Yoshlar ishlari agentligi
69.8K subscribers
9.85K photos
1.7K videos
7 files
4.16K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Pokiston davlat madhiyalari yangradi.
Ayni paytda tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

#Mirziyoyev #muzokaralar #Pokiston 

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilarining muzokaralari yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir Imron Xonning rasmiy tashrifini davlatlararo munosabatlar tarixida yangi sahifa ochadigan muhim siyosiy voqea, deb baholadi.

O‘zaro ishonch va ochiqlik, samimiy va amaliy ruhda o‘tgan samarali muzokaralarda sheriklikning yangi imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, “o‘sish nuqtalari” belgilangani qayd etildi.

#Mirziyoyev #Pokiston #brifing

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazdi.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Pokiston #hamkorlik

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
Yoshlar siyosatida mintaqaviy hamkorlik mustahkamlanmoqda!

🇵🇰Pokistonda bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik Osiyo yoshlar ittifoqi Yoshlar sammitida O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi ishtirok etdi. Delegatsiyaga Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.Kattaxanova boshchilik qildi.

Sammit doirasida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif delegatsiya rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekistonga tashrifi davomida yoshlarga oid hujjatlar imzolanishi va O‘zbekiston-Pokiston yoshlar hamkorligi yanada rivojlanishi muhim ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, sammit doirasida o‘tkazilgan Osiyo yoshlar vazirlari uchrashuvida O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha taqdimot qildi. Bu taqdimot yoshlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini yanada oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

#Yoshlar #Hamkorlik #Pokiston

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Yoshlar siyosati xalqaro maydonda!

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi Pokistonda bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik Osiyo yoshlar ittifoqi sammitida qator muhim hamkorlik uchrashuvlarini o‘tkazdi. Xususan, Pokiston Bosh vazirining Yoshlar dasturi raisi Rana Mashhud Ahmad Xan, Maldiv Yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish, axborot va san’at davlat vaziri Ali Shamaan, Millatlar Hamdo‘stligi Kotibiyati vakili Leyn Robinson va boshqa mamlakatlarning delegatsiya rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida:
🟢Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Markaziy va Janubiy Osiyo yoshlar kengashini tuzish masalasi;
🟢Hamdo‘stlik tomonidan olib boriladigan Yoshlar taraqqiyoti indeksida O‘zbekistonning o‘rnini yanada yaxshilash;
🟢 Mintaqaviy darajada yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida 15-may – Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan Orolbo‘yi mintaqasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan raqamli “yashil” tashabbuslar Global yoshlar festivaliga barcha yoshlar va delegatsiyalar taklif etildi.

#Yoshlar #Hamkorlik #Pokiston

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM