Yoshlar ishlari agentligi
70.7K subscribers
9.73K photos
1.68K videos
7 files
4.09K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
#Bilasizmi

💰 Yoshlarning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir tashabbuskorga 50 mln so‘m miqdorida, jami 10 mlrd so‘mgacha grantlar ajratiladi.

Bunda grant mablag‘lari:

• onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi veb-sayt yaratishga, xorijdagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yo‘naltiriladi;

• grant mablag‘lari xorijdan O‘zbekistonga 3 yil kamida 200 nafar turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💰Hukumat qarori bilan nogironligi bo‘lgan yoshlarga subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamentlari tasdiqlangan.

📝 Reglamentga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan yoshlarga nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha) subsidiya ajratiladi.

🗓 Subsidiya olish uchun arizalar 2023-yildan boshlab har yili 10-yanvardan qabul qilinadi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida o‘qishi uchun ta’lim krediti ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Bunda ta’lim kreditlari:

• Markaziy bankning asosiy stavkasida;
• BHMning 65 baravarigacha 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga ajratiladi;
• Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxslar birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalar farzandlari uchun ta’lim krediti olishda garov va kafillik talab etilmaydi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Tuman (shahar) "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘laridan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yosh oilalarning o‘quvchi farzandlari uchun 1 kalendar yilida bir marotaba maktab formasi hamda o‘quv qurollari uchun xarajatlarini qoplab berish belgilangan.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka ko‘ra ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik 300 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️Shuningdek, bolalarning majburiy umumiy o‘rta taʼlim, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💰Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oyda BHMning 1,5 baravarida (450 ming so‘m) subsidiya beriladi.

Shuningdek, har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi:

nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish;

tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun.

Subsidiyalar mazkur yo‘nalishlardan bittasi uchun har bir nogironligi bo‘lgan yoshning talabiga muvofiq, BHMning 50 baravarigacha miqdorda ajratiladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🗓 14-sentabr - O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun!

Qonunga muvofiq, Yoshlar (yosh fuqarolar) — o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar hisoblanadi.

✍️ Yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi.

👦🏻👩🏻 Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, yoshlarning huquqlari va erkinliklarini biror bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday cheklash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Yoshlarimiz uchun bugungi kunda barcha shart-sharoitlarni yaratishga Davlat darajasida ahamiyat qaratilgan va buning natijasida kelajagimiz egalari dunyoda eng kuchli ekanliklarini ko‘rsatishlariga ishonamiz!

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Yoshlarga oid davlat siyosati dasturi nimalardan iborat?

2024-yilga mo'ljallangan Yoshlarga oid davlat siyosati amalga oshirish bo’yicha yoshlar dasturi haqida ma'lumotga egamisiz?

Batafsil videoda tomosha qiling!

📺 YouTube orqali ko‘rish

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

“Yoshlar daftari”
orqali yoshlarga ko‘rsatiladigan yordam turlari soni 30 taga yetdi, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati esa 30 kundan 5 kungacha qisqardi.

2023-yil yakuniga qadar yoshlar yetakchilari tavsiyasi bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 338 ming nafar yoshga 444 mlrd so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

#yoshlardaftari

Batafsil 👉 havolada

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🖐Tez kunlarda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start beriladi. Xo’sh bu yilgi mavsumda qanday o’zgarishlar bo’ladi?

O‘tgan davr moboynida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyihalarni tashkil etish jarayonida yuzaga kelgan muammolarda kelib chiqib, mazkur yilda loyihaga bir qancha yangiliklar kiritildi.

Joriy yildan boshlab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi har bir loyiha va tanlovlarni o‘tkazish uchun bir haftadan, o‘n kungacha muddat beriladi. (O‘tgan yillarda loyihalarni o‘tkazish oralig‘i har kuni yoki kunoraga to‘g‘ri kelgan. Ushbu holatda ko‘chalarao mahalla bosqichini amalda tashkil qilishga ulgurmaslik holatlari yuzaga kelgan)

#Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumida qanday o’zgarishlar bo’ladi?

Endilikda yoshlar yetakchilari tanlov va loyihalarni mahalla yoshlariga qulay bo’lgan vaqtida o’tkazadi. Bu esa yoshlarning o‘qish yoki ishdan keyingi bo‘sh vaqtida ham mazkur loyihada ishtirok etish imkoniyati yaratadi.

Ma’lumot uchun; oldingi mavsumlarda loyihalar o‘tkazilish vaqti asosan tushgacha yoki tushdan keyingi vaqtlarga belgilangan. O‘qish va ishdagi yoshlar esa loyihalarda ishtirok etolmaslik holatlari kuzatilgan. Aynan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarda shu vaqt masalasidan ko’p e’tirozlar kelgan)

#Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumida eng yaxshi yangiliklaridan yana birini bilib oling!

Endi yoshlarimizga “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etishlari uchun, loyihalar o‘tkaziladigan kunning o’zida ham 5tashabbus.uz sayti orqali elektron ro‘yxatdan o‘tib tanlov va musobaqalarida qatnashish imkoniyati yaratildi.

Ma’lumot uchun; o‘tgan mavsumlarda loyihalar boshlanishidan avval 5tashabbus.uz sayti orqali elektron ro‘yxatdan o‘tishgan. Ya’ni mahalla bosqichi boshlanishidan oldin platformadan ro‘yxatdan o‘tish yopilgan.

#Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖌Zulfiya Isroilovataniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan - mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol.

Zulfiya hayoti va ijodi haqida Jizzax viloyatining “Hamid Olimjon va Zulfiya” nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ishtirokida tayyorlangan video orqali bir qator ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin.

#Zulfiya109 #bilasizmi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🐝Asalari – yetti xazinaning biri

#Bilasizmi? Asal hech qachon aynimaydi. U tabiiy antibakteriya, antimikrob bo‘lib, har qanday buzuvchi, aynituvchi mikroblarga qarshi kurasha oladigan mahsulotdir.

💠Bu gal xorazmlik asalarichi Og‘abek Rajabov haqida gaplashamiz. Qahramonimiz o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun “Yoshlar daftari” tizimi orqali imtiyozli kredit asosida asalarichilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

💠Dastlabki bosqichda 30 ta asalari oilasidan boshlagan yosh tadbirkorimiz bugungi kunda 300 ta asalari oilasidan yiliga 4-5 tonna tabiiy asal mahsulotini yig‘ib olmoqda.

📹Batafsil videoda tomosha qiling!

#yoshlardaftari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha (ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarning o‘qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etildi.

#foydalikontent

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️2024-yil 1-sentabrdan yoshlarning (nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi.

#foydalikontent

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish quyidagi hollarda sodir etilsa 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

📰Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish amalga oshirilsa 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 273-modda

📰Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Joriy yilning 27-oktyabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi.

📰Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yilgi saylov jarayonlarida 19 milliondan ortiq saylovchi ishtirok etishi kutilmoqda. Shulardan 6,5 millioni yoshlar bo‘lib, bu raqam yoshlarning saylovlarda faol ishtirok etishidagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni internetda tarqatganlik va reklama qilganlik uchun javobgarlik belgilandi


🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan qonun bilan, ayrim kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlari va Internetdan foydalangan holda muomalaga kiritganlik va ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Shuningdek, ushbu moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki jo‘natganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Bunday harakat ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan taqdirda, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanishi belgilandi:

BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima;
360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

📰Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM