Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.28K subscribers
25.5K photos
3.2K videos
72 files
10.9K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
Xalq manfaatlari yoʻlida xizmat qilish - oliy burch!

Yangiyoʻl tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari podpolkovnik R.Abdusamatov rahbarligida oʻtkazilgan sayyor qabullarda fuqarolarning muammolari tinglanib, ijobiy hal etish choralari koʻrib borilmoqda.

Jumladan, sogʻligʻini tiklash uchun moddiy yordam soʻrab murojaat etgan 5 nafar bemor fuqarolarning har biriga 10 mln 568 ming soʻmdan jami 53 mln soʻm moddiy yordamlar homiylar biriktirilib IIB xodimlari ishtirokida yetkazib berildi.

Shuningdek, Ozod mahallasi "Yangi hayot" koʻchasida yashovchi, boquvchisini yoʻqotgan A.Xusniddinovning muammolari ham yaqindan oʻrganildi.

Sektor rahbari A.Xusniddinov bilan bozor rastalariga borib zaruriy kiyim boshlar va oʻquv qurollarini olib berdi.

Ijobiy natijalarda davom etamiz. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 4 ta oilaga homiylar koʻmagida 4 bosh qoʻy yetkazib berildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar

Yoshlar daftari imkoniyatlar daftari

Yangiyoʻl tumanida 2023-yilda "Yoshlar daftari"ga 264 nafar yoshlar kiritilib, shularning 217 nafariga 1-chorak yakunigacha amaliy koʻmak koʻrsatildi.

Shu qatorda kuni kecha Guliston, Xonqoʻrgʻon, Xalqobod, Dehqonobod, Registon, Mingbuloq, M.Ulugʻbek, Xoʻjaobod, Darxon, Saxovat, Bunyodkor, Yoshlik va Ahil mahallalaridagi jami 25 nafar yoshlarga "Yoshlar daftari jamgʻarmasi" tomonidan har biriga tikuv moshinalari berildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
https://youtu.be/uc8ls11ENfU

Media-tur

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida Yangiyoʻl tumanida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida media-tur tashkil etildi.

Dastlab, Yangiyoʻl tumani sektor rahbarlari ishtirokida mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi.

Shundan soʻng, Navbahor va Namuna mahalla binolarining ochilish tadbirlari oʻtkazildi.

Shu oʻrinda eslatma, tumanda 64 ta mahalla boʻlib, ularning 18 tasi oʻz binosiga ega emas edi. PQ-408-son qarorga muvofiq 15 ta mahalla binosi qurildi. Qolgan 3 ta mahallaga kelasi yil bino qurish ishlari rejalashtirilmoqda.

Navbatdagi manzil Koʻkalamzor mahallasida tortilayotgan oqava suvi quvurlari loyihasi boʻlib, ushbu jarayon uchun bir yarim milliard soʻm mablagʻ ajratilgan. Loyiha ishga tushirilgach Navbahor (2970 nafar aholi) Gulbahor (2857 nafar aholi) va Koʻkalamzor (4589 nafar aholi) mahallasidagi jami boʻlib 10 416 nafar aholiga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.

Xoʻsh, nima uchun bu manzilga oqava suvi quvurlarini yotqizish kerak, degan savolga quyidagicha javob beramiz. Oʻtgan yillar mobaynida Gulbahor shaharchasi markazlashgandan soʻng korxona va tashkilotlar ish boshladi, aholi soni hamda koʻp qavatli uy-joylarning oshganligi sababli ushbu quvurlar (kanalizatsiya)ga ehtiyoj ortib bordi.

Kun tartibidagi keyingi manzil Farovon mahallasidagi 600 metr masofada yotqizilgan asfalt boʻlib, Niyozbosh hududining markaziy koʻchasi hisoblanadi. Hozirda 8 ta mahallaga mazkur yo'l (Namuna, Farovon, Guliston, Binokor, Madaniyat, Boʻston, Gulbogʻ va Paxta mahallalariga) xizmat qiladi.

Qarorga binoan Qirsadoq mahallasidagi xonadonlarga toza ichimlik suvi olib kirilganligi va Baytish mahallasiga olib kelingan quvvati 250 kVA transformator va 72 ta temir beton ustunlarni oʻrnatish jarayonlarini koʻzdan kechirgan jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Media-tur davomida 20 dan ziyod jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Onlayn

Yangiyoʻl tumani Gulbahor shaharchasidagi yangidan qurilgan 3 ta koʻp qavatli uylarning kadastr xujjatlarini topshirish jarayonlari hamda 6 nafar bolajonlarning sunnat toʻylari ayni damda boshlanish arafasida.

Tadbir Toshkent viloyati prokurorining tashabbusi bilan tashkillashtirildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Onlayn

Yangiyoʻl tumani Gulbahor shaharchasining Gulbahor mahallasidagi qoʻshaloq tantanalar davom etmoqda.

Toshkent viloyati prokurori Sh.Rahimov tashabbusi bilan bugun mazkur manzildagi 72 ta xonadonning kadastr xujjatlari, 6 nafar bolajonlarning sunnat toʻylari, "Yoshlar daftari"da roʻyxatlari boʻlgan 2 nafar yoshlarga subsidiya asosida tikuv moshinalari berildi.

Tadbirga bayramona kayfiyat bagʻishlash maqsadida taniqli xonandalar ijrosidagi konsert dasturi ham oʻtkazilmoqda.

Tadbir jarayonlari toʻgʻridan-toʻgʻri facebook sahifamizda.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Onlayn

Transport, yoʻl va kapital qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi oʻrinbosari B.Sultonov va Yangiyoʻl tumani hokimi U.Yalgashev ayni paytda Guliston mahallasida joylashgan 1-sektor shtabida fuqarolar bilan sayyor qabul oʻtkazmoqda.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site