#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚡️Abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi
Hukumat qarori (696-son, 19.11.2021 y.) bilan Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
➡️ Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik taʼlimning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.
🔢 Baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali chiqariladi.
🔰 Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o‘tkaziladi:
👉 86-100% uchun – 5 baho;
👉 71-85% – 4 baho;
👉 56-70% – 3 baho va 56%gacha – 2 baho.
▫️Ushbu tartib 2022/2023 yil o‘quv yilidan qo‘llaniladi.
Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi

👍1
Hukumat qarori (707-son, 22.11.2021 y.) bilan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
💼 Endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin.
Ilgari 1-3 nafar edi.
🏦 Nizomga muvofiq, YATT bank hisobvarag‘i ochganidan so‘ng xodim yollash huquqiga ega bo‘ladi.
🧾 YATT xodimni yollashda yozma mehnat shartnomasi tuzadi, ular tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmaydi.
⏳ YATT xodimini soliqda hisobga qo‘yish uchun arizani shartnoma tuzgan vaqtdan 3 ish kunidan kechikmay soliq organiga beradi.
✅ Soliq organi 1 ish kunida xodimning hisobga qo‘yilganligiga oid kartochkani taqdim qiladi. YATTlar xodim uchun daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘laydi.
❕YATT faoliyati vaqtinchalik yoki butunlay to‘xtatilsa soliq organiga yuborgan xabarnomasi asosida soliq hisoblanishi to‘xtatiladi.

Hokim yordamchisi lavozimida oliy maʼlumotga ega bo‘lmaganlar ham ishlashi mumkin
“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–29-son, 03.12.2021 y.) qabul qilindi.
💼 Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi taʼsis etiladi.
Mazkur lavozimga:
• Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida bo‘lim (shoʻba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlovchi rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlari tayinlanadi;
• nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;
• tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar va oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin.
☑️ Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:
👉 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari;
👉 tuman (shahar) hokimliklari tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari.
Agentlik direktori Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
🎖Farmonga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni taʼsis etildi.
⚠️ Ushbu ko‘krak nishoni bilan hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaxslar taqdirlanadi.
➡️ Farmon bilan shuningdek, Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.

👍3
13 yoshga to‘lgan bolalarning jinoiy javobgarligi bekor qilindi
“Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–735, 07.12.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
❕Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 13 yoshga to‘lgan shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishi bekor qilindi.
Ilgari 13 yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
✅ Shunga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka tortish 14 yoshdan boshlanadi.
➡️ 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali sodir etilganda og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilandi.
☑️ Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishda pedagog bilan bir qatorda psixolog ham qatnashishi belgilandi.

Ayrim davlat OTM to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini mustaqil belgilaydi
“Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–61-son, 24.12.2021 y.) qabul qilindi.
📝 Qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat OTM ro‘yxati (35 ta) tasdiqlandi.
🔰 Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari 2022 yil 1 yanvardan quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qiladi:
👉 kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
👉 mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
👉 o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
👉 xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish;
👉 bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash;
👉 avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko‘rsatish talablarini belgilash.
🔎 Shuningdek qarorga ko‘ra, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat OTM xarajatlarini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.

Qonunchilikda yoshlarga berilgan ayrim imtiyozlar
▪️Mehnat kodeksida yoshlar uchun alohida kafolatlar belgilangan, jumladan 16 dan 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun ish vaqti haftasiga 36 soatdan oshmasligi lozim.
▪️Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va kontrakt bo‘yicha o‘qiyotgan ijtimoiy faol talabalarga kontrakt summasining 35 foizi to‘lab beriladi.
▪️Kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga taʼlim krediti beriladi.
▪️Yoshlar muammolari bilan ishlashning yangicha tizimi – «Yoshlar daftari» ishga tushirilgan.
▪️«Yoshlar daftari» ga kiritilganlarning nogiron oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari miqdorida yordam ko‘rsatiladi.
▪️Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun 15 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.
▪️Davlat oliy taʼlim muassasalariga kirishda eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.
▪️Ijtimoiy faol yoshlarga OTMga o‘qishga kirishda imtiyozlar beriladi.
▪️Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga 20 turdagi yordam beriladi.
▪️Ayrim yoshlar OTMga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi.
▪️«Moziyga sayohat» dasturi doirasida «Yoshlar daftari» ga kiritilganlar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.
▪️Xorijdagi yosh vatandoshlarning vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratiladi.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligi • Instagram • Facebook • YouTube

👍130👏7🎉6😱4🔥3
❗️Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasida maxsus vakolatli organ etib belgilandi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–863-son, 18.08.2023-y.) bilan “Volontyorlik faoliyati to'g'risida”gi Qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi
Kiritilgan qo'shimchalarga muvofiq, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
🔰 Agentlik, jumladan:
▫️sohada davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
▫️normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
▫️qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritadi.
➡️ Qonun bilan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilandi.
❕Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish bo'yicha vakolatlar berildi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43❤3🐳3🎉2
Audio
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚡️Yoshlar tadbirkorligi rivojlantiriladi
Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga ko‘ra, 2025-2027-yillarda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoshlar biznesi” dasturi amalga oshiriladi:
➡️ dastur doirasida 350 mingta yoshni qamrab olinadi, shu jumladan, 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun kamida 100 mingta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi;
➡️ yosh tadbirkorlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi, ularning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida AT “Aloqabank” tayanch “yoshlar banki” etib belgilanadi;
➡️ zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yoshlarning startap va investitsiya loyihalariga imtiyozli moliyaviy mablag‘lar ajratiladi;
➡️ iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, raqamli texnologiyalar tatbiq etilgan innovatsion loyihalar hamda ijtimoiy tadbirkorlik yo‘nalishidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 🌍 Veb sayt
⚡️Yoshlar tadbirkorligi rivojlantiriladi
Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga ko‘ra, 2025-2027-yillarda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoshlar biznesi” dasturi amalga oshiriladi:
✅ “Biznesga birinchi qadam” loyihasiga muvofiq 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda imtiyozli davr bilan 7-yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi.
“Yoshlar uchun ish o‘rinlari” loyihasi asosida YATT sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlarning kamida 20 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga imtiyozli davr bilan 7-yilgacha muddatga 5 mlrd so‘mgacha mablag‘lar ajratiladi.
“Innovatsion yoshlar” loyihasi bo‘yicha venchur jamg‘armalari orqali yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48⚡5❤4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida farmoni (PF-61, 26.03.2025 y.) qabul qilindi.
🔰Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab 2031-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga quyidagi soliq imtiyozlarini joriy etiladi:
kreativ park rezidentlariga ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to‘lash;
rezidentlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish. Bunda rezidentlar o‘z istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga o‘tishlari mumkin.
🔸 xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.
🔸2025-yildan boshlab mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari xorijning nufuzli top-100 talik ro‘yxatiga kirgan oliygohlarda o‘qish imkoniyatini yaratish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi;
🔸“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi;
🔸2025-yil 1-iyundan:
nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o‘n yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;
nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.
✅ 2025/2026 o‘quv yilidan:
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarining namunali kursantlari (talabalari) va tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi.
o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik-ixtirochilik yo‘nalishida olimpiadalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi va g‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar davlat oliy ta’lim muassasalarining olimpiada yo‘nalishiga mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
🔹Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi, tarbiyaviy va umummilliy qadriyatlarni shakllantiruvchi milliy mediakontentlar yaratish hamda eng yaxshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi;

👍166❤21⚡9❤🔥2🎉2