Yoshlar ishlari agentligi
70.8K subscribers
9.73K photos
1.68K videos
7 files
4.09K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
🌱"Zamin" fondining "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabida 4 noyabrdan 9 noyabrgacha gibrid tarzda Eko-IT oromgohi o‘tikazilmoqda. Oromgoh ishida butun O‘zbekistondan 22 ta maktab o‘quvchilari va pedagoglari ishtirok etadi.

🍃Eko-IT oromgohining dasturi xilma-xil: xalqaro ekspertlarning ma’ruzalari, insonning tabiatga ta’siri to‘g‘risidagi amaliy seminarlar, mustaqil tadqiqotlar o‘tkazish, maishiy va issiqxona sharoitlarida "aqlli sug‘orish" orqali suvni tejash bo‘yicha smart-yechimlarni ishlab chiqish, qog‘oz va plastikni qayta ishlash bo‘yicha mahorat saboqlari, suv tozalash ob’ekti, havoni monitoring qilish stansiyasi, chiqindi poligoniga ekskursiyalar va ko‘plab boshqa tadbirlar.

🌍Maktab o‘quvchilarini havo va tuproq ifloslanishi sharoitida O‘zbekiston suv resurslaridan oqilona foydalanishga o‘rgatish, chiqindi poligonlari paydo bo‘lishiga olib keluvchi haddan ortiq iste’mol qilish muammosi, ko‘kalamzorlashtirishni to‘g‘ri tashkil etishga katta e’tibor qaratiladi.
♻️Eko-IT oromgohi doirasida ekofaollar ushbu muammolarning yechimiga qaratilgan amallarni bajaradilar.

🙌Eko-IT oromgohining hamkorlari: Xalq ta’limi vazirligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi, FAO.

#repost

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yoshlar uchun IT sohasida bepul ta'lim olish va mukofot jamg'armasi 200 million so'mlik xakatonga start berilmoqda

Yoshlar ishlari agentligi va Mohirdev.uz onlayn ta'lim platformasi hamkorligida MohirFest 2022 festivaliga start berilmoqda.

Festival davomida siz bepul onlayn ta'lim olasiz. Shuningdek, eng yaxshi bitiruvchilar qatorida xakatonda ishtirok etishingiz, final bosqichda esa yaxshigina mukofot g'olibi bo'lishingiz mumkin.

Festival 2 bosqichda bo'lib o'tadi:

1-bosqich: Raqamli oromgoh.
Ishtirokchilar 1 oy davomida dasturlash va zamonaviy texnologiyalarni bepul onlayn o'rganadilar.

2-bosqich: Xakaton.
Darslarni muvoffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar sovrin jamg'armasi 200 million so'mlik xakatonda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishadilar.

Xakatonda ishtirokchilar quyidagi mavzulardan birini tanlab, o'z loyihalarini namoyish qilishlari kerak bo'ladi:

- Ta'lim
- Ayollar huquqlari
- Ekologiya
- Turizm

🎁 Har bir yo'nalish bo'yicha birinchi uch o'rinlarni egallagan jamoalarning har bir a'zosi quyidagi sovg'alar bilan taqdirlanadi:

1-o'rin: Noutbuk
2-o'rin: Planshet
3-o'rin: eReader

Bundan tashqari, xakaton qatnashuvchilariga Mohirdev kurslari uchun turli xil chegirma va kuponlar taqdim etiladi

Festival 12-noyabr kuni start oladi.

Qatnashish bepul.
Ro'yxatdan o'tish uchun:
mohirdev.uz/mohirfest

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kitoblardan o‘qiganlarimizni emas, amaliyotda sinaganlarimizni oʻrgatamiz

🔥 Bu hafta Fargʻona viloyatida mehmon boʻlgan «AgroTransformatsiya» loyihasi kutilmagan sovgʻalarga hamda yangi bilim va imkoniyatlarga boy boʻldi. Barcha voqealar haqida quyidagi havola orqali bilib oling!

Marhamat👉 Batafsil maʼlumot

#repost

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jamoamiz bilan millatparvar jadidlarimiz haqida mana shunday roliklarni, turfa xil ma’lumotlarni tayyorlash loyihasini yo‘lga qo‘ydik. Qo‘llab-quvvatlasangiz va yaqinlaringiz bilan ulashsangiz xursand bo‘lamiz, albatta.

📹 HD video

#repost

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Shaxmat boʻyicha ”Tashkent Open-2022” xalqaro turniri start oldi. Yuqori saviyadagi tashkilotchilik uchun shahar hokimligiga alohida minnatdorchilik bildiramiz!

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“BIZNES MARAFON”ning navbatdagi manzili Sizni chorlaydi

🤝 Tadbirkorlik sohasiga qiziqish bildirgan yoshlarni

📌 9-noyabr soat 14:30 da Sirdaryo viloyati Guliston shahri - Guliston davlat universiteti konferensiyalar zaliga

📌 10-noyabr soat 14:30 da Jizzax shahri - Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat markaziga taklif etamiz!

Biznes marafonda ishtirok etish uchun telegramdagi @biznesmarafon_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting. Qatnashish mutlaqo bepul!

🚀 Shoshiling! O‘z biznesingizni bugundan boshlang!

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jamoamizga har kuni minglab yoshlardan murojaatlar keladi. Ular ichida hayot uchun kurashda og‘ir sinovga uchrab, davolanish uchun yordam so‘ragan 2678 nafar bemor yoshga 14,3 mlrd so‘m ko‘mak ko‘rsatildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ushbu tizim orqali biz jamoamiz bilan ko‘plab insonlarga umid ulasha olganimizdan baxtiyormiz!

📹 HD video

#repost

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi. 

Ushbu stipendiya jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir OTMning 1 nafar yuqori kurs talabasiga belgilangan talablar asosida tayinlanadi.

Stipendiya 1-sentyabrdan boshlab, bir yil muddatga, belgilangan miqdorga qatʼiy rioya qilgan holda tayinlanadi.

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan so‘ng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar ishlari agentligi
Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi.  Ushbu stipendiya jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir OTMning 1 nafar yuqori kurs talabasiga belgilangan…
Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi.

Ushbu stipendiya jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir OTMning 1 nafar yuqori kurs talabasiga belgilangan talablar asosida tayinlanadi.

Stipendiya 1-sentyabrdan boshlab, bir yil muddatga, belgilangan miqdorga qatʼiy rioya qilgan holda tayinlanadi.

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan so‘ng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda O‘zbekistondagi birinchi Eko-IT oromgohining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ishtirok etdi. U O‘zbekiston maktablarining barcha ekofaollariga murojaat qilar ekan, shunday dedi:

— Ona zaminimizning kelajagi – hammamizniki, unga har birimiz javobgarmiz. Bugun atrof-tabiatga mehr berib, asrab-avaylasak, ertaga sayyoramiz gullab-yashanaydi. Va bunda sizning katta hissangiz bo‘ladi!

Eko-IT oromgohi "Zamin" fondining "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida gibrid shaklda tashkil etildi, unda 400 dan ziyod ekofaollar ishtirok etdi.

Tadbirdan asosiy maqsad ekologiya uchun ma’suliyatni his etuvchi avlodni tarbiyalash hamda yoshlarni atrof-muhitni yaxshilash va asrab-avaylash bo‘yicha amaliy harakatlarga faol jalb qilishdan iborat.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM