Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.5K subscribers
27.7K photos
3.43K videos
88 files
11.7K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
#Ijro

Qishloq xoʻjaligi sohasida Yangiyoʻl tajribasi oʻrganildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan sessiyasida bergan topshiriqlari boʻyicha 67-sonli yigʻilish bayoni 32-bandi ijrosini tashkil etish yuzasidan Zangiota va Yangiyoʻl tumanlarining aholi tomorqasini rivojlantirishdagi tajribalarini Boʻka, Boʻstonliq, Oqqoʻrgʻon, Quyichirchiq va Ohangaron tumanlarida joriy etish maqsadida Yangiyoʻl tumaniga Boʻka, Ohangaron, Boʻstonliq, Bekobod tumanlarining usta dehqonlari, mahalla raislari, mahallaga biriktirilgan hokim yordamchilari va agranomlar kelishdi.

Tuman hududidagi Gʻalaba va Guliston mahallalarida aholi issiqxonalari va tomorqalarida yetishtirilayotgan mahsulotlarni hamda hosildorliklarini oʻrganib, oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan oʻrtoqlashib, Yangiyoʻl tuman tajribasini oʻrganib ketishdi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati