Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
7.1K subscribers
48.9K photos
4.05K videos
6 files
5.9K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Имом Бухорий қадамжосининг янги мажмуаси қурилиши бошланди. Шу муносабат билан нуронийлар ва зиёлилар билан учрашув бўлди.
Президент мўмин-мусулмонларни, халқимизни муборак Рамазон ойи билан муборакбод этди. Мажмуада амалга оширилаётган ишлар билан танишди.
– Бу соҳада қилаётган ишларимиздан мақсад – исломга эътиқодимизни, аллома боболаримизга ҳурматимизни илм билан билдириш. Аждодларимизга муносиб бўлиш биз учун жуда катта бурч, – деди Шавкат Мирзиёев.

Начато строительство новых объектов мемориального комплекса Имама Бухари. В связи с этим здесь состоялась встреча с представителями старшего поколения и интеллигенции.
Президент поздравил мусульман и весь наш народ с началом священного месяца Рамадан.
- Цель наших усилий в этом направлении - выразить через науку нашу приверженность исламу и уважение к нашим ученым предкам. Быть достойными предков - наш большой долг, - сказал Шавкат Мирзиёев.

#Mirziyoyev #safar #ImomBuxoriy #majmua

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga moddiy yordam ko'rsatilmoqda

⚡️ Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 11 martdagi 132-sonli qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida Yakkasaroy tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.

Bugun Yakkasaroy tumanidagi 3 va 4-sektor hududidagi “Rakatboshi”, “Tepa”, “Belariq”, Yunus Rajabiy, “Konstitutsiya”, Bobur, “Damariq”, “Bog’saroy”, Hamid Sulaymonov mahallalaridagi jami 33 nafar yoshlarga bir martalik 980 ming so'mdan jami 32 340 000 (o‘ttiz ikki million uch yuz qirq ming) so‘m pul mablag'lari berildi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Yakkasaroyda “Milliy va zamonaviy raqslar kechasi” bo‘lib o‘tadi

Hurmatli Yakkasaroy yoshlari va poytaxtimiz mehmonlari!

💃 Yakkasaroy tuman hokimligi, O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasi hamda “Next” ko‘ngil ochar savdo majmuasi hamkorligida yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 16 aprel kuni, soat 19:30da Yakkasaroy tumanidagi “Next” ko‘ngil ochar savdo majmuasida “Milliy va zamonaviy raqslar kechasi” madaniy-ko‘ngil ochar tadbiri bo‘lib o‘tadi.

🎷 Milliy va zamonaviy raqslar kechasiga tashrif buyuring va biz bilan ommaviy raqslarda harakatlaning.

✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Самарқанд шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирокида вилоят фаоллари йиғилиши бўлиб ўтди.
Давлатимиз раҳбари вилоятнинг фойдаланилмаган имкониятларини ишга солиш учун 5 та драйвер соҳани кўрсатиб ўтди.
Ҳар бир маҳалладаги муаммо ва имкониятларни танқидий ўрганиш, аҳолини тадбиркорликка ва ўзини ўзи банд қилишга жалб этиш орқали камбағалликни қисқартириш асосий вазифа бўлиши таъкидланди.

В Самарканде с участием Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялось совещание областного актива.
Глава государства обозначил пять направлений-драйверов, которые позволят задействовать неиспользованный потенциал региона.
Сокращение бедности путем критического изучения проблем и возможностей в каждой махалле, вовлечения населения в предпринимательство и самозанятость будут главной задачей, отмечалось на совещании.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #faollar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Yakkasaroyda navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

🔸 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimi Anvar Sayfutdinovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

⚡️Unda tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar va murojaatlarni birma-bir tingladilar.

👉 Qabulda 15 nafar fuqarolar o‘z murojaatlari, muammolari va takliflari bilan qatnashdilar.

🔹 Fuqarolar tomonidan bildirilgan arzon uy-joy bilan taʼminlash, ishga joylashish, tadbirkorlik uchun yer ajratib berish, kredit, moddiy yordam ajratishda amaliy ko‘mak berish kabi ko‘plab masalalarda murojaatlar bildirildi.

🤝 Murojaatlarning 5 tasi shu yerning o‘zida ijobiy yechimini topgan bo‘lsa, ayrimlarini ijobiy yechimi yuzasidan o‘rganishlar olib borilishi va muammolarni hal qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati