Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
7.1K subscribers
48.9K photos
4.04K videos
6 files
5.9K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Ҳукумати Раисининг ўринбосари Дмитрий Чернишенко бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Российской Федерации во главе с заместителем Председателя Правительства этой страны Дмитрием Чернышенко.

#Mirziyoyev #qabul #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdik.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashib, ijtimoiy sohaga hamda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdik.

Ta’lim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

_

Сегодня состоялась встреча с заместителем Председателя Правительства Российской Федерации Дмитрием Чернышенко.

Мы обменялись мнениями по актуальным аспектам развития узбекско-российского сотрудничества, уделив особое внимание социальной сфере и эффективной реализации договорённостей, достигнутых по итогам встреч глав наших государств.

С удовлетворением отметили результаты плодотворного взаимодействия в области образования, в частности открытие в ближайшем будущем филиала очередного российского вуза — Московского государственного технического университета имени Баумана.
Nilufar Allabergenova navbatdagi sayyor qabulini oʻtkazdi

💢 Bugungi kunda davlat tashkilotlari faoliyatini aholi murojaatlariga tezkor javob berish va ularning muammolarini bartaraf etishga yoʻnaltirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

💠 Shunday oʻzgarishlarning yorqin namunasi sifatida Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova boshchiligida tuman Xalq qabulxonasi binosida oʻtkazilgan navbatdagi sayyor qabulni keltirish mumkin. Ushbu sayyor qabuldi Yakkasaroy tumani Xalq qabulxonasi mudiri, tuman hokimi oʻrinbosarlari hamda tumanning turli sohalaridagi masʼul rahbarlar ishtirok etdilar.

💠 Qabul jarayonida aholi oʻzi uchun dolzarb boʻlgan ishga joylashish, kommunal sohadagi muammolarni bartaraf etish, uy-joy masalalari, taʼmirlash, shuningdek, subsidiyalar olish kabi masalalar boʻyicha oʻz murojaatlarini bildirishdi. Tashkil etilgan qabul jarayoni aholi bilan davlat tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatni mustahkamlash va ularni qiynayotgan masalalarga tezkorlik bilan yechim topishga xizmat qilmoqda.

💠 Murojaat qilgan fuqarolarning koʻpchiligida muammolar joyida hal etilib, mavjud muammolarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Hal etilishi vaqt talab etadigan masalalar boʻyicha aniq muddat belgilanib, tegishli tashkilotlar va mutasaddilarga masʼuliyat yuklatildi.

💠 Bunday qabullar aholi muammolarini eshitish va ularga yechim topishga boʻlgan bunday intilishlar, shubhasiz, mamlakatimizdagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash, har bir fuqaroning himoyalanganini his qilishiga zamin yaratadi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM