Yoshlar ishlari agentligi
70.7K subscribers
9.76K photos
1.69K videos
7 files
4.11K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Motivatsiya va biznes darslari voha yoshlarini o‘ziga rom etdi

🔶 Yoshlar ishlari agentligi, "M-Faktor" loyihasi va “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamkorligida o’tkazilayotgan yilning eng yirik loyihalaridan biri -“Biznes Marafon” butun respublikamiz bo’ylab o’z treninglarini davom ettirmoqda. Kuni kecha Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati yoshlari uchun motivatsion biznes darslari tashkil etildi.

📍 “Biznes Marafon"ning navbatdagi manzili Samarqand shahridagi Registon maydoni.

⚡️ Samarqand yoshlari, biznesda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlardan tavsiya va maslahatlar olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Sirdaryolik yoshlar bilan do'stona uchrashuv

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev bilan sirdaryolik yoshlarning muloqoti ko‘tarinki kayfiyatda, samimiy tarzda bo'lib o'tdi.

🔶️ Uchrashuvda har bir ishtirokchining takliflari qo‘llab quvvatlangani yoshlarni ruhlantirib, kelgusi izlanishlarida turtki bo'lishiga ishonamiz.

🖼 Suhbat jarayonini suratlarda tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident matbuot xizmatining yana bir yangi loyihasi - "Mening hikoyam"

Unda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yigit-qizlar ushbu tashabbusning ular hayotida nimalarni o‘zgartirgani, qanday ko‘mak bergani haqida so‘zlaydilar.

#meninghikoyam #yoshlardaftari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Ro’yi zamin sayqalida yoshlar bilan uchrashuv

Samarqand shahrining markaziy istirohat bog‘ida O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va samarqandlik yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ochiq muloqotda 100 ga yaqin volontyorlarning taklif va mulohazalari tinglandi.

🔰 Shuningdek, Samarqand shahridagi yoshlar markazi binosida Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball to‘plagan va imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berishga tavsiya etilgan 16 nafar yoshga maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

🔶 Yoshlar rahbari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar yoshlar hayotida chin motivatsiya bo‘lishiga ishonamiz va ularni doim qo‘llab quvvatlaymiz.

Yoshlar, tayyor turing. Keyingi ochiq muloqot sizning viloyatingizda bo‘lishi mumkin!
Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Yoshlar ishlari agentligi faoliyatidagi haftaning eng muhim voqealari dayjesti bilan tanishing:

- “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi;

- “Yosh tadbirkor university” taqdimoti o‘tkazildi;

- Sirdaryo, Jizzax va Qoraqalpog‘iston yoshlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi;

- “Respublika yoshlar ovozi” festivali o‘z yakuniga yetdi;

- Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha mablag‘lar kimlarga qoplab berilishi ma‘lum bo‘ldi;

- Yoshlar parlamenti a’zolari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etildi;

-“Biznes Marafon” Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida yetib bordi.
Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
“Yosh kitobxon oila” tanlovining saralash bosqichi test sinovlari shaklida joriy yilning 19-iyun kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar barcha tuman (shahar)larda bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda 1991-2003-yillar oralig‘ida tug‘ilgan yosh oilalar ishtirok etish huquqiga ega.

Test sinovlarini kelishgan holda oilaning bir nafar vakili (er yoki xotin) topshirishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun telegram 👉 @kitobxonoila_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

“Yosh kitobxon oila” tanlovining saralash bosqichlarini o‘tkazish joylari va mas’ullar to‘g‘risida ma'lumot:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi
2. Andijon viloyati
3. Buxoro viloyati
4. Jizzax viloyati
5. Qashqadaryo viloyati
6. Navoiy viloyati
7. Namangan viloyati
8. Samarqand viloyati
9. Sirdaryo viloyati
10. Surxondaryo viloyati
11. Toshkent viloyati
12. Farg'ona viloyati
13. Xorazm viloyati
14. Toshkent shahri

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"BMT modeli" xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tdi

🌍 12-13-iyun kunlari Andijon viloyatida hozirgi dolzarb, global muammolar asnosida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida "BMT modeli" konferensiyasi o'tkazildi.

🔶 Ushbu konferensiyada yoshlar oddiy ishtirokchi sifatida emas, davlat delegatlari maqomida qatnashdi va har bir delegat avvaldan biriktirib berilgan davlat nomidan hozirgi kundagi dolzarb muammolarga yechim ishlab chiqdi.

Ushbu ishlar ya`ni rezolyutsiyalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va Jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasiga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi