Yoshlar ishlari agentligi
69.9K subscribers
9.8K photos
1.7K videos
7 files
4.14K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
🇺🇿10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan. Ushbu milliy ramz – davlat suverenitetining yuksak timsoli sifatida qonunda belgilangan bo‘lib, unga hurmat va sadoqat bilan qarash har bir yurtdoshimizning muqaddas burchi hisoblanadi.

🎼Madhiya – yuraklarda Vatan tuyg‘usini uyg‘otuvchi kuchli ifoda. Unda xalqimizning o‘tmishi, bugungi kuni va yorqin kelajagi mujassam. Madhiya milliy g‘urur, ezgu maqsad va xalqimizning mustahkam birdamligini tarannum etadi.

📰Yoshlar ishlari agentligi jamoasi Sizlarni ushbu muhim sana bilan muborakbod etadi! Madhiyamiz ozod xalqimizning ulug‘ ovozi sifatida tinchlik va barqarorlik ramzi bo‘lib, millatlararo totuvlik va yurtimizning rivoji haqida butun dunyoga jar solishda davom etaversin!

#Madhiya_32

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi avlod sardorlari poytaxtda!

⚡️ “Yoshlar forumi – 2024” doirasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” sardorlar saylovi yakuniy bosqichiga yetib keldi.

Respublika bosqichida hududlardan saralangan eng iqtidorli va tashabbuskor sardorlar o‘zining ilg‘or g‘oyalar bilan yangi marralarni zabt etish uchun ishtirok etmoqda.

⭐️Agentlik binosida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti rahbariyati saylovning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Ushbu saylov bolalar uchun o‘z g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirish hamda yangi imkoniyatlar eshigini ochish yo‘lida muhim imkoniyatdir.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! Biz yangi avlod sardorlariga ishonamiz!

#Yoshlarforumi2024 #Sardorlarsaylovi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yetakchi o‘quv markazlar forumi

⚡️Bugun poytaxtimizdagi “Alpomish” muz saroyida “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida Toshkent shahrining eng yaxshi 100 ta o‘quv markazlari forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Agentlik direktori A. Sa’dullaev, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari D. Rahimova hamda mingdan ortiq litsey va maktab bitiruvchilari qatnashdi.

👦Forum yoshlarni oliy ta’limga tayyorgarlik ko‘rishda sifatli ta’lim va kasb-hunar markazlari bilan tanishtirib, ularni malakali mutaxassislar bilan bog‘lash imkoniyatini taqdim etdi.

📹Batafsil video orqali tanishing!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda o‘quv markazlari forumi o‘tkazildi

📰Yoshlarga sifatli ta’lim berish, ularni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatishda o‘quv markazlarining o‘rni juda katta. Ularga ko‘makchi va hamfikr bo‘lish, yoshlar kelajagiga befarq bo‘lmaslik bilan barobar.

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasida Andijon viloyatida ham yoshlarning malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlarida yaqindan yordam berib kelayotgan o‘quv markazlari forumi tashkil etildi. Unda markaz rahbarlarining taklif va tashabbuslari, faoliyatidagi mavjud muammolar muhokama qilinib, kelgusidagi samarali hamkorlik rejalari tuzildi.

Ma’lumot uchun, “O‘quv markazlari” forumining yakuniy tadbirlari 14-15-dekabr kunlari Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da bo‘lib o‘tadi.

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq!

⭐️Korrupsiya jamiyat va iqtisodiy rivojlanishga jiddiy to‘siq bo‘lib, davlat va fuqarolar o‘rtasidagi ishonchni zaiflashtiradi, tashkilotlar samaradorligini pasaytiradi. Unga qarshi kurash – bu jinoyatchilikni kamaytirish bilan birga, halol, shaffof va adolatli tizim yaratishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar majmuidir.

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasida “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi binosida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Mahalla yoshlari ishtirok etgan tadbirda boshqarmaning faoliyati tanishtirildi, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

#Yoshlarforumi2024 #Korrupsiyagaqarshimiz

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Senator va bolalar” uchrashuvi

⚡️Kuni kecha Oliy Majlis Senati binosida “Yoshlar forumi – 2024” doirasida “Bolalar harakati” hududiy sardorlar kengashi a’zolari bilan “Senator va bolalar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Kozixonova, senator Malika Qodirxanova va O‘zbekiston bolalar tashkiloti rahbari Xasanboy Nabiyev ishtirok etishdi.

💬Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuv davomida senatorlar yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritib, ulardan samarali foydalanish muhimligini ta’kidlashdi. Yosh sardorlar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z g‘oyalarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ushbu uchrashuv yosh avlod va senatorlar o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirib, bolalarning fikr-mulohazalari tinglanadigan muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

#Yoshlarforumi2024 #Sardorlaruchrashuv

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗞 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing

🟢“Kasblar tanlovi” – jahonga yo‘l;
🟢Quyosh sharqdan chiqadi;
🟢Shaxsiy erkinlik;
🟢Gender tenglik masalasida O‘zbekiston TOP-20 talikda;
🟢Obiliklar omadi;
🟢Yakkasaroy tajribasi.

📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!

#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM