Yoshlar ishlari agentligi
70.4K subscribers
9.78K photos
1.7K videos
7 files
4.12K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Yoshlar va xotin-qizlarga 33 million so‘mgacha mikrokreditlar ajratiladi

⚡️ “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori bilan yuqoridagi ma'lumotlar orqali batafsil tanishing.

#qonunchilikdagiyangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalarining qo‘shimcha vakolatlari belgilandi

“Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-747-son, 25.01.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar Yoshlar ishlari agentligini va uning hududiy bo‘linmalarini voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar va oilalar aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qiladi.

• voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi;

• huquqbuzarliklar profilaktikasi;

• bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish.

Qonun bilan Agentlik yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi ekanligi ko‘rsatildi.

#qonunchilikdagiyangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​⚡️ Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi

“2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

2026-yilgacha ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to‘liq qamrab olinadi.

🏫 2022-yil 1-apreldan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-4-sinf o‘quvchilari bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan taʼminlanadi.

➡️ 2023-yil 1 -yanvardan pensiyani hisob-kitob qilishda ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshiriladi.

#qonunchilikdagiyangiliklar

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi
​​Davlat organlari vazifalarini volontyorlik orqali samarali amalga oshirish tartibi belgilandi

“Volontyorlik faoliyatini yana-da qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (169-son, 11.04.2022 y.) qabul qilindi.

📋 Qaror bilan Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi to‘g‘risida namunaviy nizom tasdiqlandi.

🖥 2022 yil 1 iyundan O‘zbekiston yoshlar portali negizida yaratilgan volontyorlar elektron platformasi ishga tushiriladi.

Voyaga yetgan, volontyor sifatida jalb etilayotgan tegishli soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega shaxslar davlat organlari faoliyatiga volontyor sifatida jalb etilishi mumkin.

☑️ Taʼlim oluvchilar taʼlimdan tashqari vaqtlarda volontyorlar guruhi tarkibida volontyorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

Quyidagi tuzilmalarga volontyorlarni jalb qilish mumkin emas:

pul bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi;

maxfiy maʼlumotlarni saqlovchi va ular bilan ishlovchi;

inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan, bajarilishi alohida bilim va ko‘nikma talab etadigan vazifalarni amalga oshiruvchi.

📁Davlat organiga jalb etilgan volontyor oyiga 20 soatdan ko‘proq volontyorlik bilan band bo‘lsa, u bilan volontyorlik shartnomasi tuzilishi shart.

#Qonunchilikdagiyangiliklar

Telegram sahifamiz 👉@yoshlaragentligi
Yoshlar tadbirkorligi uchun 10 mlrd so‘mgacha grant mablag‘lari ajratiladi

💰Yoshlarning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir tashabbuskorga 50 mln so‘m miqdorida, jami 10 mlrd so‘mgacha grantlar ajratiladi.

🔰 Bunda grant mablag‘lari:

▫️onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi veb-sayt yaratishga, xorijdagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yo‘naltiriladi;
▫️grant mablag‘lari xorijdan O‘zbekistonga 3 yil kamida 200 nafar turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.

#Qonunchilikdagiyangiliklar

Telegram sahifamiz 👉@yoshlaragentligi
📋 “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga ko‘rsatiladigan ayrim yordam turlari

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga quyidagi yordam turlari ko‘rsatiladi:

🔹moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam (BHMning 4 baravarigacha – 1,2 mln so‘mgacha) beriladi;

🔹yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi (bir oygacha BHMning 4, bir oydan ikki oygacha BHMning 8, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun BHMning 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi) qoplab beriladi;

🔹tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlarga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so‘mgacha) bo‘lgan qismi qoplab beriladi;

🔹Respublikadagi professional ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan, shuningdek, O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarinnig bir qismi qoplab beriladi;

🔹Yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining 3 oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha) miqdorda qoplab beriladi.

#Qonunchilikdagiyangiliklar

Telegram sahifamiz 👉 @yoshlaragentligi
​​Nogiron yoshlarga BHMning 50 baravarigacha subsidiya ajratiladi

⚡️Hukumat qarori bilan nogironligi bo‘lgan yoshlarga subsidiya ajratishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlangan.

📝 Reglamentga ko‘ra, nogiron yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha) subsidiya ajratiladi.

💰 Subsidiya olish uchun arizalar joriy yil uchun – 2022-yil 1-avgustdan, 2023-yildan boshlab har yili – 10-yanvardan qabul qilinadi.

#Qonunchilikdagiyangiliklar

Telegram sahifamiz 👉 @yoshlaragentligi
​​Navoiyda Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilindi

⚡️“Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–347-son, 05.08.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, Navoiy viloyatida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan maktabdan tashqari davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblangan Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilindi.

🗓 Har yili oʻtkazib kelinayotgan Prezident sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirining final bosqichi 2023-yildan boshlab Xalqaro shaxmat maktabida oʻtkaziladi.

🔰 Qarorga koʻra, 2023-yildan har yili tizimli ravishda quyidagi musobaqalar oʻtkaziladi:

🔹yoshlar oʻrtasida barcha hududlarda “Rokirovka” turniri;

🔹keksa avlod vakillari oʻrtasida “Nuroniylar” kubogi uchun;

🔹nogironligi boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida “Cheksiz imkon” turniri;

🔹8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan, 50 ming AQSH dollari miqdorida mukofot fondiga ega “Womenʼs Chess Championship” xalqaro turniri;

🔹MDH, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar shaxmatchilari oʻrtasida anʼanaviy “Uzbekistan Chess Open” xalqaro turniri.

2022/2023 oʻquv yilidan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, oʻrta maxsus, professional va OTM hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida shaxmat toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

☑️ Shuningdek, har yili Xalqaro shaxmat maktabida jahonning mashhur xalqaro grossmeysterlari ishtirokida yosh shaxmatchilar uchun trening va mahorat darslarini oʻz ichiga olgan mavsumiy oromgohlar tashkil etiladi.

#Qonunchilikdagiyangiliklar

Telegram sahifamiz 👉@yoshlaragentligi
​​❗️OTM magistraturasida o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qoplab berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) bilan Davlat OTMning magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

🔰Nizomga ko‘ra, davlat OTM, shu jumladan, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.

📝 Buning uchun davlat OTMning magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan talaba xotin-qizlar (talabgorlar) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlari bundan mustasno) o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

🗓 Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.

📁2022-yilda umumlashtirilgan talabgorlar ro‘yxati 5 ish kunida to‘lov-kontraktlarni qoplab berish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga (2023-yildan OTMning idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga) yuboriladi.

📋 Talabgorlarga to‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktyabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.

#qonunchilikdagiyangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Qonunchilikda yoshlarga berilgan ayrim imtiyozlar

▪️Mehnat kodeksida yoshlar uchun alohida kafolatlar belgilangan. Jumladan, 16 dan 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun ish vaqti haftasiga 36 soatdan oshmasligi lozim.

▪️Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va kontrakt bo‘yicha o‘qiyotgan ijtimoiy faol talabalarga kontrakt summasining 35 foizi to‘lab beriladi.

▪️Kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga taʼlim krediti beriladi.

▪️Yoshlar muammolari bilan ishlashning yangicha tizimi – «Yoshlar daftari» ishga tushirilgan.

▪️«Yoshlar daftari» ga kiritilganlarning nogiron oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari miqdorida yordam ko‘rsatiladi.

▪️Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun 15 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

▪️Davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.

▪️Ijtimoiy faol yoshlarga OTMga o‘qishga kirishda imtiyozlar beriladi.

▪️Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga 20 turdagi yordam beriladi.

▪️Ayrim toifadagi yoshlar OTMga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi.

▪️«Moziyga sayohat» dasturi doirasida «Yoshlar daftari» ga kiritilganlar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

▪️Xorijdagi yosh vatandoshlarning vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratiladi.

#qonunchilikdagiyangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga ko‘rsatiladigan ayrim yordam turlari

🔰“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga quyidagi yordam turlari ko‘rsatiladi:

🔹moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam (BHMning 4 baravarigacha – 1,2 mln so‘mgacha) beriladi;

🔹yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi (bir oygacha BHMning 4, bir oydan ikki oygacha BHMning 8, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun BHMning 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi) qoplab beriladi;

🔹tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlarga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so‘mgacha) bo‘lgan qismi qoplab beriladi;

🔹Respublikadagi professional ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan, shuningdek, O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarinnig bir qismi qoplab beriladi;

🔹Yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining 3 oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha) miqdorda qoplab beriladi.

#qonunchilikdagiyangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM