Yakkasaroy tumanida elektr taʼminoti tizimini samarali nazorat qilish va tezkorlikni taʼminlash maqsadida Prezident Administratsiyasining masʼul xodimlari hamda tuman hokimi ishtirokida shtab faoliyati oʻrganildi.
Bu jarayonda, favqulodda holatlarda tizimning qanchalik tayyor ekanligi va tezkorlik bilan javob berish qobiliyati sinchkovlik bilan tahlil qilindi.
Shundan soʻng, Yakkasaroy tuman elektr taʼminoti boʻlimiga qarashli avariya brigadasining holati oʻrganildi. Avariya brigadasining texnik jihozlari, tezkorlikka javob berish qobiliyati va ularning xizmat koʻrsatish darajasi batafsil tekshirib chiqildi.
Xususan, Bobur mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Abdulla Qahhor koʻchasida joylashgan 48-sonli maktabda nosozlik yuzaga kelganligi haqida soat 00:03 da xabar berildi. Avariya brigadasi 8 daqiqada, yaʼni soat 00:09 da hodisa joyiga yetib keldi.
Brigada tomonidan zarur anjomlar nazoratdan oʻtkazilib, joriy holat boʻyicha aniq tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi. Ushbu jarayonda tuman hokimi ishtirok etib, ishni yanada samarali tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berdi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Yakkasaroy tumanida avariya brigadalarining tayyorgarligi oʻrganildi
Yangi tashabbus doirasida Yakkasaroy tumanida kommunal xizmatlarning uzluksiz va barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida avariya brigadalarining tayyorgarligi har tomonlama oʻrganildi.
Uchrashuvda Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi, tuman hokimi, prokuror oʻrinbosari hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida avariya holatlariga tezkor va samarali javob berish uchun brigadalarning malakasi, texnik jihozlanishi va ish jarayonlari puxta tahlil qilindi. Shuningdek, ehtimoliy favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilish va tezkor xizmat koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlar qayta koʻrib chiqildi.

Yakkasaroyda avariya brigadalarining tayyorgarligi oʻrganildi
💠 Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi, tuman hokimi, tuman prokuror hamda masʼul tashkilotlar bilan Yakkasaroy tumanida issiqlik taʼminoti tizimining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida avariya brigadalarining tayyorgarlik holati oʻrganildi.
💠 Shartli holatda “Yakkasaroy” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi issiqlik quvurining yorilishi haqida “Violia Energy Tashkent” kompaniyasiga xabar berilgan.
💠 Аvariya brigadalari voqea joyiga yetib borishdi. Joyiga kelgan mutahassislar tomonidan zarur anjomlar tekshirilib, sektor rahbarlari tomonidan masʼullarga aniq koʻrsatmalar berildi.
💢Mazkur tadbir tezkorlik va tashkiliy samaradorlikni namoyon etib, issiqlik taʼminoti sohasida avariya holatlarini oʻz vaqtida bartaraf etish uchun yuqori shaylik darajasi taʼminlanayotganligini koʻrsatdi. Bu esa fuqarolarning qulay va xavfsiz muhitda yashashini kafolatlashda muhim qadamdir.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati