Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.29K subscribers
25.5K photos
3.2K videos
72 files
10.9K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
#iftorlik

Yangiyoʻl tumani mahallalarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan fuqarolar uchun iftorlik dasturxonlarini yozish tadbirlari davom etmoqda.

Shu kungacha tumandagi 64 ta mahalladan 61 tasida iftorlik dasturxonlari yozildi.

Kuni kecha boʻlsa Madaniyat mahalla aholisi uchun iftorlik dasturxonlari tayyorlandi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Yangiyoʻl tumani "Yoshlik" MFY xotin-qizlar faoli Muazzam Abduxoliqova:- "Jamiyatimizdagi siyosiy oʻzgarishlarga men befarq emasman. Bugungi kunda har bir xotin-qizlar oʻz haq-huquqiga ega".

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi: Yangiyo‘l tumanida 118 ta ko‘p kvartirali uylarga “Mumtoz Servis Yangiyo‘l tumani” boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatib kelmoqda (Foto)
__

Тошкент вилояти Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бошқармаси: Янгийўл туманида 118 та кўп квартирали уйларга “Mumtoz Servis Yangiyo‘l tumani” бошқарув сервис компанияси хизмат кўрсатиб келмоқда (Фото)

🌐 www.toshvil-jko.uz

|web-sayt |facebook |telegram |Youtube |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OAV nigohida

Toshkent viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari Abduhamid Kamilov rahbarligida Yangiyoʻl tumani Chang tepa mahallasidagi 2-son kasb-hunar maktabida sayyor qabul, tibbiy koʻrik va boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkalari oʻtkazildi.

Sayyor qabulda Yangiyoʻl tumani sektor rahbarlari ham ishtirok etib, fuqarolar murojaatlari va takliflarini qabul qilishdi.

Bu haqda batafsil "Nurafshon TV" telekanali lavhasida yoritilgan.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#Xorijiy_tillar_tanlovi
#natijalar

📚O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarorlari asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 03.04.2023 yildagi 79-sonli hamda Toshkent viloyati MMTBning 10.04.2023 yildagi 33-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiyo‘l tumanida o'tkazilgan "Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

🔷Ushbu tanlov natijasiga koʻra

🥇1-oʻrinni egallagan 27-maktab jamoasi 100 000 000 soʻm pul mukofoti,

🥈2-oʻrinni egallagan 48-maktab jamoasi 75 000 000 soʻm pul mukofoti,

🥉3-oʻrinni egallagan 53-maktab jamoasi 50 000 000 soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
#rasman

Ramazon hayiti munosabati bilan oʻzbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.

Qarorga koʻra,

Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel – juma kuniga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2023-yil 21-aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Aholining Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olishi va yuksak saviyada oʻtkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2023-yil 24-aprel (dushanba) kuni ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.

Shuningdek, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 22-aprel kuni dam olish kuni sifatida belgilandi.

✉️Telegram 🌐Website  🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
https://youtu.be/QSQX5GAHFaQ

Tezkor vaziyatlada doim shay xolatda boʻlish kerak

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2023-yil 17-aprel kunidagi 2/8-1376 sonli koʻrsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 20-aprel kuni Yangiyoʻl tumanida favqulodda vaziyatlar davlat quyi tuzilmalarining kuch va vositalari saf koʻrigidan oʻtkazildi.

Unda tuzilmalarni kechiktirib boʻlmas maxsus vazifalarni bajarishga tayyorgarlik xolati koʻzdan kechirildi.

Tadbirda tuman FVB boshligʻi podpolkovnik S.Islomov soʻzga chiqib, oldimizda turgan muxim tadbirlarni xavfsiz oʻtkazish, yigʻma otryadlarning doimiy shay xolda boʻlishlari, mavsum oldidan insonlarni suvda choʻkish bilan bogʻliq koʻngilsiz xodisalarni oldini olish, favqulodda xolatlarda tezkor vazifalarni amalga oshirish borasida tavsiyalarini berdi.

Bu kabi tadbirlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad, fuqarolarni muhofaza qilish ishlari samaradorligini oshirish, tabbiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga yoʻl qoʻymaslik, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan talofatlar zararlarni imkon qadar kamaytirishga qaratilgan.

Kanalga a’zo boʻlish 👈
Onlayn

Har bir yangilanish xalq manfaatlari uchun xizmat qiladi

Yangiyoʻl tumani Samarqand mahallasining "Oq tom" koʻchasida 800 metr masofadagi ichki yoʻllari Toshkent viloyati hokimligining zahira mablagʻlari hisobidan ayni damda betonlashtirilmoqda.

Bundan biroz fursat oldin aynan mazkur mahallaning "Shodlik 1" koʻchasi 565 metr, "Navroʻz" koʻchasi 100 metr, "Mustaqillik" koʻchasi 916 metr, "Yangi hayot" koʻchasiga 590 metr beton qoplamasi yotqizildi.

Samarqand mahallasining ichki koʻchalari jami boʻlib 2971 metr masofasi betonlashtirilib, aholi farovonligi uchun xizmat qilmoqda.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Media-tur

Yangiyo'l tumaniga 57 mlrd mablag' ajratildi

Bu haqda batafsil "Renessans tv" telekanalining "Ovoza news" dasturida yoritilgan.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi turizm ob’yekti ish boshladi

Yangiyoʻl tumani Registon mahallasidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻli yoqasida "O"TAU" nomli umumiy qiymati 1,2 mlrd. soʻmlik ovqatlanish shaxobchasi ish boshladi.

Xalqimizning boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi mazkur manzilda 10 ta ish o'rinlari yaratilib, oilaviy xordiq chiqarish, xamyonbop va sifatli, ozoda ovqatlanish imkoniyati mavjud.

Ochilish tadbiri davomida ovqatlanish shaxobchasida mahalla ahliga iftorlik dasturxoni yozildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site