Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
7.1K subscribers
48.9K photos
4.05K videos
6 files
5.9K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Nilufar Allabergenova vadasini bajardi

🌟 Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova fuqarolar bilan bevosita muloqot oʻrnatishga alohida ahamiyat bermoqda. U soʻnggi paytlarda joylarda sayyor qabul tadbirlarini oʻtkazib kelmoqda. Kuni kecha 1-sektor binosida tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabulda, hududdagi aholi oʻz muammolari va takliflarini aytib oʻtgan edilar.

💠 Ushbu qabulda “Boshliq” mahallasida yashovchi ikki fuqaro, hokimdan tikuvchilik bilan shugʻullanish uchun subsidiya asosida tikuv mashinasini olishga yordam soʻradi. Ular oʻz xonadonlarida oʻzlarini band qilish va oilalariga qoʻshimcha daromad keltirish maqsadida tikuvchilik qilish maqsadlarini bildirib oʻtdilar.

💢 Allabergenova mahalladagi hokim yordamchisi va Yakkasaroy tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi rahbariga ushbu murojaatni oʻrganib, amaliy yordam berish boʻyicha kerakli koʻrsatmalar berib oʻtgan edi.

🖇 Bugun esa tuman hokimi Nilufar Allabergenova fuqarolarga bergan vadasini bajardi. Fuqarolar xonadonida boʻlib ularga 1 dona toʻgʻri chok va 1 dona overlock tikuv mashinasini topshirdi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Allabergenova maktab qurilishi bilan tanishdi

📎 Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi 48-sonli maktabga o‘rganish olib borib, maktab hududida qurilayotgan yangi o‘quv binosi loyihasi bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu loyiha ta’lim sifatini yanada oshirish hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.

📎 1976-yilda qurilgan ushbu maktab dastlab 820 o‘rin uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, bugungi kunda 1169 nafar o‘quvchi bilim olmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 2024-2026-yillarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlari doirasida yangi 660 o‘rinli bino qurilishi uchun davlat budjetidan 9 milliard 10 million so‘m ajratildi. Bu nafaqat maktab quvvatini oshiradi, balki o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishini ta’minlaydi.

💢 Nilufar Allabergenova qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, ishlarni sifatli va belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Bu yangi bino nafaqat tuman ta’lim sohasiga hissa qo‘shadi, balki kelajak avlod uchun zamonaviy sharoitlarda bilim olish imkoniyatini taqdim etadi.

💠 Shuningdek, tuman hokimi maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirib aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM