Yoshlar ishlari agentligi
192K subscribers
10.7K photos
2K videos
7 files
4.81K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
"O‘zbekiston Yoshlar forumi-2021" doirasida “Munozara” intellektual turnirining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda

2021-yilning 12-16-dekabr kunlari Buxoro viloyatida “Munozara” intellektual turnirining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda. Yakuniy bosqichda oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan iborat jami 32 ta jamoa qatnashmoqda.

Xususan, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etiladigan turnirda 16 ta jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda qizg‘in bahs olib boradi.

Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi bellashuvda ham 16 ta jamoa guruhlarga bo‘lingan holda munozaraga kirishadi. 16-dekabr kuni g‘olib deb topilgan jamoalar tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

#munozara #yoshlarforumi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi