Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.47K subscribers
61.2K photos
4.97K videos
6 files
7.03K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Odamlar orasida – muammoga yechim, yurakka yaqin muloqot

💠 Bugun Yakkasaroy tumanida yana bir ezgu tashabbusga guvoh bo‘ldik. Tuman hokimi Nilufar Allabergenova tomonidan Abdulla Qahhor mahallasi aholisi uchun 118-sonli umumta’lim maktabi binosida sayyor qabul tashkil etildi. Bu – oddiy qabul emas, balki xalq dardiga quloq tutiladigan, har bir fuqaroning muammosiga bee’tibor bo‘lmaydigan ochiq muloqot maydoni edi.

💠 Qabulda hokim o‘rinbosarlari, tuman tashkilotlari rahbarlari, mutasaddi idoralar va mahalliy korxona vakillari faol ishtirok etdi. Eng muhimi – fuqarolar o‘zlarini eshittirish, dardini bayon qilish va yechim topish imkoniga ega bo‘ldilar.

👉 Masalalar turlicha edi: uy-joy bilan bog‘liq muammolar, ishga joylashish, ijtimoiy himoya, yo‘l va infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlashga oid savollar.

💠 Har bir murojaat yozib olindi, tegishli idoralarga yo‘naltirildi va aksariyat muammolar shu yerning o‘zida hal etildi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4👍1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠 Bugun Yakkasaroy tumanida joylashgan “BEAU UNIVERSE” korxonasida muhim va ilhomlantiruvchi tadbir – “5 yillik sarhisob: Iqtisodiy mustaqillikdan ijtimoiy faollik sari” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjuman Prezidentimizning PQ–103-sonli qarori ijrosi doirasida, ayollar salohiyatini yuksaltirish va tadbirkorlik orqali ularni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

👉 Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Yelena Borisova, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, hokim o‘rinbosari Dilfuza Rasulmuhamedova, tumandagi yetakchi tadbirkor ayollar va “Ayollar daftari” orqali kredit olib ish boshlagan faol xotin-qizlar ishtirok etdilar.

💠 Tadbir doirasida “BEAU UNIVERSE” korxonasi rahbari Sevara Abduvahobova hamda “Imdi baby” korxonasi asoschisi Guluruh Abdujabborova o‘z faoliyatlari, yutuqlari va muvaffaqiyat siri bilan ishtirokchilar bilan samimiy muloqot uyushtirishdi. Ular o‘z hayot yo‘llari misolida xotin-qizlar uchun imkoniyat va ishonchning qanchalik muhim ekanini namoyon etishdi.

💠 Anjuman xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash va yangi imkoniyat eshiklarini ochish sari tashlangan navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
6🔥3❤‍🔥2🥰1🐳1