Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
7.1K subscribers
48.9K photos
4.07K videos
6 files
5.9K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Photo
“Xalqparvar” komissiya faoliyati o’rganildi

🔹 Bugun Yakkasaroy tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiya a'zolari bilan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari hamda uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirishga doir ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi ustidan Parlament va jamoatchilik nazoratini o'rnatish yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

⚡️ Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zosi Shomansur Sagdullayev, “Xalqparvar” komissiya a'zolari va Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi deputatlari ishtirok etdilar.

🔸 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori hamda 2021 yil 11 martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmonining bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etishda mahalliy Kengashlar deputatlarining vazifalari to'g'risida so'z yuritib, bu borada zarur tavsiyalar berildi.

✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga moddiy yordam ko'rsatilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 11 martdagi 132-sonli qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida Yakkasaroy tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.

Bugun Yakkasaroy tumanidagi 1-sektor hududidagi “Boshliq”, “Armug'on”, “Dilbuloq”, “Qushbegi” mahallalaridagi jami 36 nafar yoshlarga bir martalik 980 ming so'mdan jami 35 280 000 (o‘ttiz besh million ikki yuz sakson ming) so‘m pul mablag'lari berildi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Президент Шавкат Мирзиёев ҳудудлардаги ўзгаришлар, аҳоли ҳаёти билан яқиндан танишиш мақсадида Самарқанд вилоятига жўнаб кетди.
Шаҳар ва туманлардаги саноат корхоналари, туризм мажмуалари, транспорт инфратузилмаси, янги уйларни бориб кўриш режалаштирилган. Сафарнинг иккинчи куни халқ депутатлари, аҳоли вакиллари билан йиғилиш ўтказилиб, вилоятни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш истиқболлари белгиланади.

Президент Шавкат Мирзиёев в целях ознакомления с ходом развития регионов и жизнью населения отбыл в Самаркандскую область.
Запланировано посещение промышленных предприятий, туристических комплексов в городах и районах, ознакомление с объектами транспортной инфраструктуры, новым жильем. Во второй день поездки состоится совещание с участием народных депутатов и представителей общественности, на котором будут обозначены дальнейшие шаги по социально-экономическому развитию области.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter