Yangibozor.uz | Rasmiy|
3.2K subscribers
15.1K photos
1.4K videos
13 files
3.01K links
Янгибозор туман ҳокимлигининг расмий саҳифаси

Facebook: https://www.fb.com/YangibozorAxborotXizmati
Instagram: https://www.instagram.com/yangibozor_axborot_xizmati

Мурожаат учун: @TumanHokimligiMurojaatbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_forumi_2021
#Mahallada5tashabbus

🇺🇿 Respublikamiz bo'ylab "Yangi O'zbekiston yoshlari forumi-2021"ga start berildi. Xususan viloyatimizning barcha tuman va shaharlarining mahallalarida forum doirasida bir qator loyihalar o'tkazilishi boshlandi.

Shular qatorida Yangibozor tumanida 5 ta muhim tashabbus doirasida mahallalarda sport tadbirlarining saralash bosqichlari bo'lib o'tdi.

Telegram kanalimiz 👉 @yoshlaragentligixorazm
🐎 “Uloq-ko‘pkari” sporti

🔰 Forum doirasida Yangibozor tumanida “Uloq-ko‘pkari” sport musobaqasinining Xorazm viloyati bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqadan asosiy maqsad aholi va yoshlar o‘rtasida uloq-ko‘pkari sportini ommalashtirish, mamlakatimizda chavandoz-polvonlarning mahoratini oshirish va uni yanada rivojlantirishga qaratilgan.

🏆 Musobaqada 34 ta chavandozlar o‘zaro bellashdilar, g'oliblar Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar. Asosiy sov'galar 25-dekabr kuni bo’lib o’tadigan forumning yakuniy konsert dasturida topshiriladi.

16-dekabr kuni Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichiga yo‘llanmani Milliy gvardiya Xorazm viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi.

#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_forumi_2021
#Otsporti_Yangibozor_tumani

Telegram kanalimiz 👉 @yoshlaragentligixorazm
57 nafar OTM talabalariga kontrakt pullari to'lab berildi

🤝 "Talabaga madad"
loyihasiga asosan Yangibozor tumanidan 57 nafar oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan yoshlarga 1 yillik shartnoma pullari to'lab berildi.

Ushbu yoshlarga forumi doirasida shartnoma pullari to'lab berilganligi to'g'risidagi sertifikatlar topshrildi.

Ps: Talabaga madad loyihasi "Temir daftar"ga kiritilgan oilalar farzandlari va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarini to‘lab berishga qaratilgan loyiha. U Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 250-son hamda 450-son qarorlariga muvofiq 2021 yilning 18 oktyabrda ishga tushirildi.

#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_forumi_2021
#Talabaga_madad
#Yangibozor_tumani