Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
7.09K subscribers
48.9K photos
4.07K videos
6 files
5.9K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Nilufar Allabergenova “Askiya dehqon bozori”da bo‘ldi

💠 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi “Askiya dehqon bozori”da bo‘lib, aholi uchun tashkil etilgan oziq-ovqat yarmarkasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔹 Bozorni ko‘zdan kechirish davomida u mahsulotlarning sifati, ularning bozorga yetkazib berilish jarayoni va aholiga qulay narxlarda taqdim etilishini diqqat bilan o‘rgandi.

💠 Hokim, shuningdek, sun’iy ravishda narxlarning oshirilishi holatlarining oldini olish, bozordagi mahsulotlarning yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlash va bu borada aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga aniq va zarur topshiriqlar berdi.

💢 Yarmarka tumanning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda va aholining asosiy ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynayotgani ta’kidladi.

💠 Nilufar Allabergenova bozorlarda oziq-ovqat barqarorlikni ta’minlash, narx-navoning sun'iy oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nilufar Allabergenova: Maktabning yangi binosi kelajak avlodga uzoq yillar xizmat qilishi kerak

💢 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi 144-maktabga o‘rganishni davom ettirib, u yerda maktab hududida barpo etilayotgan 660 o‘rinli yangi o‘quv binosining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

💠 Ushbu maktabning tarixi uzoq yillarga borib taqaladi – u dastlab 1956-yilda qurilgan bo‘lib, 964 o‘rinli bo‘lsa-da, bugungi kunda maktabda 1853 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.

💠 Maktab o‘quvchilari uchun qulay va zamonaviy sharoit yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-404-sonli qaroriga asosan, 2024-2026-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida davlat byudjetidan 6,5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

📎 Qurilish ishlari ayni paytda “Shavkat Mo‘min” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. O‘rganish davomida Nilufar Allabergenova mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatda yakunlash, shuningdek, yangi binoni ochilish marosimiga puxta tayyorlash bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar berdi.

Bu yangi binoning qurilishi ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarga keng imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM