🇺🇿10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan. Ushbu milliy ramz – davlat suverenitetining yuksak timsoli sifatida qonunda belgilangan bo‘lib, unga
hurmat va sadoqat bilan qarash har bir yurtdoshimizning muqaddas burchi hisoblanadi.
🎼Madhiya – yuraklarda Vatan tuyg‘usini uyg‘otuvchi kuchli ifoda. Unda xalqimizning o‘tmishi, bugungi kuni va yorqin kelajagi mujassam.
Madhiya milliy g‘urur,
ezgu maqsad va
xalqimizning mustahkam birdamligini tarannum etadi.
📰Yoshlar ishlari agentligi jamoasi Sizlarni ushbu muhim sana bilan muborakbod etadi! Madhiyamiz ozod xalqimizning ulug‘ ovozi sifatida
tinchlik va
barqarorlik ramzi bo‘lib, millatlararo totuvlik va yurtimizning rivoji haqida butun dunyoga jar solishda davom etaversin!
#Madhiya_32Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube