘zbek chegaraga yetib turganida «ket!» deb orqasiga tepishgan taqdirda ham yo chalqancha va yoki yuztuban Vatan tuprog‘iga yiqiladi. Menimcha, buning izohiga hojat bo‘lmasa kerak...
Xullaski, har bir she’rning yozilish tarixi ko‘pdan-ko‘p hodisalar bilan bog‘liqdir. Shu kunlarda kamina ona tilimizning mavqeini ta’minlash hukumat qo‘mitasining mas’ul a’zosiman. Xo‘sh, o‘sha malomatlar o‘rinli bo‘lganmikan?
Menimcha, bu illatlarning barchasiga aslida muhit aybdordir.
“Yoshlik”1992/7/8