Yoshlar ishlari agentligi
70.4K subscribers
9.78K photos
1.7K videos
7 files
4.12K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
⚡️ 2026-yildagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi uchun o'tkazilgan tenderdagi g'alabali onlar muhrlangan unutilmas kadrlar!

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi
⚡️Butunjahon shaxmat olimpiadasi: Jonli efirda terma jamoamizning oʻyinini tomosha qiling!

Hindistonning Chennay shahrida oʻtayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turida Oʻzbekiston 🇺🇿 terma jamoasi Hindiston-2 🇮🇳 terma jamoasiga qarshi dona suradi. Ushbu oʻyinini jonli efirda, oʻzbek tilidagi sharh bilan YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://youtu.be/XYtvS5H-Iu4

Oʻzbek tilidagi sharhni FIDE sport ustasi Hulkar Tohirjonova va Xalqaro grossmeyster Nafisa Moʻminova olib boradi. Bugun juda muhim kun. Video ostidagi izohlarda terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlab, ularga omad tilaylik, doʻstlar🙌

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi
Diqqat! Premyera❗️

🌱 "Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari" loyihasining bu galgi qahramoni Navoiy viloyati Konimex tumani Sho'rko'l mahallasidan Jalilbayev Amirxon.

🔥Bugun, 8-avgust kuni soat 12:00 da Yoshlar ishlari agentligining YouTube kanalida "Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari" loyihasining qahramoni - subsidiya asosida motokultivator bilan ta'minlangan – Amirxon haqidagi videorolikning premyerasi bo‘lib o‘tadi.

👉 https://youtu.be/ObZeQ60qaqU
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
15 yoshli o‘zbekistonlik yengil atletikachi Jahon chempionatida g‘alaba qozondi

⚡️Kolumbiyaning Kali shahrida o'tkazilgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi (U20) jahon chempionatida Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida 14.04 metr natija bilan g‘alaba qozondi.

15 yoshli hamyurtimiz eng yaqin ta’qibchisini 66 smga ortda qoldirdi. Shuningdek, uning natijasi U20 tasnifida mavsumning eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘ldi.

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi
​​Navoiyda Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilindi

⚡️“Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–347-son, 05.08.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, Navoiy viloyatida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan maktabdan tashqari davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblangan Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilindi.

🗓 Har yili oʻtkazib kelinayotgan Prezident sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirining final bosqichi 2023-yildan boshlab Xalqaro shaxmat maktabida oʻtkaziladi.

🔰 Qarorga koʻra, 2023-yildan har yili tizimli ravishda quyidagi musobaqalar oʻtkaziladi:

🔹yoshlar oʻrtasida barcha hududlarda “Rokirovka” turniri;

🔹keksa avlod vakillari oʻrtasida “Nuroniylar” kubogi uchun;

🔹nogironligi boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida “Cheksiz imkon” turniri;

🔹8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan, 50 ming AQSH dollari miqdorida mukofot fondiga ega “Womenʼs Chess Championship” xalqaro turniri;

🔹MDH, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar shaxmatchilari oʻrtasida anʼanaviy “Uzbekistan Chess Open” xalqaro turniri.

2022/2023 oʻquv yilidan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, oʻrta maxsus, professional va OTM hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida shaxmat toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

☑️ Shuningdek, har yili Xalqaro shaxmat maktabida jahonning mashhur xalqaro grossmeysterlari ishtirokida yosh shaxmatchilar uchun trening va mahorat darslarini oʻz ichiga olgan mavsumiy oromgohlar tashkil etiladi.

#Qonunchilikdagiyangiliklar

Telegram sahifamiz 👉@yoshlaragentligi
⚡️Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turi — O‘zbekiston va Hindiston-2 terma jamoalarining durang o‘yinidan so‘ng O‘zbekiston 17 ochko bilan birinchi o‘rinda qolmoqda.

9-avgust kuni so‘nggi turda O‘zbekiston g‘alaba qozonsa, chempionlikni nishonlaydi — ochkolar teng kelib qolgan taqdirda qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobga olinadi va bu borada ustunlik O‘zbekiston tomonida.

Telegram sahifamiz 👉@yoshlaragentligi
⚡️Butunjahon shaxmat olimpiadasida so‘nggi tur: Jonli efirda terma jamoamizning oʻyinini tomosha qiling va qo‘llab-quvvatlang!

Bugun, 9-avgust kuni Hindistonning Chennay shahrida oʻtayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 11-turi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston 🇺🇿 terma jamoasi Niderlandiya 🇳🇱 terma jamoasiga qarshi dona suradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan bugun soat 09:30 da boshlanadi.

Terma jamoamizning so‘nggi turdagi ushbu muhim o‘yinini YouTube tarmog‘idagi kanalimizda o‘zbekcha sharh bilan jonli efirda tomosha qiling va qo‘llab-quvvatlang. Oʻzbek tilidagi sharhni FIDE sport ustasi Hulkar Tohirjonova va Xalqaro grossmeyster Nafisa Moʻminova olib boradi.

Tomosha qilish uchun: https://youtu.be/Mz8BJXpGc-I

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi
​​​​⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi

Qonun vazirlik va idoralar mutaxassislari, xorijiy ekspertlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida tayyorlangan bo‘lib, 10 ta bob va 64 ta moddadan iborat.

Mazkur qonun O‘zbekistonda ijro hokimiyati funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bog‘liq barcha munosabatlarni yagona qoidalar asosida tartibga soladi.

Bundan buyon davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha vazirlik va idoralarda xodimlarni ishga qabul qilish, faoliyati samaradorligini baholash, ularni xizmat pog‘onalarida o‘stirish, rag‘batlantirish yoki intizomiy jazolash va xizmatni tugatish masalalarida har xil yondashuvlarga barham beriladi.

Qonun bilan davlat fuqarolik xizmati sohasida vakolatli organ etib — Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi belgilandi.

Telegram sahifamiz 👉 @yoshlaragentligi
⚡️ ⚡️⚡️O‘zbekiston terma jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasi g'olibi!!!

Hindistonning Chennay shahrida oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 11-turida O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir quvonarli xabar:
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'ldi. Barcha yurtdoshlarimizni tarixiy g‘alaba bilan tabriklaymiz!

Telegram sahifamiz 👉 @yoshlaragentligi
Davlat fuqarolik xizmatidagi yosh xotin-qizlar uchun o'quv-seminari bo‘lib o‘tadi

📅 12-13-avgust kunlari Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadigan o‘quv-seminarga barcha idora va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yosh xotin-qizlarni taklif qilamiz!

📝 O‘quv-seminar davomida huquqiy, moliyaviy savodxonlik, gender tengligi, notiqlik san'ati va kasbiy toliqish mavzularida seminar hamda shaxsiy brend mavzusida trening darslari o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoamiz bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni ushbu buyuk g‘alaba bilan qizg‘in tabrikladi.

Telegram sahifamiz 👉 @yoshlaragentligi
⚡️Hindistonning Chennay shahrida oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining yopilish marosimida erkaklar terma jamoamiz “Eng jozibali erkaklar milliy terma jamoasi” sifatida ham gʻolib boʻldi!

Telegram sahifamiz 👉 @yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Butunjahon shaxmat olimpiadasi: O‘zbekistonga oltin medallar topshirildi va vatanimiz madhiyasi yangradi! 🇺🇿

Telegram sahifamiz 👉 @yoshlaragentligi
Президент Шавкат Мирзиёевнинг шахмат бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоларига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева членам сборной команды Узбекистана по шахматам

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter