Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.53K subscribers
27.9K photos
3.45K videos
90 files
11.7K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FVB_OGOHLANTIRADI

Hurmatli fuqarolar, xonadoningizdagi gaz jixozlaridan foydalanish davrida xavfsizlik qoidalariga rioya qiling;

➡️elektr va isitish qurilamalarini nazoratsiz qoldirmang;

➡️voyaga yetmagan farzandlaringizni gugurt yoki pirotexnika vositalari bilan oʻynashlariga aslo yoʻl qoʻymang;

➡️turli xildagi chiqindilarni, xazonni yoqish yoʻli bilan tozalamang;

➡️aholi koʻp yigʻiladigan jamoat maskanlarida, avtomobllardan hamda yashash uylaringizda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmang.

Favqulodda vaziyat (yongʻin, avariya va boshqa koʻngilsiz xodisalar) sodir boʻlganda zudlik bilan 101 yoki 1050 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
#FVB_OGOHLANTIRADI

"Botulizm" kasalligidan saqlaning!!!

Mazkur kasallikni oldini olish uchun quyidagi oddiy qoidalarga qat’iy rioya qilishningiz shart:

1. Bozorlarda va aholi gavjum boʻladigan joylarda fuqarolar tomonidan uy sharoitlarida tayyorlanib, noqonuniy ravishda sotilayotgan, sifati kafolatlanmagan dudlangan goʻsht va baliqlarni hamda sabzavot-meva konserva mahsulotlarini xarid qilmang. Shaxsiy xonadonlarda tayyorlangan bu kabi mahsulotlar kasallik keltirib chiqarishi mumkinligini unutmang;

2. Oziq-ovqat doʻkonidan goʻsht, baliq, qoʻziqorin va sabzavot-meva konserva mahsulotlarini hamda dudlangan goʻsht va baliq mahsulotlarini xarid qilishdan oldin ushbu mahsulotlarning yorliqlari va muvofiqlik sertifikatlari borligiga e’tibor bering;

3. Doʻkonlar va bozorlardan saqlash muddatlari oʻtgan, yorliqlari yoʻq, idishlarining butunligi buzilgan, qopqoqlari shishgan, hamda muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan konserva mahsulotlarini aslo xarid qilmang;

4. Oʻzingizda yoki yaqinlaringizda kasallikning yuqorida qayd etib oʻtilgan alomatlarini sezsangiz, zudlik bilan eng yaqin tibbiy muassasaga murojaat etishni unutmang.

Shifoxonada oʻz vaqtida koʻrsatilgan malakali tibbiy yordam bemorning sogʻayib ketishiga imkon beradi.

A.Xamdamov Yangiyo'l tuman FVB boshligʻining oʻrinbosari, mayor

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
#FVB_ogohlantiradi

BOTULIZM XAVFLI KASALLIK.

Aholi o‘rtasida xonadon sharoitida tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida ovqatdan zaharlanish – botulizm kasalligi uchraydi.

Botulizm kasalligiga chalinmaslik va uning oldini olish uchun uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilmaslik, ko‘cha-ko‘ydan va turli xildagi savdo majmualaridan konserva mahsulotlarini sotib olmaslik muhim hisoblanadi.

Har qanday kasalliklar kabi, botulizmning oldini olish ham insonning o‘z qo‘lida.

Botulizm kasalligiga chalinmaslik va uning oldini olish uchun qoidalarga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#FVB_ogohlantiradi
#DIQQAT_SOVUQ_KUNLAR

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 1-5 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq havo massasi kirib keladi.

3-5 dekabrga,
O'zbekiston hududining katta qismida havo harorati kechalari 4-7 sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3 daraja iliqgacha, yurtimizning shimoliy viloyatlarida kechalari 10-13 sovuqgacha, kunduz kunlari 4-7 daraja sovuqgacha pasayadi.

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, gaz- havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishni so‘rab qoladi:

- nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yo‘riqnomasidan foydalaning;
- isitish pechlari va ular dudburonlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini ko‘zdan kechiring va dudburon orqali havo tortish kuchiga alohida ahamiyat qarating;
- xonani vaqti-vaqti bilan shamollating va shamollatish kanallariga alohida e’tibor qarating;
- isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;
- tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;
- isitish pechlarining dudburonlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o‘rnatilishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishing;
- gaz uskunalarini ulash bo‘yicha tartib-qoidalarga rioya qiling;
- yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmang.

Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni turli baxtsiz hodisalar va yong‘indan asrab qolgan bo‘lasiz.

Yangiyo‘l tumani FVB boshlig‘i o‘rinbosari mayor Adxam Xamdamov.
#FVB_ogohlantiradi

O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, joriy yilning 9-yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.

🌨9-11 yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli shamol bo‘ladi.

❄️9-10 yanvarda baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 10-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17 sovuqgacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqgacha; shimolda kechalari 17-22 sovuqgacha, Usturtda va cho‘l hududlarda baʼzi joylarda 25-27 sovuqgacha, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqgacha pasayadi. Yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.

‼️Shu o‘rinda Yangiyo‘l tumani hokimligi hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi aholidan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini hamda gaz va elektr taʼminoti masalalari yuzasidan muammolar yuzaga kelganda TEZKOR SHTABga, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda ☎️101☎️ 70 601 00 01 navbatchilik qismiga yoki❗️1050❗️ qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘raydi.

Shuningdek, kuchli shamol vaqtida avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.

YANGIYO‘L TUMANI FVB.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#FVB_ogohlantiradi

🌪 Kechadan boshlab yaqin 3 kun davomida Oʻzbekistonda kuchli shamol boʻlishi va yomgʻir yogʻishi kutilmoqda.

Oʻzgidromet ma’lumotlariga koʻra, 7 yanvardan boshlab Toshkent(shahri va viloyat hududlari)da  kuchli shamol va yogʻingarchilik kutilmoqda.

Hurmatli yangiyoʻliklar, sizlardan ushbu ob-havo sharoitida transport vositalaringizni daraxtlar ostidan, kerakli buyumlarni xavfsiz joyga olishingiz soʻrab qolamiz.

👉Yaqinlaringizni ham ogohlantiring!!!

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site