Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
7.1K subscribers
48.9K photos
4.07K videos
6 files
5.9K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Давлат кадастрларини юритишнинг янги тизимини самарали ташкил этиш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди.
Барча қишлоқ хўжалиги туманлари бўйича ер кадастр ҳужжатларини тайёрлаб, Миллий геоахборот тизимига киритиш, ер солиғини ҳисоблаш механизмини ҳам тубдан қайта кўриб чиқиш кераклиги таъкидланди.
Кадастр агентлигининг барча бўғинларини малакали кадрлар билан тўлдириш, меҳнат шароитларини яхшилаш юзасидан кўрсатма берилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам эффективной организации новой системы ведения государственных кадастров.
Указано на необходимость подготовки и внесения в Национальную геоинформационную систему земельно-кадастровых книг по всем сельским районам, коренного пересмотра механизмов исчисления земельного налога.
Поручено укомплектовать все звенья Агентства по кадастру квалифицированными кадрами, улучшить условия труда.

#Mirziyoyev #videoselektor #yerhisobi #kadastr

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #e_lon
📣 DIQQAT, E’LON 📣

Hurmatli poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari!

⬜️ Ma’lumki, ipoteka va garov shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda notarial taqiqlarni yechish xizmati Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Yakkasaroy tumani filiali binosida ko‘rsatib kelinayotgan edi.

⬜️ Joriy yilning dekabr oyidan boshlab esa mazkur xizmat bevosita Boshqarma binosining o‘zida ko‘rsatilmoqda.

🏢 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, KXAY ko‘chasi, 9-uy.

📌 Mo‘ljal: “Toshkent” metro bekati, Temir yo‘l texnikasi muzeyining orqa tarafi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (+99871) 231-68-51.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #intervyu
YAKKASAROY TUMANIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI

🔷 2023-yilning 11 oyi davomida poytaxtimizning Yakkasaroy tumani bo‘yicha aholi yashash manzillarida jami 215 ta holatda (2.77 gektar) yer qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

🔷 Bu haqda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Yakkasaroy tumani bo‘limi boshlig‘i Shiddatbek Abdug‘afforov Ochun.uz internet nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

👉 Batafsil: Ochun.uz maqolasida

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬

OGOH BO’LING!
Har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham kuchli
‼️

😄Davlatimiz Rahbari raisligida 2023-yil 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada 2 million 400 mingdan ortiq xonadonning egalik hujjati yo‘qligi, ularning kadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘lishi ta’kidlanib, hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

❗️Ammo hali qonun qabul qilinmagan bo‘lsada, hujjat qilib olish umidida ayrim fuqarolar tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish qilish holatlari kuzatilmoqda.

Batafsil video lavhada.

#kadastr #ijtimoiy_rolik #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Yakkasaroy
BIZNING MANZILLAR: YAKKASAROY TUMANI FILIALI

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Yakkasaroy tumani filiali

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

📌 Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Askiya ko'chasi, 29-uy.

📍Lokatsiya

☎️ Murojaat uchun telefon:
(+99871) 254-86-86.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #brifing #xususiylashtirish
FILIAL BOSHLIGʻI ISHTIROKIDA BRIFING

Siz o‘zingiz yashab turgan hovli-joyning yer uchastkasini xususiylashtirishga qaror qildingiz. Bu qanday tartibda amalga oshishidan xabardormisiz?

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani filiali boshlig‘i F.Ergashev ishtirokida oʻtkazilgan brifingda shu haqda batafsil ma’lumot berildi.

Muhim eslatma: Yer uchastkasiga bo‘lgan mulkdorlik huquqi fuqaroga nafaqat bino-inshoot, balki uning yerini ham alohida sotish imkonini beradi. Shuningdek, bu yerdan garov obyekti sifatida foydalanish mumkin. Yerni mulk sifatida bankka garovga qo‘yib, ipoteka krediti olish imkoniyati ham mavjud.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT


◾️Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida joylashgan "Do‘stlik" bog‘i hududining noqonuniy tarzda egallab olinganligi haqidagi murojaat yuzasidan⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari quyidagilarni ma’lum qiladi.

◾️Mavjud arxiv hujjatlariga muvofiq, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bratislava koʻchasi, 2a-uy manzilidagi (qurilishi tugallanmagan) noturar joy obyekti Loyiha tashkilotining 14.09.2023-yil va 10.11.2023-yildagi Maʼlumotnomasiga asosan 04.04.2024-yilda "VINERA TOWER" MCHJ nomiga mulk huquqida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

◾️Obyektning yer maydoni 5273 kv.m, qurilish osti maydoni 4654 kv.m, bino va inshootlari umumiy maydoni 58 091 kv.m, huquqiy hujjatlarga asosan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan bino va inshootlari maydoni 23 183 kv.m, huquqiy hujjat taqdim etilmagan bino va inshootlari maydoni 34 908 kv.m ni tashkil etadi.

◾️2023-yilning iyun oyida MCHJ tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari va noqonuniy egallab olingan yer maydonini joyiga chiqib o‘rganishlar olib borib, nazoratdagi o‘lchov ishlari o‘tkazilganda quyidagilar ma’lum bo‘lgan.

◾️Xususan, MCHJ tomonidan o‘ziga tegishli 5273 kv.m yer maydonidan tashqari 2451 kv.m yer uchastkasi o‘zboshimcha egallab olinganligi va temirsimon to‘siq (profnastil) bilan o‘rab qo‘yilganligi aniqlangan.

◾️Shu bilan birga, MCHJ tomonidan o‘zboshimcha o‘rab olingan 2451 kv.m yer uchastkasining 606 kv.m yer maydoni “Do‘stlik bog‘i” hududidan egallab olinib, ayrim qismida kotlovan qazilganligi qo‘shimcha aniqlangan.

◾️Mazkur holat yuzasidan 2023-yilning 5-iyun kuni Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib, Vazirlar Mahkamasining 183-sonli Qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan o‘rnatilgan tartibda davlat yer nazorati tadbiri olib borilgan va yerga oid huquqbuzarlik sodir etgan “VINERA TOWER” MCHJga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

◾️Ushbu holat yuzasidan “VINERA TOWER” MCHJ rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 266-modda 1-qismiga muvofiq, Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasiga berilgan vakolatga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasida belgilab o‘tilgan ma’muriy javobgarlik holati bo‘yicha ta’sir choralari qo‘llanilganligi ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

HAMMASI
KADASTR PASPORTI HAQIDA

Kadastr pasporti qanday hujjat va u qanday hollarda rasmiylashtiriladi?

Kadastr hujjatini olish uchun yuborilgan arizalar nima sababdan rad etilishi mumkin?

💠 Ochun uz saytida e’lon qilingan maqolada 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Azimov shu kabi muhim savollarga to‘liq javob berdi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

HUQUQNI E’TIROF ETISH ASOSLARI

🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #huquqiy_savodxonlik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #ochiq_muloqot #Yakkasaroy #korrupsiyaga_qarshi_kurash
QONUN TARG‘IBOTI YUZASIDAN UCHRASHUV

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev hamda Yakkasaroy tumani filiali boshlig‘i F.Ergashev ishtirokida tumanning 📍“Dilbuloq” MFY aholisi bilan ochiq muloqot tashkil qilindi.

◾️Unda dastlab 🌏“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonun mazmun-mohiyati, tasdiqlangan reja-grafik asosida mahallalarda olib borilayotgan xatlov ishlariga toʻxtalib oʻtildi. Fuqarolarning mazkur qonun yuzasidan hamda kadastrga oid boshqa murojaatlari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

◾️Shuningdek, fuqarolarga xatlov jarayonida firibgarlik, manfaatlar to'qnashuvi, poraxo'rlik kabi holatlarga duch kelganlarida rahbariyat va tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkinligi haqida ma’lumot taqdim etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM