Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.59K subscribers
28.5K photos
3.52K videos
95 files
11.9K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
2025-yil hosili uchun Yangiyo‘l tumanida 1800 gektar maydonga kartoshka ekiladi

Yangiyo‘l tumani hokimining 2025-yil 23 iyundagi “Tumanda 2025-yil hosili uchun ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarga takroriy ekiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish to‘g‘risida”gi 173-10-146-Q/25-sonli qaroriga asosan, joriy yilda tumanda jami 6 403 gektar maydonda takroriy ekinlar joylashtirilishi belgilandi.

Shundan:

6 052 gektar – g‘alladan bo‘shaydigan,
351 gektar – ertaki ekinlardan bo‘shaydigan maydonlardir.

Ekiladigan ekinlar tuzilishi quyidagicha:
Sabzavot – 2 122 gektar
Poliz – 51 gektar
Kartoshka – 1 800 gektar
Dukkakli ekinlar – 726 gektar
Ozuqa ekinlari – 1 704 gektar

Jumladan, 306 ta fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 374 ta konturdagi 1 800 gektar maydonda kartoshka ekish rejalashtirilgan. Buning uchun 2 400 tonna urug‘lik kartoshka talab etiladi.

➡️ Batafsil bu yerda

Kanalga a’zo boʻlish 👈
👍2
#Tashabbus

Yangiyo‘ldan pomidor qoqi Italiyaga eksport qilinadi

Yangiyo‘l tumani Sho‘ralisoy qishlog‘ida Italiya uslubida pomidor qoqilash ishlari olib borilmoqda.

Pomidor qoqilari “Yangiyo‘l agrostar” MCHJ tomonidan tayyorlanmoqda. Ma’lumot uchun, tumanda 2024 - yilda 2,8 ming gektar yer maydonida pomidor, bulg‘or qalampiri, ko‘kat yetishtirilgan, 2025 - yilda esa 4,7 ming gektarda yetishtirish qayta tasdiqlandi va ekilishi ta’minlandi.

Joriy yil Italiyaning “AREAFREDDA SRL” korxonasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolangan. Loyihani amalga oshirish maqsadida Yangiyo‘l tumanida bo‘sh turgan yer maydonida quritish uchun joy tanlab olingan va mutaxassislar tomonidan ishchilarga qoqi tayyorlash o‘rgatildi.

2 gektar yer maydonida qoqini quritish stollari yasalib, 130 tonna pomidor qoqi uchun kesib yoyildi. Hozirda tayyor xolatga keltirilgan 4,5 tonna qoqi mahsuloti muzxona omborlarida saqlanmoqda. Mavsum yakuniga qadar 2300 tonna pomidor maxsulotini tabiiy usulda Italiya texnologiyasi asosida quritish va Italiyaga 200 tonnadan ortiq pomidor qoqisini eksport qilish rejalashtirilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1
DIQQAT, SAYYOR QABUL O‘TKAZILADI!

🔖 Yangiyo‘l tumani hokimi Ataullayev Odiljon Kasimovichning bugun 1-avgust kuni navbatdagi sayyor qabuli Ahil mahallasida o‘tkaziladi.

🛣 Manzil: 5-sonli musiqa maktabi

🕰 Boshlanish vaqti soat 11:30 da

📝 Qabulda hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etadi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Obod mahallasi ahillikda charog‘onlikka erishmoqda!

Yangiyo‘l tumani Obod mahalla aholisi birdamlik va tashabbus bilan uzoq yillardan buyon dolzarb bo‘lib kelayotgan muammoni ijobiy hal etishdi. Aholi soni va elektr iste’molining ortishi natijasida mahallada elektr quvvati yetarli emas edi.

Masalani o‘rganib chiqqan mahalla ahli birlashib, kuni kecha 250 KVA quvvatga ega yangi transformatorni olib kelishdi.

O‘rnatish ishlarida tuman hokimligi va tegishli masʼullar amaliy ko‘mak berdi.

Ushbu transformator Amir Temur ko‘chasidagi 100 ta xonadonni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Shuningdek, homiylik yordamida Obod mahallasiga yana bir quvvati 250 KVA bo‘lgan qo‘shimcha transformator olib kelinishi kutilmoqda.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍2
#Sayyor_qabul

Bugun Yangiyo‘l tumani hokimi Odiljon Ataullayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.

Muammo, taklif va murojaatlari bilan kelgan 35 nafar fuqarolar bilan suhbatlashib har bir masalasi o‘rganib chiqildi.

Sohalar kesimida rahbarlarga murojaatlar yo‘naltirilib, ijrosi haqida ma’lumot taqdim etilishi yuzasidan tuman hokimi ta’kidlab o‘tildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#rasmiy

TAYINLOV

💼 Aminov Umid Mirzayevich Yangiyo‘l tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

📝 U.Aminov 1983-yilda Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.

📌 U.Aminov tayinlovga qadar Yangiyo‘l tumani 1-son politexnikumida direktor lavozimida faoliyat yuritgan.
 
  📲 Murojaat uchun link https://t.iss.one/UmidAminov1983

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍4👏1
TADBIRKORLAR VA ISHBILARMONLAR DIQQATIGA!

Yangiyo‘l tumani hokimi Odiljon Kasimovich Ataullayev tadbirkorlar va ishbilarmon fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.

📍 Manzil: Yangiyo‘l tumani Gulbahor shaharchasida joylashgan yangidan barpo etilgan Gulbahor savdo majmuasi

📅 Sana: 2025-yil 2-avgust
🕚 Vaqti: 11:00

Ushbu uchrashuvda mavjud imkoniyatlar, tadbirkorlikni rivojlantirishga doir tashabbuslar va yangi shart-sharoitlar muhokama qilinadi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida bo‘lgan fermerlar, tomorqa yer egalari va kichik ishlab chiqarish sexlari uchun ham muhim ma’lumotlar taqdim etiladi.

🎯 Muloqot — erkin, ochiq va har bir taklif inobatga olinadigan maydon!

📢 Ishtirok eting, o‘z imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang!

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍1