Yoshlar ishlari agentligi
197K subscribers
10.8K photos
2.02K videos
7 files
4.84K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 15-16 iyul kunlari Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Forum ishtirokchilari mintaqaviy bog‘liqlikni yana-da mustahkamlash doirasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish imkoniyatlarini muhokama qiladilar.

#Mirziyoyev #konferensiya #bogliqlik #hamkorlik

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
👍1
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilarining muzokaralari yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir Imron Xonning rasmiy tashrifini davlatlararo munosabatlar tarixida yangi sahifa ochadigan muhim siyosiy voqea, deb baholadi.

O‘zaro ishonch va ochiqlik, samimiy va amaliy ruhda o‘tgan samarali muzokaralarda sheriklikning yangi imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, “o‘sish nuqtalari” belgilangani qayd etildi.

#Mirziyoyev #Pokiston #brifing

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Subsidiya — yangi avlodga yangi imkoniyat!

Bugungi kunda Qoraqalpag‘istonda 3475 nafar yoshga 5 mlrd 72 mln so‘m subsidiyalar ajratildi. Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpag‘iston Respublikasi boshqarmasi axborot xizmati subsidiya ajratilgan yoshlar va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirib boradi.

💸 Subsidiya ajratilgan dastlabki qahramonimiz — "Yoshlar daftari" ro'yxatidagi Ellikqalʼa tumani "Sharq yulduzi" ovul fuqoralar yig‘inida yashovchi Usman Nurullayev.

💰 Bu yoshga "Yoshlar fondi" hisobidan subsidiya asosida motokultivator olib berildi. Bu orqali Usman oilasiga daromad olib kirmoqda.

🔍 Maʼlumot uchun, bugungi kunga qadar Ellikqalʼada 160 yoshga 317 mln so‘m subsidiyalar ajratilgan.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari” loyihasi Xorazmda!

Bizning bugungi qahramonimiz Urganch tumani Turkmanlar mahallasida istiqomat qilayotgan Ibragimov Hurmatbek.

Hurmatbek “Yoshlar daftari”
ro’yxatida turganligi sababli unga “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida 2 ming metr yer ajratilgan. Ayni vaqtga kelib hosilning yarmidan 15 million so’m atrofida foyda olishga erishdi.

👆Albatta har bir mehnatning samarasi bo’ladi, zero xalqimizda bir maqol bor “Mehnat bilan yer ko’karar, duo bilan - el”

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqi

#Mirziyoyev #nutq #konferensiya

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Iqtidorli yoshlar qanday rag'batlantirilmoqda?

MFaktorning navbatdagi ko'rsatuvi davlatning yoshlarga bo'lgan e'tibori haqida bo'lib o'tadi.

👨‍💼 Mehmonlarimiz: Azim Xolmaxmatov va Mirjalol Mirsobitov - Ta'lim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i va o'rinbosari.

Ko'rsatuvimiz davomida:
— Davlat tomonidan yoshlarga qanday e'tibor qaratilmoqda?
— Iqtidorli yoshlarni rag'batlantirish tizimi mavjudmi?
— Yoshlar o'z kuchini ko'rsatishi uchun qanday sharoitlar yaratilmoqda?
Shu kabi savollarga javob topamiz.

Jonli efir vaqti:
📆 16-iyul (bugun) 🕐 21:00 da

📝 Mavzuga oid bo'lgan va o'zingizni qiziqtirgan savollarni yozib qoldiring!

YouTubeʼdagi kanalimiz orqali jonli efirda tomosha qiling:
➡️ https://youtube.com/c/MFaktoruz

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yoshlar press klubining maxsus soni Prezident farmoni ijrosiga bag‘ishlandi

🇺🇿 “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda boshqa vazirlik mas'ul xodimlari ishtirokida yoshlar press klubi o‘tkazildi.

Yoshlar press klubinining navbatdagi sonini tez orada Yoshlar hamda O‘zbekiston 24 telekanallaridan tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi