Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.23K subscribers
25.9K photos
3.23K videos
77 files
11.1K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
#bilasizmi #yernazorati

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

‼️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

“Oʻgʻrilik” 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi!
———
"Ўғрилик” 15 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади!


|
Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#bilasizmi

Yangiyoʻl tumani haqida siz qancha maʼlumotga egasiz?

Yangiyo‘l tumani 1926 yil 29 sentabrda tashkil topgan bo‘lib, Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy birligi hisoblanadi.

Yangiyo‘l tumani hududi yer maydoni 411,2 kv. km, bo‘lib, chegara uzunligi 164,79 km ni tashkil etadi. Tumanda 63 ta aholi punktlari, 64 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari va 58,8 ming ta oilalar mavjud.

2023 yilning 1 yanvar holatiga Yangiyo‘l tumani aholisi soni Toshkent viloyatining doimiy aholisi (2 993,4 ming kishi)ning 2,6 foizini yoki 196,9 ming kishini tashkil etadi.

Shundan 29,2 ming kishi shahar joylarida va 167,7 ming kishi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Aholi zichligi 1 kv. km. ga 478,9 kishiga to‘g‘ri keladi.

Chegara hududi

Yangiyo‘l tumani – Qozog‘iston Respublikasi 23,84 km, Toshkent shahri 1,7 km, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri 19,02 km, Zangiota 36,66 km, Quyi Chirchiq 37,52 km, Chinoz tumani bilan 46,05 km chegaradosh.

Kanalga a’zo boʻlish 👈
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchisi O'zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo'lishga, ko'chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga haqli emas.

Bundan chet davlatda ta'lim olish, stajirovka o'tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno.

⚠️ Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishi mumkin emas.

📁 Bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo'lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
#Bilasizmi

✳️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan isteʼmolchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilinadi:

▶️ Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini oʻrnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori oʻrnatilgan quvvati:

🔹 0,5 kVtdan 1 kVtgacha boʻlganda BHMning 7 barobar (2 mln 380 ming soʻm);

🔹1 kVtdan 1,5 kVtgacha boʻlganda BHMning 10 barobar (3 mln 400 ming soʻm);

🔹1,5 kVtdan 2 kVtgacha boʻlganda BHMning 15 barobar (5 mln 100 ming soʻm);

🔹2 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 20 barobar (6 mln 800 ming soʻm);

🔹5 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 50 barobar (17 mln soʻm, faqatgina yangi yerlar oʻzlashtirilganda va tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʼminlanganda).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#bilasizmi #yernazorati

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq

⚡️Yer uchastkasini oldi-sotdi qilish mumkinmi ?

HA !

- Agar yer uchastkasi sizga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

YO‘Q !

- Yer uchastkasi sizga meros qilib qoldirilgan umrbod (vaqtincha) foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

Bugungi kunda qonunchilikka muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bo‘sh yer uchastkalarini auksion shakldagi elektron savdolarda mulk huquqi asosida sotib olish mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yer uchastkangizni masofadan turib xususiylashtirish imkoniga egasiz

💻Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

📨Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlari tekshirilgach, fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi.

💳Xizmat uchun to‘lov miqdori:
🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun - 27 000 so‘m

💳Xususiylashtirish to‘lovi
🔹viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari,
🔹boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida

📑To‘lov amalga oshirilgach, yer uchastkasiga bo‘lgan davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastrxizmati #VM71

⚡️Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday huquq asosida chiqariladi ?

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram