Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.52K subscribers
60.5K photos
4.94K videos
6 files
7K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Forwarded from Yakkasaroy TAKM
#Kitobxonlikhaftaligi2025

🏛Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida📚O‘zbekiston – Kitobxonlar yurti” shiori ostida 📆 2025-yil 21-aprel kuni 🇺🇿 V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirlar boshlandi!

🎉 Haftalik doirasida ilk kunning diqqat markazida:
🔹 Ochilish marosimi
🔹 ““Jadidlar izidan” mavzusida davra suhbati

📖 Suhbat davomida kitobxonlikning jamiyat hayotidagi o‘rni, yoshlar o‘rtasida o‘qish madaniyatini shakllantirish va mustahkamlashning samarali yo‘llari muhokama qilindi. Mutaxassislar, kitobsevarlar va faol yoshlar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

#KitobxonlikHaftaligi2025 #O‘zbekistonKitobxonlarYurti #YakkasaroyKutubxonasi #MutolaaMadaniyati #Ma’naviyat #KitobBarakasi


Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:


Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
👍2
Forwarded from Yakkasaroy TAKM
#Kitobxonlikhaftaligi2025

🚶‍♀️📚 “Kitob dunyosiga sayohat”

📆 2025-yil 21-aprel 🇺🇿 "O‘zbekiston – Kitobxonlar yurti" shiori ostida o‘tayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida navbatdagi qiziqarli tadbir — kutubxonaga ekskursiya tashkil etildi!

📍 Yakkasaroy tuman Axborot-kutubxona markazida o‘tkazilgan ekskursiyada 📘160-sonli maktab o‘quvchilari hamda ko‘plab faol kitobxonlar ishtirok etdi.

👀 Ishtirokchilar kutubxona fondi, elektron axborot resurslari, kitob saqlash xonasi va “Yangi kitoblar” bo‘limi bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, ularga kitob tanlash, ro‘yxatdan o‘tish va mutolaa madaniyati haqida foydali ma’lumotlar berildi.

🎯 Tadbir kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

#KitobxonlikHaftaligi2025
#O‘zbekistonKitobxonlarYurti
#91Maktab
#YakkasaroyKutubxonasi
#KitobgaSayohat
#KitobSevgi


Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:


Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
👍5