Yoshlar ishlari agentligi
71.1K subscribers
9.72K photos
1.68K videos
7 files
4.09K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
​​Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi

Prezidentning tegishli qaroriga binoan, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

👉 Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:

• xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 110 ming so‘m);

• xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 521 ming so‘m);

• xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 6 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 932 ming so‘m).

👉 Yoshlar ishlari agentligiga Yetakchilarni har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlash huquqi berildi.

👉 Har chorakda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar Yetakchilar 1 oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

👉 Boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha (540 ming so‘m) bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi.

👉 Yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarga uy-joy olish uchun subsidiya beriladi.

👉 Yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi.

👉 Ushbu yetakchilarning shtat birliklari umumiy o‘rta taʼlim maktablaridagi 10 ming nafar yoshlar yetakchilari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi.

👉 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarning ish bilan taʼminlanishi choralarini ko‘radi.

Qaror bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

#yoshlaryetakchilari #qaror

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

👁 YouTube orqali ko‘rish (HD)

#infografika #qaror

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

• Har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi jami 9 309 ta mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

• Yoshlar ishlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tuzilmalarida mahalla va taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo‘linmalari tashkil etildi.

#infografika #qaror #mahalla

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

👇 Quyidagilar mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib belgilandi:

“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;

• mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;

• yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;

• yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash;

• huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish.

#qaror #yoshlaryetakchilari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​👇Yetakchilar o‘ziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiradi:

• madaniyat va sanʼatni targ‘ib qilish borasida –
“sanʼat g‘unchalari” ko‘rik tanlovi, maqom, baxshichilik va estrada bo‘yicha “yoshlar ovozi”, “yosh musavvirlar” tanlovlari hamda “kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivalini o‘tkazadi, shuningdek, yoshlar va bolalar teatr jamoalarini tashkil etadi;

• sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida – mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish bo‘yicha musobaqalarni tashkil etadi, salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni hamda “yosh ekolog” aksiyasini o‘tkazadi;

axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida – “bir million dasturchi” loyihasi, kibersport chempionati, “axborot texnologiyalari bilimdoni” tanlovi, “dasturlashga birinchi qadam” loyihalarini amalga oshiradi;

maʼnaviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida – “zakovat” musobaqasi, “quvnoqlar va zukkolar”, “zukko kitobxon”, “yosh kitobxon”, “yosh kitobxon oila”, “xorijiy tillar bilimdoni” va “yosh poliglot” tanlovlari hamda “munozara” intellektual va milliy xalq o‘yinlarini tashkil etadi;

vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish borasida – “yosh chegarachi”, “yosh qutqaruvchi”, “quvnoq startlar”, “Temurbeklar”, “To‘maris malikalari”, “shunqorlar”, “yosh huquqshunos”, “yosh saylovchi”, “yosh deputat” tanlovlari hamda “men ham askar bo‘laman” aksiyalari va harbiy qismlarga sayohatlarni tashkil etadi;

• tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida – “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” va “mahallaning ishbilarmon tadbirkori” tanlovlari, “biznesga birinchi qadam” grant loyihasi hamda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etadi.

Yetakchilar yuqorida qayd etilgan tadbirlarni mahalladagi yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda har kuni o‘tkazilishini taʼminlab boradi.

#qaror #yoshlaryetakchilari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​👇Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:

• xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 110 ming so‘m);

• xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 521 ming so‘m);

• xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 6 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 932 ming so‘m).

#qaror #yoshlaryetakchilari #ishhaqqi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

• Yetakchi lavozimiga nomzodlar tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;

• Yetakchi lavozimiga yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarni ergashtira oladigan, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar tayinlanadi.

#qaror #yoshlaryetakchilari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

• Har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar Yetakchilar bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

faoliyatini samarali tashkil etayotgan, o‘zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan va ularga yetakchilik qilayotgan Yetakchilar “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, Yetakchilar har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlanadi.

#qaror #yoshlaryetakchilari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

Ish faoliyati natijalariga ko‘ra Yetakchilarni Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi, bunda ushbu Yetakchilar tanlovsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori lavozimlarga o‘tkazilishi mumkin;

• ikki yillik mehnat faoliyati natijalariga ko‘ra Yetakchilarning lavozimini oshirish yuzasidan vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taklif kiritiladi.

#qaror #yoshlaryetakchilari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi