Yashnobod tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба Яшнабадского районного хокимията
5.39K subscribers
22.1K photos
1.72K videos
5.78K links
Yashnobod tuman hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali/Официальный телеграм канал пресс-службы Яшнабадского хокимията
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев ер муносабатларини такомиллаштириш масалалари юзасидан йиғилиш ўтказди.
Унда ер соҳасидаги қонунчилик бўйича мавжуд аҳвол ва илғор хорижий тажрибани ўрганиш асосида ишлаб чиқилган таклифлар кўриб чиқилди.
Ер ажратилиши ва ундан фойдаланилиши устидан назорат механизмларини такомиллаштиришга алоҳида эътибор қаратилди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам совершенствования земельных отношений.
На совещании рассмотрены предложения, разработанные на основе изучения текущей ситуации и передового зарубежного опыта в области земельного законодательства.
Обсуждены также вопросы совершенствования механизмов контроля за землепользованием.

#Mirziyoyev #yigilish #yer #yangitizim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев ерларни аукцион орқали сотишни соддалаштиришга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по упрощению продажи земельных участков с аукциона.

#Mirziyoyev #taqdimot #yer #auksion

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #maqola
YASHNOBOD TUMANIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi boshlig‘i Farrux Urazovning “Davrnews” internet nashrida yer nazorati yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi.

💻 Unda qayd etilishicha, 2023-yilda Yashnobod tumani bo‘yicha aholi yashash manzillarida 217 ta holatda yer maydonlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

👉 Batafsil: “Davrnews” maqolasida

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬

OGOH BO’LING!
Har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham kuchli
‼️

😄Davlatimiz Rahbari raisligida 2023-yil 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada 2 million 400 mingdan ortiq xonadonning egalik hujjati yo‘qligi, ularning kadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘lishi ta’kidlanib, hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

❗️Ammo hali qonun qabul qilinmagan bo‘lsada, hujjat qilib olish umidida ayrim fuqarolar tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish qilish holatlari kuzatilmoqda.

Batafsil video lavhada.

#kadastr #ijtimoiy_rolik #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #Ishchi_guruh #yer_nazorati #Yashnobod
QISHLOQ XO‘JALIGI YER MAYDONLARI XATLOVDAN O‘TKAZILMODA

⬜️ Xabaringiz bor, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar rahbar vakillaridan iborat Ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

⬜️ Yashnobod tumanidagi kompleks yer nazorati tadbirlari “Tashisti” MFYda ham o‘tkazilmoqda. Mutaxassislar tomonidan ushbu mahalla hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yer maydonlarining foydalanish ahvoli o‘rganilib, xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

⬜️ Eslatib o‘tamiz, sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #noqonuniy_qurilma #Yashnobod #Shayxontohur
NOQONUNIY QURILMALAR BARTARAF ETILMOQDA

⬜️ Xabaringiz bor, Toshkent shahrida tartibsiz, yagona uslubsiz va koʻp hollarda tegishli shahar xizmatlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalarsiz qurilgan binolarni demontaj qilish ishlari davom etmoqda.

🔷 Hurmatli poytaxtimiz fuqarolari va tadbirkorlari!

👉 Siz yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish orqali o‘zingizni turli asabbuzarlik, ovoragarchilik, ortiqcha xarajat, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan asraysiz.

⚠️ Unutmang, har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham shunga yarasha kuchli boʻladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #muhim_sana #Yer_kuni #tabrik
22-APREL – BUTUNJAHON YER KUNI

🌏 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" bayrami bilan samimiy qutlaydi.

🇺🇿 Aziz vatandoshlar!

🌳 Tabiatga ozor bermaslik, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, yashash manzilimizni pokiza tutish – bu har birimiz uddalay oladigan oddiy, shu bilan birga umumiy zamin manfaati uchun g‘oyat muhim bo‘lgan vazifalardir. Bu bizning nafaqat o‘zimiz uchun, balki kelgusi avlodlar uchun ham qiladigan eng katta xizmatimiz bo‘ladi.

🌎 Keling, atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish, Yerdan to‘g‘ri hamda oqilona foydalanish, saxovatli zaminimizga ziyon yetkazmay, uni salbiy ta’sirlardan muhofaza qilishda har birimiz namuna bo‘laylik!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati
O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN UY VA IMORATLAR AYOVSIZ BUZILADI

- Hujjati yo‘q uylarga kadastr hujjatlarini qilib berish boshlanishi haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin ayrim “uddaburonlar” tezkorlik bilan imorat qurib olib, “bu uyni 5-10 yil oldin qurganman deb iddao qilsam hujjatlashtirib olaman” deb o‘ylashi natijasida hududlarda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, qurilish qilayotganlar ham uchramoqda.

🏢 Bu haqida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev ma’lum qildi.

👉 Uyim buzilmasin desangiz ushbu maqolani albatta o‘qing!!! 👈

⚠️ Eslatib o‘tamiz, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik, u yerga noqonuniy qurilmani amalga oshirganlik uchun qonunchilikda Ma’muriy javobgarlikdan, Jinoiy javobgarlikkacha choralar belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #tv
TOSHKENT SHAHRIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI OAV NIGOHIDA

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Yashnobod tumanida zamonaviy texnologiyalar yordamida kuchaytirilgan tartibda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari "Mening yurtim" telekanalining "Markaziy studiya" informatsion dasturi orqali yoritildi.

⚠️ Shu o‘rinda muhim eslatma!

◻️ Sugʼoriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda oʼzboshimchalik bilan egallab olish;

◻️ Bazaviy hisoblash miqdorining toʼrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #yer_nazorati #Yashnobod #ochiq_muloqot
YER NAZORATIDA HAMKORLIK MUHIM

⭐️Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yer munosabatlarini tartibga solish, yerga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida aholi vakillari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

📍 Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Yashnobod tumani “Yosh avlod” MFYda tashkil etildi.

◾️Unda boshqarmaning Yashnobod tumani bo‘limi boshlig‘i A.To‘lqinov, bo‘lim bosh inspektori O.Rustambekov tomonidan yer – strategik jihatdan eng muhim tabiiy resurslardan biri ekanligi, har bir qarich yerning hisobi borligi, qonunchilikda yerqonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan jismoniy va yuridik shaxslar uchun jazo muqarrarligi qat’iy belgilanganligi alohida ta’kidlandi.

◾️Yerlardan maqsadli va samarali foydalanishda jamoatchilik nazoratining o‘rni muhimligi qayd etilib, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olishning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

◾️Savol-javob tarzida o‘tgan uchrashuv davomida shuningdek, 🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va unda aholiga yaratilgan imkoniyatlar haqida ham ma'lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TARG‘IBOT TADBIRLARI SAMARA BERMOQDA

◾️Xabaringiz bor, yaqinda ⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan yerga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olishning huquqiy oqibatlari haqida aholini yanada xabardor qilish maqsadida “Yosh avlod” MFYda targ‘ibot uchrashuvi tashkil qilingan edi.

📍 Ushbu manzilda o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida Uysozlar mavzesi, 17/1, 17/2 hamda 17/3 ko‘p xonadonli uylar oldida fuqarolar tomonidan 0,21 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanib, 994 kv.m yer maydonida hujjatsiz qurilmalar qurilganligi aniqlandi.

📃 Holat yuzasidan qonunchilikka muvofiq o‘zboshimcha egallangan yer maydonini belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berildi.

Olib borilgan targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish ishlari natijasi o‘laroq bugungi kunda mavjud noqonuniy qurilmalar fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonining davlat zaxirasiga qaytarilishi ta’minlanmoqda.

#Kadastr #yer_nazorati #Yashnobod

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

HAR BIR QARICH YERNING HISOBI BOR!

⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan tumanning “Yosh avlod” MFY hududida yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

📍 Ushbu manzildagi yer nazorati tadbirlari vaqtida Uysozlar mavzesi, 17/2 ko‘p xonadonli uy oldida 110 kv.m yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanib, 50 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlandi.

📃 Shundan so‘ng fuqaroga yer qonunbuzilishining huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Natijada noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o‘zida ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarildi.

#Kadastr #yer_nazorati #Yashnobod

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM