Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.2K subscribers
26K photos
3.24K videos
77 files
11.1K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
#seminar_trening

Yangiyoʻl tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Ichki ishlar boʻlimi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan voyaga yetmagan qizlar bilan “Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#jarayon
#seminar

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari J.Inogʻomov va uyushmaning Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi Sh.Xashimovlar tomonidan Yangiyoʻl tumanidagi mahallalar yettiligi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida seminar oʻtkazildi.
  
Seminarda tumandagi 64 ta mahallaning yettilik xodimlari ishtirok etishdi.

Mahallalar yettiligining vazifalari haqida birma-bir soʻz yuritilib, mahallada band boʻlmagan aholi, xorijga uzoq muddatga ketgan fuqarolar bilan ishlash, mahallalarning ombor daftarini shakllantirilishi, mahallalar obodligi va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Mahalla budjeti va sarflanishi, mahallalarga biriktirilgan bank xodimlari bilan birgalikda aholi bandligini taʼminlash, raqamli mahalla platformasi mahalla raislari tomonidan haqqoniy shakllantirish masalalari haqida ham soʻz yuritilib, savol javob tarzida seminar oʻtkazildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Direktor o'rinbosarlari uchun o'quv seminar tashkil etildi

🗂Tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda psixologlar uchun "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida o'quv-seminari tashkil etildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#Seminar

Yangiyoʻl tumanida gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekin ekish ishlariga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi oʻrinbosari Sh.Teshayev va tuman hokimi O.Ataullayev rahbarligida oʻtgan seminar mobaynida gʻalladan boʻshagan maydonlarda oʻz vaqtida agrotexnika tadbirlarni amalga oshirib, qishki mavsumga qishloq xoʻjaligi ekinlarini (sabzavot ekinlari, kartoshka va dukkakli ekinlar) oʻz vaqtida ekish, parvarishlash va qishki mavsumga saqlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan tushuncha va maʼlumotlar berildi.

Shu bilan bir qatorda mavsumda yoshlar bandligini taʼminlash va ularga sohada tajriba almashishda koʻmaklashish borasida ham soʻz yuritildi.

Seminar mobaynida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ham soha mutaxassislari javob berdi.

Kanalga a’zo boʻlish
👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#seminar
#xotin_qizlar_bandligi

Хotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida Yangiyoʻl tuman hokim o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig'i N.Normirzayeva rahbarligida sohaga oid mutaxassislar ishtirokida tumanda pillachilik sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan o'quv seminari o'tkazildi.

Seminarda Toshkent davlat Agrar universiteti ipakchilik kafedrasi o'qituvchilari tomonidan ipak qurti urug'lari inkubatsiyasini tashkil etishning asosiy talablari, parvarishlashning optimal agrotexnik talablari, kasalliklari va ularga qarshi profilaktik chora-tadbirlar, ipakchilikda Vetnam tajribasi, tut ozuqa bazasini rivojlantirishda intensiv tutzorlar barpo etish hamda agrotexnika tadbirlarini o'z vaqtida o'tkazishning afzalliklari to'g'risida ko'rgazmali materiallar va videoroliklar bilan batafsil ma'lumot berildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#Seminar
#Yashil_makon

Yangiyoʻl tumani M-39 avtomobil yoʻlining X.Tursunqulov hududida joylashgan “YANGIYOʻL IMPEX BUSINESS” masʼuliyati cheklangan jamiyati dalasida kuni kecha yashil makon umummilliy loyihasi doirasida daraxt koʻchatlarining ekilish tartibi boʻyicha seminar oʻtkazildi.

Tuman hokimi O.Ataullayev rahbarligida oʻtkazilgan seminarda dala chetlariga 3000 ming tup manzaralari daraxt koʻchatlari ekildi. Shundan, tut koʻchati 2000 ming tup, terak koʻchati 1000 tupni tashkil etadi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site