Yoshlar ishlari agentligi
70.7K subscribers
9.73K photos
1.68K videos
7 files
4.09K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Biroz avval yozganimdek, mahallalardagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi talabalarning turar joy bilan bog‘liq muammolarini o‘rganyapti. Aslida, bu postni oldinroq e’lon qilmoqchi edim, ammo jarayonni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rmasdan, ijara beruvchilar bilan muloqot qilmasdan, elektron tizimni sinovdan o‘tkazmasdan to‘liq ishonch bilan yoza olmas edim.

Hozirgina Olmazor tumani, “Ziyo” va “Universitet” mahallalariga borib, yangi tizim — uybor.uz platformasi orqali ijaraga uy topgan talabalar, ijara beruvchilar va mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan muloqot qildik.

Biz bu masalada xususiy sektor bilan hamkorlik qilish ko‘proq samara berishiga ishonch hosil qildik. Misol uchun, “Ziyo” mahallasi yoshlar yetakchisi Muslima Halimova bir necha kun ichida aynan ushbu platforma orqali 23 nafar talabaga ijaraga uy topishda ko‘maklashdi.

Hozirgacha Toshkent shahri bo‘yicha jami 720 nafar talabaga yordam berildi. Endilikda shu kabi platformalarga talabalarga ijaraga beriladigan xonadon ma’lumotlarini kiritishda yoshlar yetakchilari bosh-qosh bo‘lishadi.

Do‘stlar ushbu elektron tizim orqali siz ham talabalarga yordam berishingiz mumkin. Buning uchun telegramdagi @Smartmahallabot orqali mahalla yetakchisiga aynan talabalarga ijaraga beriladigan uy to‘g‘risida ma’lumot berishingiz mumkin. Shundan so‘ng, yoshlar yetakchilari ijaraga beriladigan xonadonning sharoitlarini o‘rganib chiqib, ma’lumotlarni platformaga yuklaydi. Talabalar esa o‘zlariga qulay xonadonni tanlab, ijaraga joylashishadi.

#repost@alisher_sadullaev
⚡️O‘zbekistonlik shaxmatchilar jahon chempionatiga jo‘nab ketishdi

15-28-sentabr kunlari
Gruziyaning Batumi shahrida shaxmat bo‘yicha 8, 10, 12 yoshlilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bugun, 14-sentabr kuni mazkur nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilish uchun 21 nafar shaxmatchilarimiz jo‘nab ketishdi.

Jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik! Yuzlari yorug‘ bo‘lib, eng zo‘r natijalar bilan qaytishlarini tilaymiz!

#repost

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
Navro’z akadek mehnatsevar insonlar jamiyatimizda hammamizga o’rnak. Bugun qurilish va remont uchun kerakli asbob-uskunalarni ularga olib bera olganimizdan xursandmiz.

#repost@alisher_sadullaev

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
Insonlarning og‘irini yengil qila olish — juda katta baxt. Kecha olis mahallar va qishloqlarda yurib-yurib, Husanjon ismli bolakay bilan tanishib qoldik. Endi 1-sinfga qadam qo‘yib, katta maqsadlar bilan hayotning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda ekan. Afsuski, oyoq suyaklaridan yemirilishi borligi tufayli, qiynalib harakatlanadi. Viloyatdan ko‘rikdan o‘tkazdik, jarayon murakkabroq deyishdi, lekin biz, albatta, jarayonni oxirigicha Husanjonga yordam berishga harakat qilamiz, operatsiya xarajatlarini qoplab berishni ham o‘z zimmamizga olamiz, eng muhimi, Husanjon yana yugurib ketsa bo‘ldi 🙌

#repost@alisher_sadullaev

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Gruziyada bo’lib o’tadigan
Jahon chempionati oldidan, shaxmatchi bolajonlarimizni Toshkent xalqaro aeroportidan safarga kuzatib qo’ydik.
Shaxmatimiz kelajaklari, katta g’alabalar bilan qaytishadi, nasib qilsa. Bo’lajak chempionlarimizga omad 🇺🇿

#repost@alisher_sadullaev

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yunusobod tumanining “Choshtepa” mahallasi yoshlar yetakchisi Dilfuza Mansurova 17 nafar talabani turar joy bilan ta’minlashda ko‘mak berdi. Dilfuza ular bilan doimiy muloqot qilib, muammolarini ham o‘rganmoqda.

Shuningdek, bugunga qadar Toshkent shahri boʻyicha mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan uybor.uz platformasiga kiritilgan xonadonlar soni 1450 taga, loyiha orqali ijaraga joylashgan talabalar soni esa 1427 nafarga yetdi. Hozirda yana bo‘sh xonadonlar bor.

#repost@alisher_sadullaev

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Turkiy davlatlar yoshlar va sport vazirlari bilan bir qator loyiha va rejalarni muhokama qilish maqsadida Turkiyaga yetib keldik. Shuningdek, bugungi rasmiy ochilish marosimida Turkiya va Qirg’iziston Respublikalari Prezidentlari ham ishtirok etishlari reja qilingan.

#repost

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱"Zamin" fondining "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabida 4 noyabrdan 9 noyabrgacha gibrid tarzda Eko-IT oromgohi o‘tikazilmoqda. Oromgoh ishida butun O‘zbekistondan 22 ta maktab o‘quvchilari va pedagoglari ishtirok etadi.

🍃Eko-IT oromgohining dasturi xilma-xil: xalqaro ekspertlarning ma’ruzalari, insonning tabiatga ta’siri to‘g‘risidagi amaliy seminarlar, mustaqil tadqiqotlar o‘tkazish, maishiy va issiqxona sharoitlarida "aqlli sug‘orish" orqali suvni tejash bo‘yicha smart-yechimlarni ishlab chiqish, qog‘oz va plastikni qayta ishlash bo‘yicha mahorat saboqlari, suv tozalash ob’ekti, havoni monitoring qilish stansiyasi, chiqindi poligoniga ekskursiyalar va ko‘plab boshqa tadbirlar.

🌍Maktab o‘quvchilarini havo va tuproq ifloslanishi sharoitida O‘zbekiston suv resurslaridan oqilona foydalanishga o‘rgatish, chiqindi poligonlari paydo bo‘lishiga olib keluvchi haddan ortiq iste’mol qilish muammosi, ko‘kalamzorlashtirishni to‘g‘ri tashkil etishga katta e’tibor qaratiladi.
♻️Eko-IT oromgohi doirasida ekofaollar ushbu muammolarning yechimiga qaratilgan amallarni bajaradilar.

🙌Eko-IT oromgohining hamkorlari: Xalq ta’limi vazirligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi, FAO.

#repost

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kitoblardan o‘qiganlarimizni emas, amaliyotda sinaganlarimizni oʻrgatamiz

🔥 Bu hafta Fargʻona viloyatida mehmon boʻlgan «AgroTransformatsiya» loyihasi kutilmagan sovgʻalarga hamda yangi bilim va imkoniyatlarga boy boʻldi. Barcha voqealar haqida quyidagi havola orqali bilib oling!

Marhamat👉 Batafsil maʼlumot

#repost

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jamoamiz bilan millatparvar jadidlarimiz haqida mana shunday roliklarni, turfa xil ma’lumotlarni tayyorlash loyihasini yo‘lga qo‘ydik. Qo‘llab-quvvatlasangiz va yaqinlaringiz bilan ulashsangiz xursand bo‘lamiz, albatta.

📹 HD video

#repost

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jamoamizga har kuni minglab yoshlardan murojaatlar keladi. Ular ichida hayot uchun kurashda og‘ir sinovga uchrab, davolanish uchun yordam so‘ragan 2678 nafar bemor yoshga 14,3 mlrd so‘m ko‘mak ko‘rsatildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ushbu tizim orqali biz jamoamiz bilan ko‘plab insonlarga umid ulasha olganimizdan baxtiyormiz!

📹 HD video

#repost

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost #ulashing #imkoniyat

⚡️Yoshlar ishlari agentligi Mohirdev.uz onlayn ta’lim platformasi bilan hamkorlikda IT sohasida bepul ta’lim olish va mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mlik “MohirFest 2022“ga start bermoqda.

Festival davomida bepul onlayn ta’lim olish, shuningdek, eng yaxshi bitiruvchilar qatorida xakatonda ishtirok etish, final bosqichda esa yaxshigina mukofot g‘olibi bo‘lish mumkin. Festival 12-noyabrda boshlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: mohirdev.uz/mohirfest

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ziroat Mirziyoyeva Eko-IT oromgohi ishtirokchilariga: "Sizlar tabiatni muhofaza qilishdek muhim missiya elchilarisiz!"

#repost@zamineco

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Besh tashabbus olimpiadasi g‘oliblariga qanday sovg‘alar beriladi?

Bugun jamoamiz bilan birgalikda “Besh tashabbus” olimpiadasi g‘oliblariga taqdim etiladigan sovg‘alarni ko‘zdan kechirib, hududlarimiz tomon kuzatdik.

📺HD video

#repost

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston yarim finalda!

O'zbekiston terma jamosi
shaxmat bo'yicha jahon chempionatida Ukraina jamoasini mag‘lub etib, yarim finalga yo'l oldi.

#repost

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Talabaga madad”: talaba-yoshlarning kontraktini to'lab, ularni qo'llab-quvvatlash bo'yicha eng yuqori natijaga ega hokimliklar reytingi

Iqtisodiy-ijtimoiy muammolarga duch kelayotgan, iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi hokimliklar bilan hamkorlikda yo'lga qo'ygan “Talabaga madad” loyihasida qaysi tuman-shahar hokimlari talabalar soniga nisbatan eng yuqori hamda hududlarga nisbatan eng ko'p talabaga yordam bergan hokimlar reytingini shakllantirdik.

Talaba-yoshlarning ijtimoiy holatini o'rganib, ularga har taraflama yordam berayotgan mazkur hokimliklarga o'zimizning minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bu yo'nalishda qilinishi kerak bo'lgan ishlar hali ko'p. Shu sabab bu tizimni yanada rivojlantirish ustida ishlaymiz.

#repost

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Nodirbek Abdusattorov Hindistondagi eng nufuzli shaxmat turnirlaridan biri bo‘lgan “TATA STEEL CHESS INDIA 2022”da turnirning birinchi raqamli shaxmatchisi Hikaru Nakamurani mag‘lubiyatga uchratdi!

#repost

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Kelajak kasblari" loyihasining 1-mavsumi yakunlandi

👨‍🎓Mazkur mavsumda mamlakatimizdagi 13 000 nafardan ortiq yoshlardan 7000 nafaridan ortig'i zamonaviy kasb, axborot texnologiyalariga hamda 6000 ga yaqin yoshlar esa, xorijiy tillar yo'nalishida o'qish uchun ariza yuborgan. Bugungi kunga qadar 4000 nafarga yaqin yoshlarga 6 milliard so'mga yaqin mablag' to'lab berildi va mazkur jarayon davom etmoqda.

🗓 Hozirga qadar mazkur loyiha uchun ro'yxatdan o'tgan yoshlarga o'quv xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi hamda 2-mavsum boshlanguniga qadar o'quv markazlar va yoshlardan ariza olish to'xtatiladi.

#repost@alisher_sadullaev

#yoshlaragentligi #kelajakkasblari

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM