Yoshlar ishlari agentligi
69.8K subscribers
9.8K photos
1.7K videos
7 files
4.14K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Urganch shahrida “Kelajak kasblari” loyihasi bo‘yicha “Yoshlar daftari”ga 154 nafar yoshlar kirgan bo‘lib, ularning 136 nafari IT parkda o‘zlari xohlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘qish jarayonlarini boshlashdi.

Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi axborot xizmati mazkur videoda loyihani mana shunday qiziq shaklda tushuntirib berdi.

Eslatib o‘tamiz, loyiha doirasida yoshlarning zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni 6 oygacha muddatli o‘quv kurslarida o‘rganishlari uchun uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1,2 mln so‘m) subsidiya ajratiladi.

👉 Imkoniyatdan foydalanish uchun

#Xorazm #yoshlardaftari #kelajakkasblari

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Kelajak kasblari" loyihasining 1-mavsumi yakunlandi

👨‍🎓Mazkur mavsumda mamlakatimizdagi 13 000 nafardan ortiq yoshlardan 7000 nafaridan ortig'i zamonaviy kasb, axborot texnologiyalariga hamda 6000 ga yaqin yoshlar esa, xorijiy tillar yo'nalishida o'qish uchun ariza yuborgan. Bugungi kunga qadar 4000 nafarga yaqin yoshlarga 6 milliard so'mga yaqin mablag' to'lab berildi va mazkur jarayon davom etmoqda.

🗓 Hozirga qadar mazkur loyiha uchun ro'yxatdan o'tgan yoshlarga o'quv xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi hamda 2-mavsum boshlanguniga qadar o'quv markazlar va yoshlardan ariza olish to'xtatiladi.

#repost@alisher_sadullaev

#yoshlaragentligi #kelajakkasblari

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Kelajak kasblari" loyihasining 2-mavsumiga start berildi

Loyihamizning 2-mavsumi uchun 50 dan ziyod eng yaxshi markazlar saralab olinib, ularga davomat tizimlari o‘rnatildi. Tasdiqlangan markazlar bilan viloyat boshqarmalarimiz yuridik hamkorlikni yo'lga qo‘yishdi.

1.Ushbu mavsumda yoshlarimizdan o'z vaqtida darslarda ishtirok etishi kerak va buni davomat tizimi to'liq nazorat qiladi. Bir oyda sababsiz 6 marta darslarni qoldirgan yoshlarga subsidiya ajratilishi to'xtatiladi.

2.Yoshlarimiz uchun loyiha haqida batafsil ma'lumot beruvchi @kelajakkasblari_bot ham ishga tushishini ma'lum qilamiz. Shuningdek ushbu bot orqali loyiha ishtirokchilari uchun turli testlar ham ulashib boramiz.

⚡️ Ariza topshirish uchun havola: https://yoshlardaftari.uz/applications/create/center?service_id=8

#kelajakkasblari #2_mavsum

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak kasblari” loyihasi doirasida o’qiyotgan yoshlar

Yoshlar ishlari agentligining “Kelajak kasblari” loyihasida qatnashib Urganch shahridagi “DATA” ta’lim stansiyasida koʻpchilik yoshlar zamonaviy kasblarni bepul oʻrganishmoqda.

Mazkur videoda loyiha doirasida “Ofis dasturida ishlash” kursida o’qib kelayotgan yoshlarni ko’rishingiz mumkin. Intervyuni tomosha qilib, o’quvchilarning fikrlari va maqsadlari haqida bilib olishingiz mumkin.

#kelajakkasblari

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Kelajak kasblari" loyihasida davomat tizimi yuzasidan video qo'llanma

Bugungi kunda loyihamizga 13 686 nafar yoshdan ariza topshirilgan bo‘lib, ularning 8 336 nafari tasdiqlangan. Shuningdek, 4 990 nafar yosh hozirda zamonaviy kasblar va xorijiy tillar kurslarida faol ishtirok etmoqda.

Yoshlarimizning 90 dan ortiq markazlarning 150 dan ortiq filiallariga o‘rnatilgan face-id tizimlari kunlik davomatini tekshirib, "Yoshlar daftari" tizimining kabinet qismida aks ettirib bormoqda. Loyiha ishtirokchilariga yanada qulay va tushunarli bo'lish uchun biz davomat tizimi qanday ishlashi yuzasidan video tayyorladik. Ushbu videoni loyihaning barcha ishtirokchilariga yetib borishida ko'maklashing.

#kelajakkasblari #davomattizimi

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak kasblari” loyihasi yoshlarga qanday yordam bermoqda?

Yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga bepul o’qitish uchun “Kelajak kasblari” loyihasi tashkil etilgan. Mazkur loyihada bugungi kungacha 17 205 nafar yosh 40 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy kasblarga o‘qitilib, ularga jami 37,5 mlrd. so‘m miqdorida yordam ko‘rsatildi.

Samarqandlik yoshlar ham loyiha doirasida chet tillarini o’rganib IELTS darajasini olishmoqda. Misol uchun, Nurobodlik Fatxulla Musurmonov 6 oy davomida ingliz tilini o’rganib IELTS 6,5 darajasiga ega bo’ldi.

📹Video davomida ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlarning fikrlari bilan tanishib olishingiz mumkin

#Yoshlardaftari #KelajakKasblari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💼“Kelajak kasblari” loyihasi

O‘zining orzu va maqsadlariga erishib kelayotgan yoshlarimizdan yana biri surxondaryolik Hosila Asadullaeva

👨‍💻Grafik dizayn sohasiga qiziqqan qahramonimiz “Kelajak kasblari” loyihasi orqali Termiz shahridagi o‘quv markazda bepul tahsil olib kelmoqda. O‘qish davomida bir qancha reklamalar, brending va logolar tayyorlashni o‘rgangan Hosilaxon, kelajakda jahonning mashxur grafik dizaynerlar qatorida bo‘lishni niyat qilgan.

#KelajakKasblari #yoshlardaftari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎤“Tekin deb yuzaki qarashadi va natija kutilgandek bo‘lmaydi…”

💼Yoshlar ishlari agentligining “Kelajak kasblari” loyihasi orqali animator bo‘lgan namanganlik Azizbek hozirda Agentlik buyurtmasi asosida multfilm ishlashni boshlagan.

Namangan viloyatining Uychi tumani “Yangier” mahallasida istiqomat qiluvchi Azizbek Abduxalilov Toshkent shahridagi “Let’s Animate” o‘quv markazida 3D animatsiya yo‘nalishida kurslarni tamomlagan.

📹Loyiha doirasida natijaga erishayotgan yoshlar singari Azizbek ham hozirda “United Soft” kompaniyasida animator bo‘lib faoliyat yuritmoqda. Video orqali qahramonimizning loyiha haqidagi fikrlari hamda amaliy ishlari haqida bilib olishingiz mumkin.

#kelajakkasblari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak kasblari-2024” forumi o‘tkaziladi

18 mingdan ortiq yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarda bepul taʼlim olishga imkon yaratgan loyihadan yana bir yangilik.

💼Yoshlar ishlari agentligining “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida kurslarni muvaffaqiyatli yakunlab, hayotda o‘z yo‘lini topayotgan yoshlar va respublikamizdagi eng sara o‘quv markazi rahbarlari “Kelajak kasblari-2024” forumida jam bo‘lishadi.

🧾Forum joriy yilning 5-7 iyun kunlari Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da bo‘lib o‘tadi. 3 kun davomida forum ishtirokchilari uchun bir-biridan qiziqarli master-klasslar, sarhisob uchrashuvlar va poytaxtdagi yetuk IT markazlariga sayohatlar tashkil etiladi.

#KelajakKasblari #forum

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Kelajak kasblari” loyihasi orqali natijalarga erishayotgan yoshlar safi kengaymoqda.

💼Bu loyiha haqida deyarli barcha yoshlar juda yaxshi bilishadi, chunki u yoshlarga kasb-hunar va ta’lim olish uchun ulkan imkoniyatlar yaratmoqda. Bugungi kunda loyiha doirasida ingliz tilini chuqur o‘rganib, xalqaro IELTS sertifikatlaridan yuqori ballarni qo‘lga kiritayotgan yoshlar ham talaygina.

Bugun sizlarga poytaxtimizdagi “Cambridge” o‘quv markazida chet tillarini o‘rganib, eng yaxshi natijalarni qayd etgan yoshlar haqida qisqacha ma’lumot beramiz.

#kelajakkasblari #ielts

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💼“Kelajak kasblari” loyihasining navbatdagi natijalari.

➡️Xorazmlik yoshlar ham “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida egallagan bilimlari sabab yuqori natijalarga erishmoqda. Loyiha doirasida olgan bilimlari tufayli, ular CEFR sertifikatlariga ega bo‘lishdi va xorijiy tillarni mukammal egallash yo‘lida ulkan qadam tashlashdi.

Xususan, Xorazm viloyatidagi “Harvard English Team” o‘quv markazi ushbu yoshlarga zamonaviy, sifatli ta’lim berib, ularning kelajakka intilishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Yoshlarimizning kelajakdagi faoliyatlariga katta muvaffaqiyat tilaymiz, ularning yutuqlari hali oldinda!

#kelajakkasblari #cefr #xorazm

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak kasblari” loyihasi Xorazm yoshlari misolida

💼Bugungi kunda, “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida tahsil olgan ko‘plab yoshlar turli tashkilotlar va korxonalarda o‘z faoliyatini boshladi. Loyiha nafaqat yoshlarga bilim berish, balki ularni bandligini ta’minlashda keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Loyihaning 2-mavsumida Xorazm viloyatidan 440 nafar yosh “Data union” o‘quv markazida grafik dizayn, video montaj, 3D max, dasturlash, mobilografiya, ijtimoiy tarmoqlar marketingi kabi zamonaviy kasblar va axborot texnologiyalari bo‘yicha tahsil oldi. Shuningdek, o‘quv markazi bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlashda keng qamrovli tashabbuslarni amalga oshirib, ularning kelajakda muvaffaqiyatli kasb egalariga aylanishiga katta hissa qo‘shmoqda.

Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan va yangi hayotga yo‘l qo‘ygan yoshlar haqida infografikamiz orqali ma’lumot oling.

#kelajakkasblari

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy tillar ta’limida yuksak natijalar!

💼“Kelajak kasblari” loyihasi doirasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelayotgan yoshlar haqida ma’lumot berishni davom etamiz.

Mamlakatimiz bo’ylab yoshlarimizga xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishda hamkorimiz “Registon” o‘quv markazi katta imkoniyatlar yaratmoqda. Loyiha doirasida ingliz tilini mukammal egallab, mahalliy va xorijiy darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lgan yoshlarimiz, endilikda o‘z bilimlarini tengdoshlariga ulashib, nafaqat muvaffaqiyatga, balki daromadga ham erishmoqda. Batafsil quyidagi infografikamizda.

#kelajakkasblari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tillari ta’limida yangi cho‘qqilar!

💼“Kelajak kasblari” loyihasi yoshlar uchun kasb-hunar va ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yoshlar orasida ingliz tilini chuqur o‘rganish va xalqaro IELTS sertifikatida yuqori natijaga erishish tendensiyasi kundan-kunga o‘sib bormoqda. Bu esa uzoq muddatli natijalar berishi, yoshlarning xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lishiga asos yaratishi shubhasiz.

“Cambridge” o‘quv markazida chet tillarini o‘rganib, eng yaxshi natijalarni qayd etgan navbatdagi yoshlar haqida ma’lumot beramiz. Ushbu yoshlarning aksariyati daromad topishni ham boshlagani bizni quvontiradi.

#kelajakkasblari #ielts

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM