Yoshlar ishlari agentligi
70.8K subscribers
9.73K photos
1.68K videos
7 files
4.09K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlariga seminar-trening tashkil etildi

Yoshlar ishlari agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi hamkorligida “Yoshlar ijod saroyi”da Toshkent shahridagi hamda “Zoom” platformasi orqali respublikamiz bo‘ylab ishtirok etgan Oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari uchun tashkil etilgan seminar-trening ularning kelgusi faoliyatlari uchun yangi tajribalar keltirdi.

Seminarda prorektorlarga treninglar o‘tish bilan birgalikda Oliy ta’lim muassasalarini mahallalarga biriktirish va mahalladagi yoshlar yetakchilarini har bir talabaga mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilganligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, yoshlar bilan ishlash hamda ta’lim muassasalarining yoshlarni sifatli ta’lim olishi va yoshlar tarbiyasidagi mas’uliyatini yanada oshirish har bir ishni mahalladan boshlash vazifalari muhokama qilindi.

#seminar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha xotin-qizlar diqqatiga!

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi "PhD sari qadam" mavzusidagi 2 oylik o‘quv kursi uchun grant e’lon qiladi.

📜 Ro‘yxatdan o'tish uchun quyidagi havoladan foydalaning:
https://forms.gle/EHTgEb4rJT17o7az5

🌐 Shoshiling joylar soni chegaralangan, 2-oktabr kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish rasman yakunlanadi!

Loyiha haqida batafsil

#yoshlaragentligi #PhD #tadqiqot #seminar

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"PhD sari qadam" oʻquv kursi uchun roʻyxatdan oʻtish davom etadi

🇺🇿 Xabar berganimizdek, 2 oylik o‘quv kursi uchun grant e’lon qilingan edi.

Istak va takliflarga binoan roʻyxatdan oʻtish sanasi 3-oktabr kuni soat 23:59 ga qadar uzaytirildi.

📜 Oʻquv kursi uchun @phd_sari_qadam_bot orqali ro‘yxatdan o'ting:

Loyiha haqida batafsil

#yoshlaragentligi #PhD #tadqiqot #seminar

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar yetakchilari uchun “Mehnat migratsiyasi dasturi- Markaziy Osiyo” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi

📝Joriy yilning, 7-10-avgust kunlari Yoshlar ishlari agentligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi Migratsiya bo‘yicha tashkilot (IOM) , “Yoshlar-kelajagimiz” jamg'armasi hamda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamkorligida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida mahallardagi faol yoshlar yetakchilari uchun “Mehnat migratsiyasi dasturi- Markaziy Osiyo” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda mahallardagi yoshlar yetakchilariga xavfsiz migratsiya asoslari, odam savdosiga qarshi kurashish, diniy ekstremizmni oldini olish kabi dolzarb mavzularda malakali mutaxassislar tomonidan treninglar olib borildi.

#seminar #trening

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vodiy hududlarida o'quv-seminarlarimiz davom etadi!

Xabar berganimizdek, Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston yosh fermerlar Kengashi hamda "Dalatek" kompaniyasi tomonidan vodiy hududlari yoshlari uchun o'quv-seminarlari o'tkazilishi reja qilingan edi.

Kuni kecha, Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida “Agrotexnolog - muvaffaqiyatli eksport garovi” shiori ostida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda mazkur sohaga qiziquvchi yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

#agrotechnologist #seminar

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yoshlar yetakchilarini rahbarlikka tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv-amaliy seminar boshlandi

Dastur yoshlar yetakchilarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi bilimlarini oshirish, milliy qadriyatlarini shakllantirish hamda shaxsiy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangicha tizim tashkil etildi, yoshlar yetakchilari instituti joriy qilindi, ularga zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Ularni qo‘llab-quvvatlash, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kasbiy o‘sishini ta’minlash maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Davlat boshqaruvi akademiyasi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi.

Batafsil

#YoshlarYetakchilari #Seminar

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanuvchi barcha xotin-qizlar diqqatiga!

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi “PhD sari qadam” loyihasining 2-mavsumi uchun grant e’lon qiladi. Ushbu loyiha orqali ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yosh xotin-qizlarga 2 oylik o‘quv kurslari tashkil etiladi.

📝Ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi👉 havoladan foydalaning:

Shoshiling joylar soni chegaralangan, 12-fevral kuni soat 23:59 da ro’yxatdan o’tish rasman yakunlanadi!

#yoshlaragentligi #PhD #tadqiqot #seminar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xavfsiz migratsiya bo’yicha seminar tashkil etildi.

“Markaziy Osiyoda mehnat migratsiyasi dasturi”
mavzusida mahalladagi faol yoshlar yetakchilari uchun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ishlari agentligi, BMTning Migratsiya bo‘yicha tashkiloti (IOM) va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu seminarda, faol yoshlar yetakchilariga xavfsiz migratsiya, odam savdosiga qarshi kurash, va OIVni yuqtirishni oldini olish bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan treninglar o‘tkazildi.

#seminar #trening

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sektorlar rahbarlari mahalla va yoshlar masalasiga masʼul!

Davlat boshqaruvi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18-20 noyabr kunlari Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida so‘zlagan nutqida, shuningdek, "2025 yil - Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili deb eʼlon qilinishi munosabati bilan ijro hokimiyati organlari rahbar kadrlari, tuman(shahar) sektorlari rahbarlari oldida turgan vazifalarni chuqur o‘rganish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.

Bugungi seminarda Respublika komissiyasi rahbari Q.Quronboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Saʼdullayev va DXX masʼullari tomonidan sektorlar rahbarlariga mamlakatimizda yoshlar siyosati va mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati haqida maʼlumot berildi. Sektor rahbarlariga mazkur yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan vazifalar batafsil tushuntirildi.

#yoshlarsiyosati #mahalla #seminar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM