“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
25.4K subscribers
7.7K photos
3.11K videos
123 files
9.24K links
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!

Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz


✉️ https://[email protected]
☏ +998712074012
Download Telegram
#Logika

Diqqat savol!

Dunyoga mashhur Ford avtomobillari asoschisi Genri Ford o'zining avtomobil zavodlarida ayrim toifadagi ishchilarga dam olgan vaqtini hisoblab maosh to'lagan.
Genri Ford qaysi toifa ishchilarga dam olgan vaqti uchun maosh to'lagan?

Savolga birinchi bo'lib to'g'ri javob yozgan ishtirokchi Stiven Kovining "Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi" kitobi bilan taqdirlanadi!

Javoblarni izohda qoldiring.
#logika

Ford avtomobil zavodlarida XX asrning 30-yillarida avtomobilning saloni uchun ko'p miqdorda yog'och ishlatilgan. Salon bezaklari uchun yog'ochning eng sifatli qismi olinib yog'ochning ko'p qismi chiqindiga aylangan. Genri Ford ushbu chiqindi yog'ochdan samarali foydalanib daromad qilish choralarini izlaydi. Genri Fordning aql zakovati natijasida Ford brendi ostida yog'och chiqindidan tayyorlanadigan yangi mahsulot paydo bo'ladi. Ushbu mahsulot tezda xaridorgir bo'lib Ford kompaniyasiga qo'shimcha daromad keltira boshlaydi.
Ushbu mahsulot tufayli Amerikaning shaharlik aholisi o'rtasida yangi odat shakllanadi.

Diqqat savol!!! Genri Ford o'ylab topgan yangi mahsulot nomi nima va u qanday odat shakllanishiga sabab bo'lgan?

To'g'ri javobni birinchi topgan ishtirokchi Uolter Ayzeksonning "Stiv Jobs" kitobi bilan taqdirlanadi!
#logika

Karl ismli iqtidorli injener XIX asr oxirlarida o'zining ilk avtomobilini yaratadi. Karl avtomobilga buyurtma olish uchun juda ko'p harakat qiladi hattoki Parijdagi ko'rgazmalarda qatnashadi biroq birorta ham buyurtmani qo'lga kirita olmaydi. Karl omadsizlikdan chuqur iztirobga tushib o'z ixtirosini maydalab tashlamoqchi bo'ladi shunda Karlning yaqin kishilari aql bovar qilmas jasoratni amalga oshiradi. Shundan so'ng karl ko'plab buyurtmalarni olib katta zavod qurishga erishadi.

Diqqat savol!
1.Gap
qaysi avtomobil brendi haqida?
2. Jasorat ko'rsatgan kim?
3. Karlning yaqinlari qanday jasorat ko'rsatgan?

Ushbu savollarga izohda birinchi bo'lib to'g'ri javobni yozgan ishtirokchi Napoleon Hilning "O'yla va boy bo'l" kitobi bilan taqdirlanadi!!!
#logika

"Kimki axborotga egalik qilsa — U dunyoga egalik qiladi!"

Ushbu mashhur ibora muallifi Yevropada sodir bo'lgan jangda jang natijasi to'g'risidagi axborotni birinchi bo'lib olganligi sababli Birja savdolarida katta miqdorda daromad oladi.

Diqqat savol! Ushbu mashhur ibora egasi kim va bu ibora aynan qaysi jangda erishilgan natijaga nisbatan aytilgan?

Izohda birinchi bo'lib to'g'ri javob yo'llagan ishtirokchi Mark Mensonning "Beparvolikning nozik san'ati" va Robert Kiyosakining "Boy bola, aqlli bola" kitobi bilan taqdirlanadi!
#logika

1975 yilda Nestle kompnaiyasi o‘z mahsulotlari bilan Yaponiya bozoriga kirib borishga qaror qiladi. Narxning arzonligi, reklamaning kuchaytirilishiga qaramay kofe Yaponiya bozorida o‘z o‘rnini topaolmadi. Sababi choy har doim yapon xalqining milliy va an’anaviy ichimligi sifatida qadrlanar edi. Shunda Nestle kompaniyasi yapon xalqining kofega bo'lgan talabi va muhabbatini oshirishning ajoyib usulini qo'llaydi. Yillar o'tib kofega bo'lgan talab oshib boradi va Nestle Yaponiya bozorida yetakchiga aylanadi.

Diqqat savol! Nestle Yaponiya xalqini kofe iste'mol qilishga o'rgatish uchun qanday usuldan foydalanadi?

Izohda birinch bo'lib to'g'ri javobni qoldirgan ishtirokchi Brayan teysining "Samaradorlikning 21 yo'li" kitobi bilan taqdirlanadi!
#logika

Bir necha yil oldin Yevropadagi brend avtomobil ishlab chiqruvchi kompaniya Yangi yil bayrami kunlarida antiqa reklama kompaniyasini amalga oshirdi.

Ya'ni ushbu kompaniya ulkan hajmdagi avtomobilning bo'sh qutilari (korobka)ni chiqindixonalarga tarqatib chiqdi.
Ushbu holat odamlarda "Kimgadir yangi yil sovg'asi sifatida avtomobil sovg'a qilishipti va u ichidagini olib qutisini ko'сhaga chiqarib qoyipti" degan taassurotni uyg'otardi.

Diqqat savol! Gap qaysi avtomobil brendi haqida boryapti?

Savolga quyida izohda birinchi bo'lib to'g'ri javobni yozgan ishtirokchiga Stiven Kovining "Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi" kitobi taqdim etiladi!
#logika

O'tgan asrning 80-yillarida gigiyena vositalari ishlab chiqaruvchi Colgate-Palmolive kompaniyasi Colgate brendi ostida mutlaqo yangi turdagi mahsulot ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotning gigiyenik vositalarga umuman aloqasi yo'q edi. Odamlar Colgate brendi ostida faqatgina tish pastalari va gigiyena vositalarini tasavvur qilganligi uchun bu sohaga aloqasi bo'lmagan Colgate brendi ostidagi yangi mahsulotni umuman qabul qilmadi. Natijada Colgate brendi ostidagi yangi mahsulot muvaffaqiyatsizlikka uchradi va kompaniyaga kattagina ziyon keltirdi.

Diqqat savol! Yuqorida aytilgan Colgate brendi ostida chiqarilgan yangi mahsulot nomi nima edi?

*Izohda birinchi bo'lib to'g'ri javob yozgan va mahsulot rasmini yuborgan ishtirokchi Napaleon Hilning "O'yla va boy bo'l" rkitobi bilan taqdirlanadi!
#logika

2010 yilda Chilida shaxta qulashi oqibatida 33 nafar konchi 2,5 oy davomida yer ostida qolib ketadi. Bu vaqt davomida konchilarni qutqarish operatsiyasi butun dunyo OAVlari tominidan yoritib borildi. Yer ostidagi konchilarga dunyoning turli burchaklaridan gumanitar yordam yetkazib berib turildi. Quyoshdan himoyalovchi qora ko'zoynak ishlab chiqarivchi kompaniya o'zining eng qimmat (donasi 180$) bo'lgan ko'zoynaklarini xayriya sifatida 33 nafar konchilarga yetkazib berdi. Bu bilan ushbu kompaniya o'z brendini mashhur qilish uchun bepul reklama aktsiyasini o'tkazishni rejalashtirgan edi. Natija kutilganidan a'lo bo'ldi.

Diqqat savol! Ushbu kompaniya nima maqsadda konchilarga qora ko'zoynak yetkazib berdi, kutilgan natija qanday edi, ushbu brend nomi nima?

*Savollarga birinchi bo'lib to'g'ri javob yuborgan ishtirokchi Mark Mensonning "Beparbolikning nozik san'ati" kitobi va Brayan Treysining "Samaradorlikning 21 yo'li" kitobi bilan taqdirlanadi!