Yoshlar ishlari agentligi
69.8K subscribers
9.8K photos
1.7K videos
7 files
4.14K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Yoshlar daftari — imkoniyatlar daftari" loyihasi

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasidan yangi loyiha.

"Yoshlar daftari", bir yosh misolida...

Dastlabki qahramonimiz Ellikqal'a tumani "Aqchako'l" OFY hududida yashovchi Go'zal Allambergenova "Yoshlar daftari" sabab, o'z hayotidagi tub o'zgarishlar haqida hikoya qiladi.

Telegram sahifamiz 👉@yoshlaragentligi
🤔 Qaysi kasbni tanlasam ekan?
💰 Qancha pul topsa bo'ladi?
💼 Qachon va qanday qilib?

☝️ "Q"dan boshlanadigan 4 ta savolga javobimiz bitta - "Men kimman?" loyihasi.
🇺🇿
O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida moliyalashtirilgan loyihani "Ijtimoiy Media Loyihalar Markazi" NNT amalga oshirib kelmoqda.

▶️ Ko'rsatuvning barcha sonlarini
YouTube'dagi kanaldan ko'rib, o'zingizga kerakli kasb sirlari, qayerda o'qish mumkinligi, o'quv markazlari, kasbdagilarning maoshlari va boshqa ko'plab savollarga javob topa olasiz.

Quyidagi kasblar haqida ko'proq bilib oling:
✍️ Jurnalist
🌐 Tarjimon
💻 Grafik dizayner
🎞 Video montajchi
📊 Marketolog

YouTube
ENG DAROMADLI kasblardan biri VIDEO MONTAJCHI bo'lishni o'rgatamiz | "Men kimman" #4
🎬 "Men kimman?" ko'rsatuvi 4-son
📊 Montajchilik kasbi va qanday qilib montajchi bo'lish haqida

Bugun yoshlar uchun keng imkoniyatlar mavjud. Biroq, ularning koʻpchiligi katta hayotga qadam qoʻyish arafasida qaysi kasbni tanlash, kelajakda qaysi soha boʻyicha faoliyat yuritish borasida bir qarorga kelishga qiynalishadi. Bu holat baʼzan hatto oliy taʼlim muassasasini bitiruvchi yoshlarda ham kuzatiladi. Mazkur vaziyatni yoshlar muayyan kasblar haqida yetarlicha tushunchaga ega emasliklari bilan izohlash mumkin. Bu esa bugunda yoshlar uchun zamonaviy kasblar haqida qisqa va loʻnda tushuncha beruvchi maʼlumotlar bazasini yaratishga ehtiyoj tugʻdiradi. “Men kimman?” dasturining har bir sonida aynan bitta kasb haqida qisqa va loʻnda, biroq batafsil maʼlumot berib boriladi. Bu orqali yoshlar muayyan kasb borasida oʻzlari uchun yetarlicha tushunchaga ega boʻlishlari mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparatidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilinadi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Agentlik markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

— Innovatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

— Yoshlarga oid qonunchilik tashabbuslari va huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘limi bosh mutaxassisi;

— Yoshlarga oid dasturlar va loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi bosh mutaxassisi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalidan ro‘yxatdan o‘tishlari, mavjud vakant lavozimlarni tanlab, so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

❗️Hujjatlar 2021-yil 13-iyuldan 22-iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Telegram sahifamiz 👉@yoshlaragentligi
“Yosh kitobxon oila” tanlovi Navoiyda!

Navoiy viloyati Yoshlar markazi binosida “Yosh kitobxon oila” tanlovining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan yosh oilalar ishtirokida tanlovning hududiy bosqichi o‘tkazildi.

🏆 “Yosh kitobxon oila” tanlovining Navoiy viloyati bosqichi g’oliblari:

🥇 1-o’rin Egamovlar oilasi
🥈 2-o'rin Mustafoyev oilasi
🥉 3-o'rin Pardayev oilasi

Egamovlar oilasini tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishgani bilan tabriklaymiz!

Telegram
sahifamiz👉@yoshlaragentligi
“Yosh kitobxon oila” tanlovi navqiron Samarqandga ham yetib bordi!

Samarqand viloyati Yoshlar markazi binosida “Yosh kitobxon oila” tanlovining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 16 nafar yosh oila ishtirokida tanlovning hududiy bosqichi o‘tkazildi.

🏆 “Yosh kitobxon oila” tanlovining Samarqand viloyati bosqichi g’oliblari:

🥇 1-o’rin Omonqulovlar oilasi
🥈 2-o'rin Xayrulloyevlar oilasi
🥉 3-o'rin Toshnazarovlar oilasi

Galabaga bir qadam qoldi, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Omonqulovlar oilasiga omad yor bo‘lsin!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan:

▫️2021-yilning avgust oyida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandlari (o‘quv qurollari, kitob, kiyim-kechak) uchun 500 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Ushbu maqsadlar uchun 128 ming bolaga Davlat byudjetidan mablag‘ ajratiladi.

▫️“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan farzandlarining 2021/2022 o‘quv yilida to‘lov-kontrakt summasi birinchi o‘quv yili uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

▫️“Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi. 2 mingta yosh oilalarni uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarini qoplashga Davlat byudjetidan subsidiya ajratiladi.

▫️2021-yil 1-sentabrdan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi — 14 foiz miqdorida imtiyozli ta’lim kreditlarini berish joriy etiladi.

▫️Nufuzli xalqaro reyting agentliklarining yetakchi 500 talik ro‘yxatiga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo‘shimchalar to‘lash tizimi joriy etiladi.

▫️2021-yil sentabr oyidan boshlab, Toshkent shahrida ilg‘or xorijiy tajriba asosida Yoshlar biznes maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, unda shu yilda 1,4 ming nafar yoshlarga tadbirkorlik va biznes yuritishda yaxshi natijalarga erishish va xavf-xatarlardan himoyalanish usullari o‘rgatiladi. 2022-yilda Yoshlar biznes maktabining respublika miqiyosida filiallari tashkil etiladi.

▫️2021-yil 1-sentabrdan yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap loyihalari tanlovi doirasida har bir tuman va shaharda 3 nafardan g‘oliblarga grantlar berish amaliyoti joriy etiladi. Loyihalarni har biri uchun 50 mln so‘mlik grantlar beriladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar ishlari agentligi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda 17 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida notiqlarni kashf etuvchi «Muammo, erkinlik, natija» tanlovini e'lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan yoshlar @notiq_motivatsionbot 👈Telegram boti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari zarur. Teletanlov 4 bosqichdan iborat.

Ilk bosqichda tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlar bir daqiqalik nutqi aks etgan videorolikni tasvirga olib, +998 93 382 58 00 raqamiga Telegram orqali joriy yilning 1-avgustiga qadar yuborishlari lozim.

Siz notiq bo'lmoqchimisiz? O'zbek tilida ravon nutq so'zlay olasizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! Fursatni boy bermang. Hoziroq ro'yxatdan o'ting va tanlovda ishtiork eting!

Ro'yxatdan o'tish uchun: 👉 @notiq_motivatsionbot
Bir daqiqalik videorolikni yuborish: +998 93 382 58 00

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Pokiston davlat madhiyalari yangradi.
Ayni paytda tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

#Mirziyoyev #muzokaralar #Pokiston 

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi