Yoshlar ishlari agentligi
70.7K subscribers
9.76K photos
1.69K videos
7 files
4.11K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
🔰 Kuni kecha Nukus shahridagi Yoshlar markazida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Qoraqalpog‘istonlik yoshlar bilan ochiq muloqot qildi. Yoshlarning yangicha taklif va g’oyalar bergani o’z kelajagiga ishonchi bor farzandlarimiz borligini yana bir karra isbotladi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘istonlik faol yoshlardan biri Maxset Abdullayev kitobxonlikni rivojlantirish bo'yicha o‘z takliflarini berdi va yoshlar uchun amalga oshirgan kitobxonlik loyihalari uchun «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoniga tavsiya etildi. Shuningdek, qo‘ng‘irotlik nogironligi bor Azada Azatova o‘z muammolari bilan yuzlandi va yoshlar rahbari Azadaning davolanishi uchun amaliy yordam ko‘rsatadigan bo’ldi.

Shu kabi ochiq muloqotlar yurtimiz yoshlari uchun ertangi kunga, yangi harakatlarga turtki bo‘lishga ishonamiz!
Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Sirdaryo Yoshlari, ochiq muloqotga keling, sizni kutamiz!
🔶 12-iyun, soat 14:00 da Guliston shahridagi musiqali drama teatrida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev bilan uchrashuv bo'lib o'tadi.

🇺🇿 Uchrashuvda ishtirok etib, Sirdaryo viloyatini rivojlantirish, o‘zingizning g‘oyalaringiz va yoshlar muammolarini yechishga qaratilgan taklif va murojaatlaringizni bildiring.

Sizning g‘oya va takliflaringiz biz uchun muhim!

Telegram
sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha mablag‘lar kimlarga qoplab beriladi?

Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) qayd etgan hamda imtihon xarajatlari qoplanishi tavsiya etilgan yoshlar bilan Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni qizg‘in pallasi Alisher Sa'dullayev zaldagi va hududlardan Zoom ilovasi orqali ulangan yoshlar bilan ingliz tilida suhbat qurib, ularning savollari o‘z yechimini topishiga sababchi bo‘ldi. Go‘yoki yonib turgan yoshlarga ko'proq vaqt berilsayu uchrashuvdagi qizg'in suhbat uzoq davom etsa.

Uchrashuv so‘ngida 290 nafar imtihon xarajatlari mablag‘lari Yoshlar ishlari agentligi orqali to‘lab berilayotgan yoshlarning sertifikatlari o‘z egalariga topshirildi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yosh siyosatchilar bilimlarini oshirishmoqda

10-12 iyun sanalarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari uchun o‘quv-seminarlar o’tkazilmoqda.

3 kun davomida “Qonun ijodkorligi jarayoni va unda yoshlarning ishtiroki”, “Time management”, “BMTning Yoshlar huquqlari tog‘risidagi konvensiyasi” loyihasi togrisida, “Team Building”, “Saylov jarayonlarida xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar kuzatuvi tartiblari”, “Diplomatik etiket” mavzulari asosida seminar treninglarni tashkil etish rejalashtirgan.

Bugungi treningda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev ishtirokida master-klass tashkil etilib, “Yoshlar daftari”ga kiritish, yoshlar bilan tizimli ishlash bo'yicha raqamlashtirish dastur haqida ma’lumot berildi va yoshlar ham o`z taklif va mulohazalari bilan faol ishtirok etishdi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi