Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.51K subscribers
27.4K photos
3.41K videos
87 files
11.6K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
#onlayn

Bugun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "O'zbekiston uchun 100 g'oya" Respublika tanlovining final bosqichi o‘tkazilmoqda.

Quvonarlisi shuki koʻrib turgan yoshlaringiz orasida Yangiyo‘l tumanining lider yoshlaridan biri Sarvinoz Sobirjonova ham Respublika bosqichida ishtirok etmoqda.

Sarvinoz Sobirjonovaga Yangiyo‘l yoshlari nomidan omad tilaymiz.

✍️ Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизмати

https://t.iss.one/yangiyul_tuman
#onlayn

Ayni paytda Yangiyo‘l tumanining Vatan mahallasida Yoshlar forumi doirasida 3-sektor hududidagi mahalla jamoalari o‘rtasida futdbol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

✍️ Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизмати

https://t.iss.one/yangiyul_tuman
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn
#OTALAR_KUNI

⚡️Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanidagi barcha umumta’lim maktablari 8-11-sinf o‘quvchilarining otalari bilan "OTALAR KUNI" tadbiri o'tkazilmoqda.

Tadbirga tashrif buyurgan otalar maktab ma'muriyati tomonidan tayyorlangan rasmlar tanlovi, insho va so'rovnomalarda faol ishtirok etishmoqda.
Ko'taranki kayfiyat baxsh etgan bu tadbirda "ENG NAMUNALI OTA", "IBRATLI OTA" tanlovlari e'lon qilindi va faol ishtirok etgan otalarga tuman hokimligi va Xalq ta'limi bo'limi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

📌Bugungi bayram tadbirlarimiz Yangiyo'l tumanining barcha umumiy o'rta ta'lim maktablarida davom etmoqda.

✍️ Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизмати

https://t.iss.one/yangiyul_tuman
#onlayn
#agramarafon

Yangiyo‘l tumanining faol yoshlari Quyichirchiq tumanida "Yoshlar forumi" doirasida tashkil etillyotgan "Respublika Agramarafon" loyixasining yakuniy bosqichida ishtirok etish uchun yo‘lga chiqishdi.

✍️ Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизмати

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#Onlayn
#Olimpiada

🎓O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2022-yil 23-noyabrdagi 02-02/2-2652-sonli xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarorida keltirilgan topshiriqlarni ijrosini ta'minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

📍 Yangiyo‘l tumani Xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 45-umumiy o‘rta ta'lim maktabida umumta'lim maktablarining 7-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning tuman bosqichi ayni damda o‘tkazilmoqda.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
#Jarayon
#Onlayn

⚡️ Erta tongdan Yangiyo‘l tumani hokimi U.Yalgashev rahbarligida aholiga qulaylik yaratish maqsadida tuman hududidagi piyodalar yo‘lakchalarini hamda yo‘llarni qor va muzlamalardan tozalash ishlari boshlandi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
#xorijiy_tajriba
#onlayn_seminar

Joriy yilning 21-25-avgust kunlari mahallalardagi hokim yordamchilari uchun “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha Xitoy tajribasi” mavzusiga bagʻishlangan onlayn seminar oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, bugun Yangiyoʻl tumanidagi 64 ta mahallaga biriktirilgan hokim yordamchilari ishtirokida seminarning birinchi kun dasturidan oʻrin olgan maʼruzalar boshlandi.

Oʻquv seminari davomida Xitoyning kambagʻallikni qisqartirish va rivojlanish borasidagi tarixi, yutuqlari va tajribasi, maqsadli kambagʻallikni qisqartirish va unga qarshi kurashish strategiyalari, Xitoyning rivojlanayotgan sanoat tarmoqlari orqali kambagʻallikka qarshi kurashish amaliyotlari yuzasidan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.

Bundan tashqari, seminar dasturi davomida qishloq hududlarida bandlikni taʼminlash orqali kambagʻallikni qisqartirish, bogʻdorchilik, chorvachilik, hunarmandchilikni rivojlantirish masalalariga ham alohida toʻxtalib oʻtilishi koʻzda tutilgan.

Kanalga a’zo boʻlish 👈