Yoshlar ishlari agentligi
71.1K subscribers
9.72K photos
1.68K videos
7 files
4.09K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
​​Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi

Prezidentning tegishli qaroriga binoan, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

👉 Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:

• xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 110 ming so‘m);

• xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 521 ming so‘m);

• xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 6 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 932 ming so‘m).

👉 Yoshlar ishlari agentligiga Yetakchilarni har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlash huquqi berildi.

👉 Har chorakda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar Yetakchilar 1 oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

👉 Boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha (540 ming so‘m) bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi.

👉 Yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarga uy-joy olish uchun subsidiya beriladi.

👉 Yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi.

👉 Ushbu yetakchilarning shtat birliklari umumiy o‘rta taʼlim maktablaridagi 10 ming nafar yoshlar yetakchilari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi.

👉 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarning ish bilan taʼminlanishi choralarini ko‘radi.

Qaror bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

#yoshlaryetakchilari #qaror

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

👇 Quyidagilar mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib belgilandi:

“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;

• mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;

• yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;

• yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash;

• huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish.

#qaror #yoshlaryetakchilari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​👇Yetakchilar o‘ziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiradi:

• madaniyat va sanʼatni targ‘ib qilish borasida –
“sanʼat g‘unchalari” ko‘rik tanlovi, maqom, baxshichilik va estrada bo‘yicha “yoshlar ovozi”, “yosh musavvirlar” tanlovlari hamda “kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivalini o‘tkazadi, shuningdek, yoshlar va bolalar teatr jamoalarini tashkil etadi;

• sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida – mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish bo‘yicha musobaqalarni tashkil etadi, salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni hamda “yosh ekolog” aksiyasini o‘tkazadi;

axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida – “bir million dasturchi” loyihasi, kibersport chempionati, “axborot texnologiyalari bilimdoni” tanlovi, “dasturlashga birinchi qadam” loyihalarini amalga oshiradi;

maʼnaviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida – “zakovat” musobaqasi, “quvnoqlar va zukkolar”, “zukko kitobxon”, “yosh kitobxon”, “yosh kitobxon oila”, “xorijiy tillar bilimdoni” va “yosh poliglot” tanlovlari hamda “munozara” intellektual va milliy xalq o‘yinlarini tashkil etadi;

vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish borasida – “yosh chegarachi”, “yosh qutqaruvchi”, “quvnoq startlar”, “Temurbeklar”, “To‘maris malikalari”, “shunqorlar”, “yosh huquqshunos”, “yosh saylovchi”, “yosh deputat” tanlovlari hamda “men ham askar bo‘laman” aksiyalari va harbiy qismlarga sayohatlarni tashkil etadi;

• tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida – “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” va “mahallaning ishbilarmon tadbirkori” tanlovlari, “biznesga birinchi qadam” grant loyihasi hamda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etadi.

Yetakchilar yuqorida qayd etilgan tadbirlarni mahalladagi yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda har kuni o‘tkazilishini taʼminlab boradi.

#qaror #yoshlaryetakchilari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​👇Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:

• xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 110 ming so‘m);

• xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 521 ming so‘m);

• xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 6 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 932 ming so‘m).

#qaror #yoshlaryetakchilari #ishhaqqi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

• Yetakchi lavozimiga nomzodlar tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;

• Yetakchi lavozimiga yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarni ergashtira oladigan, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar tayinlanadi.

#qaror #yoshlaryetakchilari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

• Har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar Yetakchilar bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

faoliyatini samarali tashkil etayotgan, o‘zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan va ularga yetakchilik qilayotgan Yetakchilar “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, Yetakchilar har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlanadi.

#qaror #yoshlaryetakchilari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

Ish faoliyati natijalariga ko‘ra Yetakchilarni Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi, bunda ushbu Yetakchilar tanlovsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori lavozimlarga o‘tkazilishi mumkin;

• ikki yillik mehnat faoliyati natijalariga ko‘ra Yetakchilarning lavozimini oshirish yuzasidan vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taklif kiritiladi.

#qaror #yoshlaryetakchilari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️Mahalladagi yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi Sirdaryo tumanida ish boshladi

Ishchi guruh a'zolari tomonidan mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyatiga ko'maklashish, yoshlar bilan ishlashda mas'ul tashkilotlarning vazifalarini rejali amalga oshirish muhokama qilindi.

Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish borasida mas'ul tashkilotlar rahbarlari bilan kelishib olindi.

Ushbu ishlarni na'munali tashkil etish hamda o'tkazish uchun tumandagi "Hikmatli" mahallasi tanlab olindi. Bugundan boshlab mazkur mahalladan ma'lumotlarni Sizga taqdim etamiz.

#mahalla #yoshlaryetakchilari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng namunali mahalla yetakchisi” tanlovi o‘tkazilmoqda

Tanlovning mahalliy bosqichlari joriy yilning oktabr-noyabr oylari davomida 1 421 nafar namunali faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari ishtirokida 208 ta tuman (shahar) larda o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra saralab olingan 208 nafar yoshlar yetakchilari ishtirokida joriy yilning 25-noyabr – 5-dekabr kunlari kunlari davomida tanlovning hududiy bosqichlari o‘tkaziladi.

#YoshlarYetakchilari #Tanlov

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yoshlar yetakchilarini rahbarlikka tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv-amaliy seminar boshlandi

Dastur yoshlar yetakchilarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi bilimlarini oshirish, milliy qadriyatlarini shakllantirish hamda shaxsiy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangicha tizim tashkil etildi, yoshlar yetakchilari instituti joriy qilindi, ularga zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Ularni qo‘llab-quvvatlash, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kasbiy o‘sishini ta’minlash maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Davlat boshqaruvi akademiyasi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi.

Batafsil

#YoshlarYetakchilari #Seminar

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Mahalladagi yoshlar yetakchilari I Forumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

⚡️“Yoshlar forumi” mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatining 3 yillik sarhisobi, amalga oshirilgan ishlar tahlili va istiqboldagi rejalar bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro tajriba almashish maydoniga aylanadi.

Yoshlar ijod saroyida 2 kun davom etadigan forumda “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining hududiy bosqichi g‘oliblari, faol yoshlar yetakchilari va hamkor tashkilotlar ekspertlari ishtirok etadi.

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaryetakchilari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berganimizdek, ayni vaqtda “Mahalladagi yoshlar yetakchilari I Forumi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Ochilish marosimida yuqori darajadagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, jumladan, Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Ichki ishlar, Mudofaa, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbariyati, Yoshlar ishlari agentligi direktori, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi ishtirok etdi.

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaryetakchilari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Mahalladagi yoshlar yetakchilari I Forumi” qizg‘in pallaga kirdi

⚡️“Yoshlar Forumi – 2024” doirasidagi ushbu tadbirda 300 ga yaqin eng faol yoshlar yetakchilari 4 ta sho‘baga bo‘lingan holda yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqda.

Xususan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, huquqbuzarlikni oldini olish,“Yoshlar balansi” va “Yoshlar daftari” tizimi bilan samarali ishlash borasida ekspertlardan qimmatli tavsiyalar olishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaryetakchilari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Birozdan so‘ng “Yoshlar forumi” doirasida Toshkent shahar yoshlar markazida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quranboyev va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi!

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaryetakchilari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berganimizdek, ayni vaqtda Qahramon Quranboyev va Alisher Saʼdullayevning mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda!

Muloqotda dastavval, mahallalarda yoshlar yetakchilari tizimi joriy etilgani va buning natijasida 1 milliondan ortiq yoshlarning bandligi ta’minlangani alohida e’tirof etildi. Shuningdek, “Yoshlar daftari” tizimi, migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash, chet tillar va kasb-hunarga o‘qitish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.

Bundan tashqari, 2025-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan yangidan-yangi taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaryetakchilari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ochiq muloqot qizg‘in davom etmoqda

⚡️“Yoshlar forumi” doirasida tashkil etilgan ochiq muloqot qizg‘in munozaralar, foydali takliflar va amaliy tashabbuslar bilan davom etmoqda!

Agentlik direktori Alisher Saʼdullayev o‘z nutqida yoshlar yetakchilarining ustuvor vazifalari haqida to‘xtalib, ularni 4 asosiy tamoyilga e’tibor qaratishga chaqirdi. U har bir yoshlar yetakchisini o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yish, bu maqsadga erishish uchun muntazam harakat qilish, o‘z zimmasiga masʼuliyat olish va har bir ishning yakunida natijaga erishishga intilish zarurligini ta’kidladi.

📰Ushbu tamoyillar asosida ishlaydigan har bir yoshlar yetakchisi nafaqat o‘z kelajagini, balki orqasidan ergashayotgan yoshlarning kelajagini ta’minlashga hissa qo‘shadi.

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaryetakchilari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasida Mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Respublika tanlov jarayonlari Toshkent shahridagi Yoshlar markazida 10 ta yo‘nalishda sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etildi. G‘oliblarni taqdirlash marosimida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quranboyev va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etdi!

Batafsil: gov.uz/yoshlar

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaryetakchilari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM