Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.29K subscribers
25.5K photos
3.2K videos
72 files
10.9K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
#bilasizmi
#huquq

⚡️Oʻzingizga tegishli yerni xususiylashtirishingiz mumkin

Jismoniy va yuridik shaxslar oʻzlariga tegishli (qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan) yer uchastkalarini xususiylashtirilishi yuzasidan tegishli qonun va hukumat qarori kuchga kirdi.

🔹Unga koʻra, fuqarolar oʻzlariga tegishli koʻchmas mulkning yer uchastkasini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirib olishi mumkin boʻladi.

❗️Agar bino kadastrdan oʻtmagan boʻlsa, yerni xususiylashtirish mumkin boʻlmaydi.

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

https://t.iss.one/yangiyul_tuman
#huquq_va_biz

18 yoshga toʻlmagan shaxsni ishlatish mumkinmi?

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 354-moddasiga va ogʻir ishlarda hamda zararli va xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishning oldini olish maqsadida joriy yilning 14-iyul kunida hukumatning qarori bilan oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxati tasdiqlandi.

Bugungi kunda qonunchiligimizga asosan18 yoshgacha boʻlgan shaxslarning mehnatini mehnat sharoiti zararli va xavfli boʻlgan ishlarda, yer osti ishlarida, shuningdek, bajarilishi ularning hayotiga va sogʻligʻiga xavfsizligiga, maʼnaviy jihatdan kamol topishiga ziyon etkazishi mumkin boʻlgan ishlarda (tungi kafe va klublarda, spirtli ichimliklarni, tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik va psixotrop moddalarni, toksik preparatlarni ishlab chiqarish, tashish hamda sotish va boshqalar) qoʻllash ta'qiqlanadi.

Shuningdek, 18 yoshgacha boʻlgan xodimlarning ular uchun belgilangan yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp normalardan ortiq boʻlgan ogʻirlikdagi yuklarni koʻtarishi va tashishi taqiqlanib, 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar mehnatga oid yakka tartibdagi huquqiy munosabatlarda katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqlarga ega boʻladi.

Mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, taʼtillar va boshqa mehnat shart-sharoitlari sohasida esa ular uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan qoʻshimcha imtiyozlardan foydalanadi.

Bundan tashqari, ota-onadan biri yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar, shuningdek mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar hamda bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar, agar ishni davom ettirish 18 yoshga toʻlmagan shaxslarning hayotiga va sogʻligʻiga, xavfsizligiga hamda maʼnaviy jihatdan kamol topishiga tahdid solayotgan boʻlsa yoki ularga boshqacha tarzda ziyon yetkazishi mumkin boʻlsa, bunday shaxslar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli.

Mamlakatmizda yoshlarni, ayniqsa bolalarni huquq va manfaatlarini himoya qilish, bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish borasida boshqa davlatlarga oʻrnak boʻladigan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Yangiyoʻl tuman Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Bekzod Xidirov

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#bilasizmi #huquq

⚡️Yer uchastkasini oldi-sotdi qilish mumkinmi ?

HA !

- Agar yer uchastkasi sizga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

YO‘Q !

- Yer uchastkasi sizga meros qilib qoldirilgan umrbod (vaqtincha) foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

Bugungi kunda qonunchilikka muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bo‘sh yer uchastkalarini auksion shakldagi elektron savdolarda mulk huquqi asosida sotib olish mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yer uchastkangizni masofadan turib xususiylashtirish imkoniga egasiz

💻Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

📨Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlari tekshirilgach, fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi.

💳Xizmat uchun to‘lov miqdori:
🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun - 27 000 so‘m

💳Xususiylashtirish to‘lovi
🔹viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari,
🔹boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida

📑To‘lov amalga oshirilgach, yer uchastkasiga bo‘lgan davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #huquq

⚡️Dehqon xo‘jaligi yeriga bino va inshoot qurish taqiqlanadi


Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi.

⚠️Yengil konstruksiyali issiqxonalarni va boshqa imoratlarni, shuningdek sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

❗️Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.

Huquqiy asos: O‘RQ–680, 01.04.2021 y.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#savol_javob #huquq

O‘z uyimda qurilish qilishim uchun ruxsatnoma talab etiladimi ?

Javob:

Mazkur holatda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma talab etiladi.

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi.

Huquqiy asos: VM-200, 20.04.2022-yil.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #huquq

⚡️Ko‘chmas mulkni birlashtirish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulklarga nisbatan tatbiq etilmaydi

Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga;
🔹 ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalariga;
🔹 huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulklarga;
🔹 ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlarga.


Asos: VM-424, 25.08.2023-yil

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram