Yashnobod tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба Яшнабадского районного хокимията
5.25K subscribers
22.2K photos
1.72K videos
5.8K links
Yashnobod tuman hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali/Официальный телеграм канал пресс-службы Яшнабадского хокимията
Download Telegram
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #Ishchi_guruh #yer_nazorati #Yashnobod
QISHLOQ XO‘JALIGI YER MAYDONLARI XATLOVDAN O‘TKAZILMODA

⬜️ Xabaringiz bor, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar rahbar vakillaridan iborat Ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

⬜️ Yashnobod tumanidagi kompleks yer nazorati tadbirlari “Tashisti” MFYda ham o‘tkazilmoqda. Mutaxassislar tomonidan ushbu mahalla hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yer maydonlarining foydalanish ahvoli o‘rganilib, xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

⬜️ Eslatib o‘tamiz, sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube