Xushnudbek.uz
669K subscribers
11.2K photos
2.84K videos
251 files
9.34K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
#Euro2024

🇪🇺 16-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇵🇱 Polsha 1:2 🇳🇱 Niderlandiya (D guruhi)

Gollar: Buksa 16ʼ, Gakpo 29ʼ, Vegxorst 83ʼ.

🇸🇮 Sloveniya 1:1 🇩🇰 Daniya (C)

Gollar: Eriksen 17ʼ, Yanja 77ʼ.

🇷🇸 Serbiya 0:1 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya (C)

Gol: Bellingem 13ʼ.



Bugungi uchrashuvlar:

18:00 🇷🇴 Ruminiya —  🇺🇦 Ukraina (E)

21:00 🇧🇪 Belgiya — 🇸🇰 Slovakiya (E)

00:00 🇦🇹 Avstriya — 🇫🇷 Fransiya (D)


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

🇪🇺 17-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇷🇴 Ruminiya 3:0 🇺🇦 Ukraina (E)

Gollar: Nikolae Stanchu 28’, Razvan Marin 52’, Denis Dragus 56’

🇧🇪 Belgiya 0:1 🇸🇰 Slovakiya (E)

Gol:
Ivan Shranz 6’

🇦🇹 Avstriya 0:1 🇫🇷 Fransiya (D)

Gol: Maksimillian Vober 37’



Bugungi uchrashuvlar:

21:00 🇹🇷 Turkiya – 🇬🇪 Gruziya (F)

00:00 🇵🇹 Portugaliya – 🇨🇿Chexiya (F)


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

🇪🇺 18-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇹🇷 Turkiya 3:1 🇬🇪 Gruziya (F)

Gollar: Myuldur 25’, Mikautadze 32’, Guler 65’, Akturkoglu 90+7’.

🇵🇹 Portugaliya 2:1 🇨🇿 Chexiya (F)

Gollar: Lukash Provod 62’, Robin Granach (avtogol) 69’, Konseysau 90+2’.



Bugungi uchrashuvlar:

18:00 🇭🇷 Xorvatiya — 🇦🇱 Albaniya (B)

21:00 🇩🇪 Germaniya — 🇭🇺 Vengriya (A)

23:59 🏴󠁧󠁢󠁳󠁣󠁴󠁿 Shotlandiya — 🇨🇭Shveytsariya (A)


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

🇪🇺 19-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇭🇷 Xorvatiya 2:2 🇦🇱 Albaniya (B guruhi)

Gollar: Kramarich 74’, Gyasula (avtogol) 76’, Lyachi 11’, Gyasula 90+5’.

🇩🇪 Germaniya 2:0 🇭🇺 Vengriya (A)

Gollar: Musiala 22’, Gyundogan 67’.

🏴󠁧󠁢󠁳󠁣󠁴󠁿 Shotlandiya 1:1 🇨🇭Shveytsariya (A)

Gollar: Maktominey 13’, Shakiri 26’.



Bugungi uchrashuvlar:

18:00 🇸🇮 Sloveniya — 🇷🇸 Serbiya

21:00 🇩🇰 Daniya — 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya

23:59 🇪🇸 Ispaniya — 🇮🇹 Italiya


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

🇪🇺 20-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇸🇮 Sloveniya 1:1 🇷🇸 Serbiya

Gollar: Karnichnik 69’, Yovich 90+5’.

🇩🇰 Daniya 1:1 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya

Gollar: Keyn 18’, Yulmand 34’.

🇪🇸 Ispaniya 1:0 🇮🇹 Italiya

Gol: Kalafyori 55’ (avtogol).



Bugungi uchrashuvlar:

18:00 🇸🇰 Slovakiya — 🇺🇦 Ukraina

21:00 🇵🇱 Polsha — 🇦🇹 Avstriya

23:59 🇳🇱 Niderlandiya — 🇫🇷 Fransiya

👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

🇪🇺 21-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇸🇰 Slovakiya 1:2 🇺🇦 Ukraina

Gollar: Shrans 17’, Shaparenko 54’, Yaremchuk 80’.

🇵🇱 Polsha 1:3 🇦🇹 Avstriya

Gollar: Trauner 9’, Pyontek 30’, Baumgartner 66’, Arnautovich 78’.

🇳🇱 Niderlandiya 0:0 🇫🇷 Fransiya



Bugungi uchrashuvlar:

18:00 🇬🇪 Gruziya — 🇨🇿 Chexiya

21:00 🇹🇷 Turkiya — 🇵🇹 Portugaliya

23:59 🇧🇪 Belgiya — 🇷🇴 Ruminiya


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

🇪🇺 22-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:


🇬🇪 Gruziya 1:1 🇨🇿 Chexiya (F guruhi)

Gollar: Mikautadze 45+3’, Shik 59’.

🇹🇷 Turkiya 0:3 🇵🇹 Portugaliya (F)

Gollar: Bernardu Silva 21’, Akaydin 28’ (avtogol), Brunu Fernandesh 55’.

🇧🇪 Belgiya 2:0 🇷🇴 Ruminiya (E)

Gollar: Tilemans 2’, de Bryuyne 80’.



Bugungi uchrashuvlar:

23:59 🇨🇭 Shveytsariya — 🇩🇪 Germaniya (A)

23:59 🏴󠁧󠁢󠁳󠁣󠁴󠁿 Shotlandiya — 🇭🇺 Vengriya (A)


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

Yevropa chempionatining “A” guruhidan 🇩🇪Germaniya va 🇨🇭Shveytsariya terma jamoalari pley-off bahslariga yo’l oldi. 🇭🇺Vengriyada ham imkoniyat bor, faqat ular boshqa guruhlar natijalarini kutishadi.

🇪🇺 23-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇨🇭 Shveytsariya 1:1 🇩🇪 Germaniya (A guruhi)

Gollar: Ndoye 28’, Fyullkrug 90+2’.

🏴󠁧󠁢󠁳󠁣󠁴󠁿 Shotlandiya 0:1 🇭🇺 Vengriya (A)

Gol: Chobot 90+10’.



Bugungi uchrashuvlar:

23:59 🇭🇷 Xorvatiya — 🇮🇹 Italiya (B)

23:59 🇦🇱 Albaniya — 🇪🇸 Ispaniya (B)

“B” guruhida Ispaniya keyingi bosqich masalasini hal qilib bo’lgan. Italiyaga bugun durang ham yetarli bo’ladi, Xorvatiya esa g’alaba qozona olmasa, turnirni tark etadi. Albaniyada ham keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat bor, faqat ular buning uchun ispanlarni mag’lub etish kerak.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

Yevropa chempionatining “oʻlim guruhi” deya taʼriflangan “B” guruhidan 🇪🇸 Ispaniya va 🇮🇹 Italiya terma jamoalari pley-off bahslariga yoʻl oldi. 🇮🇹 Italiyaga nimchorak finalda “A” guruhini ikkinchi oʻrin bilan yakunlagan 🇨🇭 Shveytsariya terma jamoasi raqiblik qiladi. 🇪🇸 Ispaniyaning raqibi esa hozircha noma’lum.

Oxirgi soniyalarda gol o’tkazib, alamli ravishda g’alabani qo’ldan boy bergan 🇭🇷 Xorvatiyada ham guruhdan chiqish uchun juda kichik imkoniyat saqlanib turibdi.

🇪🇺 24-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇭🇷 Xorvatiya 1:1 🇮🇹 Italiya (B)

Gollar: Modrich 54’, Zakkanyi 90+8’.

🇦🇱 Albaniya 0:1 🇪🇸 Ispaniya (B)

Gol: Ferran Torres 13’.



Bugungi uchrashuvlar:

21:00 🇳🇱 Niderlandiya — 🇦🇹 Avstriya (D)

21:00 🇫🇷 Fransiya — 🇵🇱 Polsha (D)

23:59 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya — 🇸🇮 Sloveniya (C)

23:59 🇩🇰 Daniya — 🇷🇸 Serbiya (C)

“C” guruhida barcha jamoalarda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat saqlanib turibdi. “D” guruhida Polsha muddatidan oldin turnirni tark etib bo’lgan, Avstriya esa bugun 4 ta to’p farqi bilan yutqazmasa kifoya, guruhdan chiqadi.


👉 @xushnudbek 👈
#Euro2024

“C” guruhida 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya terma jamoasi 🇸🇮Sloveniya bilan nursiz durang oʻynab, guruh peshqadamligini saqlab qoldi. 🇩🇰Daniya ham 🇷🇸Serbiya bilan 0:0 o'ynadi.

Natijada Daniya va Sloveniyada bir xil ochko va hattoki bir xil toʻplar nisbati yuzaga keldi. Oʻzaro oʻyinda ham ikki jamoa durang oʻynagan edi. Bunday vaziyatda reglamentga koʻra, intizomga qaraladi. Sariq kartochkalar soni kamligi hisobiga Daniya 2-oʻringa koʻtarildi, Sloveniya 3-oʻrinda qoldi. Lekin ikkalasi ham pley-offga yoʻl oldi.

“D” guruhida 🇫🇷Fransiya soʻnggi turda 🇵🇱Polshani yenga olmay, ikkinchi oʻringa tushib qolgan boʻlsa, guruh autsayderi sifatida qaralgan 🇦🇹Avstriya qiziqarli kechgan bahsda 🇳🇱Niderlandiyani magʻlub etib, birinchi oʻrin bilan keyingi bosqichga chiqdi.

Shu tariqa, chorak finaldayoq 🇪🇸Ispaniya 🇩🇪Germaniya bilan, 🇵🇹Portugaliya esa 🇫🇷Fransiya bilan toʻqnash kelish ehtimoli paydo boʻldi. Mana shu 4 ta jamoadan ikkitasi yarim finalga ham chiqa olmasligi aniq.

🇪🇺 25-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasi:

🇳🇱 Niderlandiya 2:3 🇦🇹 Avstriya (D guruhi)

Gollar: Malen 5’ (avtogol), Gakpo 46’, Shmid 59’, Depay 75’, Zabitser 80’.

🇫🇷 Fransiya 1:1 🇵🇱 Polsha (D)

Gollar: Mbappe 56’ (penalti), Levandovskiy 79’ (penalti).

23:59 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya 0:0 🇸🇮 Sloveniya (C)

23:59 🇩🇰 Daniya 0:0 🇷🇸 Serbiya (C)



Bugungi uchrashuvlar:

21:00 🇺🇦 Ukraina — 🇧🇪 Belgiya (E)

21:00 🇸🇰 Slovakiya — 🇷🇴 Ruminiya (E)

00:00 🇬🇪 Gruziya — 🇵🇹 Portugaliya (F)

00:00 🇨🇿 Chexiya — 🇹🇷 Turkiya (F)

“E” guruhida soʻnggi tur oldidan barcha jamoalarda uchtadan ochko bor.

“F” guruhida esa 🇵🇹Portugaliya muddatidan avval 1-oʻrinni kafolatlagan. Qolgan 3 ta jamoada nimchorak finalga chiqish uchun imkoniyat saqlanib turibdi. Bugungi oʻyinlar bilan Yevropa chempionatining guruh bahslariga yakun yasaladi. Pley-off oʻyinlari 29-iyundan start oladi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

“E” guruhida kamdan-kam uchraydigan holat roʻy berdi. Soʻnggi turda oʻtkazilgan ikkala oʻyinda ham durang natija qayd etilib, barcha jamoalar bir xil – 4 tadan ochko jamgʻardi. Turnir reglamentida belgilangan qoʻshimcha koʻrsatkichlar hisobigagina 🇧🇪Ruminiya 1-oʻrin, 🇧🇪Belgiya 2-oʻrin hamda 🇸🇰Slovakiya 3-oʻrin bilan pley-offga yoʻl oldi. 🇺🇦Ukraina esa qolgan jamoalar bilan bir xil ochko jamgʻargan boʻlsa ham, to’plar nisbati evaziga guruhda qolib ketdi.

“F” guruhida muddatidan avval nimchorak final masalasini hal qilgan 🇵🇹Portugaliya ikkinchi tarkib bilan o’ynab, 🇬🇪Gruziyaga 2:0 hisobida mag’lub bo’ldi. 🇹🇷Turkiya esa 🇨🇿Chexiyaga qarshi dramatik kechgan bahsda 2:1 hisobida g’alaba qozonib, 2-oʻrin bilan keyingi bosqichga chiqdi. Oʻz tarixida ilk bor Yevropa chempionatida ishtirok etayotgan 🇬🇪Gruziya ham dastlabki mavsumning oʻzida guruhdan chiqdi.

🇪🇺 26-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇺🇦 Ukraina 0:0 🇧🇪 Belgiya (E guruhi)

🇸🇰 Slovakiya 1:1 🇷🇴 Ruminiya (E)

Gollar: Duda 24’, Marin 37’ (penalti)

🇬🇪 Gruziya 2:0 🇵🇹 Portugaliya (F)

Gollar: Kvaratsxeliya 2’, Mikautadze 57’ (penalti)

🇨🇿 Chexiya 1:2 🇹🇷 Turkiya (F)

Gollar: Chalxanogʻlu 51’, Souchek 66’, Tosun 90’.



Nimchorak final juftliklari:

29-iyun, shanba

21:00 🇨🇭 Shveytsariya — 🇮🇹 Italiya
23:59 🇩🇪 Germaniya — 🇩🇰 Daniya

30-iyun, yakshanba

21:00 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya — 🇸🇰 Slovakiya
23:59 🇪🇸 Ispaniya — 🇬🇪 Gruziya

1-iyul, dushanba

21:00 🇫🇷 Fransiya — 🇧🇪 Belgiya
23:59 🇵🇹 Portugaliya — 🇸🇮 Sloveniya

2-iyul, seshanba

21:00 🇷🇴 Ruminiya — 🇳🇱 Niderlandiya
23:59 🇦🇹 Avstriya — 🇹🇷 Turkiya


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

Bugundan Yevropa chempionatida nimchorak o’yinlari boshlanadi.

Bugungi uchrashuvlar:

21:00 🇨🇭Shveytsariya — 🇮🇹Italiya

23:59 🇩🇪Germaniya — 🇩🇰Daniya


👉 @xushnudbek 👈
#Euro2024

Nimchorak finalning kecha oʻtkazilgan dastlabki bahsida musobaqaning amaldagi gʻolibi 🇮🇹Italiya terma jamoasi🇨🇭Shveytsariyaga magʻlub boʻldi va musobaqani tark etdi.

Ikkinchi oʻyinda esa 🇩🇪Germaniya terma jamoasi 🇩🇰Daniyani yengib, chorak finalga yoʻl oldi. Ikkala tomonning hisobga olinmagan gollaridan tashqari, stadion ustidagi kuchli momaqaldiroq va chaqmoq sababli 35-daqiqadan keyin oʻyinning toʻxtatib qoʻyilishi esda qolarli holat boʻldi. Vaziyat yaxshilangach, bahs toʻxtagan joyidan davom ettirildi.

🇪🇺 29-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇨🇭Shveytsariya 2:0 🇮🇹Italiya

Gollar: Froyler 37’, Vargas 46’.

🇩🇪Germaniya 2:0 🇩🇰Daniya

Gollar: Xaverts 53’ (penalti), Musiala 68’.



Bugungi uchrashuvlar:

21:00 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya — 🇸🇰 Slovakiya
23:59 🇪🇸 Ispaniya — 🇬🇪 Gruziya

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya — 🇸🇰Slovakiya juftligi gʻolibi chorak finalda 🇨🇭Shveytsariyaga qarshi bahs olib boradi. 🇪🇸Ispaniya — 🇬🇪Gruziya qarama-qarshiligida gʻolib chiqqan jamoani esa yarim final ostonasida turnir mezboni 🇩🇪Germaniya kutmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya 🇸🇰Slovakiyaga qarshi butun oʻyin davomida hisobda ortda borib, so’nggi soniyalarda Jud Bellingemning qaychi uslubidagi super goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Qo’shimcha bo’limlarning boshida Harri Keyn gʻalaba golini kiritib, jamoasini chorak finalga olib chiqdi.

🇪🇸Ispaniya ham xuddi Angliya kabi birinchi boʻlib gol oʻtkazib yubordi, lekin shunga qaramay ispanlar 🇬🇪Gruziyaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yakunda yirik hisobda g’alaba qozondi.

Hozirgacha ma’lum bo’lgan chorak final juftliklari:


🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya — 🇨🇭Shveytsariya

🇪🇸Ispaniya — 🇩🇪Germaniya

🇪🇺 30-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya 2:1 🇸🇰 Slovakiya

Gollar: Shrans 25’, Bellingem 90+5’, Keyn 91’.

🇪🇸 Ispaniya 4:1 🇬🇪 Gruziya

Gollar: Le Norman 18’ (avtogol), Rodri 39’, Ruis 51’, Uilyams 75’, Olmo 83’.



Bugungi uchrashuvlar:

21:00 🇫🇷 Fransiya — 🇧🇪 Belgiya
23:59 🇵🇹 Portugaliya — 🇸🇮 Sloveniya

Ushbu ikki juftlik gʻolibi chorak finalda oʻzaro toʻqnash keladi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

🇫🇷Fransiya 🇧🇪Belgiya bilan oʻyinda bahs yakunidagi avtogol evaziga gʻalaba qozonib, chorak finalga chiqdi.

🇵🇹Portugaliya va 🇸🇮Sloveniya oʻrtasidagi bahs esa haqiqiy dramaga aylanib ketdi. Hujumkor ruhda oʻtgan oʻyinning asosiy vaqtida hisob ochilmagach, qoʻshimcha boʻlimlar boshlandi. 105-daqiqada hakam Portugaliya foydasiga penalti belgiladi. Biroq Krishtianu Ronalduning zarbasini darvozabon Yan Oblak qaytardi.

Bu vaziyatda portugaliyalik yulduz koʻz yoshlarini tiyib turolmadi. Shu tariqa qoʻshimcha boʻlimlarda ham hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa Ronaldu jamoasidan birinchi boʻlib toʻp oldiga yaqinlashdi va bu safar Sloveniya darvozabonini ojiz qoldirdi. Shundan soʻng, u muxlislarga yuzlanib, birinchi penaltidan foydalana olmagani uchun uzr soʻradi.

Shuningdek, seriyada Portugaliya darvozaboni Diogo Koshta ham qahramonlik koʻrsatib, raqib futbolchilarining barcha uch zarbasini ham qaytardi. Portugaliya chorak finalda.

Hozirgacha ma’lum bo’lgan chorak final juftliklari:

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya — 🇨🇭Shveytsariya

🇪🇸Ispaniya — 🇩🇪Germaniya

🇫🇷Fransiya — 🇵🇹Portugaliya

🇪🇺 1-iyul kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇫🇷 Fransiya 1:0 🇧🇪 Belgiya

Gol: Vertongen 85’ (avtogol)

🇵🇹 Portugaliya 0:0 🇸🇮 Sloveniya

Penaltilar seriyasi: 3:0
Ronaldu, Fernandesh, Silva.



Bugungi uchrashuvlar:

21:00 🇷🇴Ruminiya — 🇳🇱Niderlandiya
23:59 🇦🇹Avstriya — 🇹🇷Turkiya

Bugun chorak finalning barcha juftliklari nomi maʼlum boʻladi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

🇳🇱Niderlandiya 🇷🇴Ruminiyani qiyinchiliksiz magʻlub etib, keyingi bosqichga yoʻl oldi. 🇹🇷 Turkiya esa Demiralning dubli evaziga 🇦🇹Avstriyadan ustun keldi.

Shunday qilib, chorak finalning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo’ldi.

🇪🇺 2-iyul kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇷🇴 Ruminiya 0:3 🇳🇱 Niderlandiya

Gollar: Gakpo 20’, Malen 83’, 90+3’.

🇦🇹 Avstriya 1:2 🇹🇷 Turkiya

Gollar: Demiral 1’, 59’, Gregorich 67’.



Chorak final juftliklari:

5-iyul

21:00 🇪🇸Ispaniya — 🇩🇪Germaniya
23:59 🇫🇷Fransiya — 🇵🇹Portugaliya

6-iyul

21:00 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya — 🇨🇭Shveytsariya
23:59 🇳🇱Niderlandiya — 🇹🇷Turkiya


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

🇪🇸 Ispaniya 🇩🇪 Germaniyaga qarshi kechgan ogʻir oʻyinda qoʻshimcha vaqtlarda gʻalabani ilib ketdi va yarim finalga yoʻl oldi. 🇫🇷 Fransiya esa penaltilar seriyasida 🇵🇹 Portugaliyani magʻlub etdi.

🇪🇺 5-iyul kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇪🇸 Ispaniya 2:1 🇩🇪 Germaniya

Gollar: Dani Olmo 51’, Florian Virts 89’, Mikel Merino 119’.

🇫🇷 Fransiya 0:0 (p.s. 5:3) 🇵🇹 Portugaliya



Bugun boʻlib oʻtadigan oʻyinlar:

21:00 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya — 🇨🇭Shveytsariya
23:59 🇳🇱Niderlandiya — 🇹🇷Turkiya


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya 🇨🇭Shveytsariyaga qarshi oʻyinda birinchi boʻlib gol oʻtkazib yuborgan boʻlsa-da, oʻyin yakunida hisobni tenglashtirib, penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi va yarim finalga yoʻl oldi.

Turkiya prezidenti Erdo’g’an bevosita stadiondan kuzatgan 🇹🇷Turkiya va 🇳🇱Niderlandiya oʻrtasidagi bahs esa kunning birinchi chorak final oʻyinidan farqli oʻlaroq keskin kurashlar ostida oʻtdi. Turkiya birinchi boʻlib hisobni ochdi. Ammo Niderlandiya ajoyib kambekni amalga oshirib, gʻalabani ilib ketdi va keyingi bosqichga chiqdi.

🇪🇺 6-iyul kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya 1:1🇨🇭Shveytsariya
(Penaltilar seriyasi: 5:3)

Gollar: Emboli 75’, Saka 80’.

🇳🇱Niderlandiya 2:1 🇹🇷Turkiya

Gollar: Akaydin 35’, De Vrey 70’, Gakpo 76’.



Yarim final juftliklari:

9-iyul
23:59 🇪🇸Ispaniya — 🇫🇷Fransiya

10-iyul
23:59 🇳🇱Niderlandiya — 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

🇪🇸Ispaniya terma jamoasi dastlabki yarim finalda 🇫🇷Fransiya ustidan g’alaba qozondi va finalga yo’l oldi. Garchi fransuzlar birinchi bo’lib hisobni ochgan bo’lsa-da, lekin ispanlar Yamalning super goli va Olmoning goli evaziga kambekni amalga oshirishdi.

🇪🇸Ispaniya 2:1 🇫🇷Fransiya
Gollar: Kolo Muani 9’, Yamal 21’, Olmo 25’

🇪🇺 Bugungi yarim final bahsi:

23:59 🇳🇱Niderlandiya — 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya



Shuningdek, parallel o’tayotgan Copa America-2024 turnirida ham dastlabki finalchi nomi ma’lum bo’ldi. Messi sardorligidagi 🇦🇷Argentina terma jamoasi 🇨🇦Kanada ustidan 2:0 hisobida g’alaba qozondi. Gollarga Alvarez va Messi mualliflik qildi.

Ikkinchi yarim finalda 🇺🇾Urugvay hamda 🇨🇴Kolumbiya kuch sinashadi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Euro2024

🇳🇱Niderlandiya va 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya oʻrtasidagi oʻyinda birinchi yarim final qarama-qarshiligining ssenariysi takrorlandi. Shiddatli kechgan bahsda Angliya birinchi boʻlib gol oʻtkazib yuborganiga qaramay, hisobni tenglashtirdi va oʻyinning soʻnggi daqiqasida Uotkinsning goli evaziga finalga yoʻl oldi.

🇳🇱 Niderlandiya 1:2 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya

Gollar: Simons 7’, Keyn 18’ (penalti), Uotkins 90’.

🇪🇺 Final bahsi:

14-iyul
23:59 🇪🇸 Ispaniya — 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya

❗️Ma’lumot uchun, Yevropa chempionatida boshqa musobaqalardan farqli oʻlaroq, uchinchi oʻrin uchun bahs oʻtkazilmaydi.



🌎 Shuningdek, parallel tarzda o’tayotgan Copa America-2024 turnirida ikkinchi finalchi nomi aniqlandi. 🇺🇾Urugvayni minimal hisobda mag’lub qilgan 🇨🇴Kolumbiya finalga chiqdi.

🇺🇾 Urugvay 0:1 🇨🇴 Kolumbiya

Gol: Lerma 39’.

Uchinchi oʻrin uchun bahs:

14-iyul
05:00 🇨🇦 Kanada — 🇺🇾 Urugvay

Final:

15-iyul
05:00 🇦🇷 Argentina — 🇨🇴 Kolumbiya


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM