Xushnudbek.uz
667K subscribers
11.2K photos
2.84K videos
251 files
9.34K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
🏆 O’zbek shaxmatida ayollar o’rtasida ilk jahon chempioni!!!

Italiyada o‘tayotgan shaxmat bo'yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha bo’lgan yosh toifasida hamyurtimiz Afruza Hamdamova muddatidan avval JAHON CHEMPIONI bo’ldi.

Oxirgi turda qanday natija bo’lishidan qat’i nazar Afruza chempionga aylanadi, chunki unga yetib olishi mumkin bo’lgan yagona ta’qibchisi — qozog’istonlik shaxmatchini o’zaro o’yinda mag’lub etgan. Musobaqa nizomiga ko’ra, ochkolar teng kelib qolsa, o’zaro o’yinga qaraladi.

UzChess kanalining yozishicha, Afruza O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasidagi ilk jahon chempioniga aylandi.

Shu paytga qadar Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Abdusattorova o’z yosh toifalarida kumush medalni qo’lga kiritgan edi.

👏🏻BARAKALLA, AFRUZA!!! Ota-onang va ustozlaringga rahmat.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
🏆 O’zbek shaxmatida ayollar o’rtasida ilk jahon chempioni!!! Italiyada o‘tayotgan shaxmat bo'yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha bo’lgan yosh toifasida hamyurtimiz Afruza Hamdamova muddatidan avval JAHON CHEMPIONI bo’ldi. Oxirgi…
Qiziq maʼlumot: Afruza Hamdamova shengen viza bilan bog‘liq muammolar sababli Jahon chempionatiga kechikib borgan ekan. Yaʼni u 1-turda o'ynamagan. 2-turdan ishtirokni boshlagan. Va 9 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, yana bitta tur bo‘lsa-da, muddatidan oldin chempion bo‘ldi. Boshqacharoq aytganda, raqiblari 11 ta partiya o‘ynab ham Afruzaning 9 ta partiyadagi natijasidan o'tib keta olmaydi.

Afruza oxirgi turda o‘ynamay, qaytib ketsa ham bo‘ladi endi 😊

Italiyadagi jahon chempionatida Afruza aytgan gap: Keldim, Ko‘rdim, G‘alaba qildim (Veni, Vidi, Vichi) 👑

Hamyurtimiz turnir davomida 2609 perfomans ko‘rsatibdi. Yaʼni u 2609 reytinga ega kuchli grossmeystrlar darajasida o‘ynagan. Solishtirish uchun, yaqinda yurtimizga kelgan ayollar o‘rtasidagi reyting yetakchisi Hou Ifanning hozirgi reytingi 2632 ni tashkil etadi.


👉 @xushnudbek 👈
Ko’p qavatli uy quradiganlar endi uy yonida bog’ yaratishga majbur bo’ladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-martdan:

🏢 yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlar, agar ularga tutash hududlardagi yerlarning kamida 25 foizi ko‘kalamzorlashtirish maydonlariga ajratilmagan va ularda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilmagan taqdirda, davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Senegal FIFA nomiga shikoyat yo’llab, Fransiya U-17 jamoasini jahon chempionatidan chetlatilishni talab qildi

Ma’lum bo‘lishicha, fransuzlar hujumchisi Yannis Issufu Afrika qit’asida o‘tkazilgan JCh saralash bosqichida Niger U-17 jamoasi safida maydonga tushgan. FIFA qoidalariga ko‘ra, futbolchining bir turnirda ikki jamoa safida o‘ynashi taqiqlanadi.

Yannis Indoneziyada o’tayotgan JCh guruh bosqichidagi uchala o’yinda ham Fransiya tarkibida o’ynadi va gol ham urdi. Lekin nimchorak finalda Senegalga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Biroq Goal.com nashri murabbiyning bu urinishi diskvalifikatsiyadan qutilib qolish uchun yetarli bo‘lmasligi, senegalliklar chorak finalda O‘zbekistonga qarshi maydonga tushishi mumkinligi haqida yozgan.

Hozircha FIFA bu borada hech qanday izoh bergani yo‘q. Ayrim manbalar Fransiya turnirda qolishini, shunchaki uzr bilan qutilib qolishini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, nimchorak finalda Fransiya Senegal ustidan penaltilar seriyasida g’alaba qozondi. Ertaga, soat 13:30da chorak final doirasida Fransiya-O’zbekiston uchrashuvi bo’lishi kerak.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun Otabek Bakirov va Muhrim A’zamxo’jayev bilan yangi podkast syomkasida ko’rishgan edik. Ko’p mavzular haqida gaplashdik (oldindan reklama-anons qilib qo’yay).

Otabek aka kanalida “Sag’bon” podstansiyasidagi avariya haqida yozgani uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot kotibi Otabek akani “Sag’bon”ga chaqirib qoldi. Syomkani tugatib, hammamiz bordik.

Xullas, nega o’chgani, nega avariya bo’lganidan allaqachon xabardorsiz, menimcha. Odamlarni qiziqtirayotgan asosiy savol: “svet” qachon yonadi?

Biz ham shuni so’radik. Olmazor tumani HET rahbarining aytishicha, ertalabgacha “svet” yonadi.

Ya’ni taxminan 3 soatda kuygan transformatorning o’rniga zaxiradagi boshqasini o’rnatishadi (boshqasini olib kelishgan, shu yerda turibdi, terib chiqish kerak faqat). Keyin transformator moyini tekshirishib, yoqishga tayyorlashadi.

Yana aytishdiki, taxminan 10 kunda Xitoydan kelgan yangi 40 minglik transformatorni o’rnatib bo’lishar ekan (xitoyliklarning o’zi o’rnatayotgan ekan). Undan keyin o’sha 40 minglikni tarmoqqa ulashib, eskilarini uzisharkan va Xitoydan kelgan ikkinchi 40 minglik yangi transformatorni o’rnatish ishlari boshlanarkan.

Bunga qadar “Sag’bon” podstansiyasida 50 minglik transformatorlar turgan bo’lsa, kelgusida 2 ta yangisi o’rnatilgach, 80 ming KVA quvvatga chiqarmish.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi yakunlandi

Tashrif doirasida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari BMTning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun maxsus dasturi birinchi sammitida ishtirok etdi hamda SPEKA doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha qator amaliy tashabbuslarni ilgari surdi.

Jumladan, suv, energetika, ekologiya va qishloq xo‘jaligi sohalari o‘zaro uzviy bog‘liq ekanidan kelib chiqib, SPEKAning “Yashil strategiyasi”ni qabul qilish vaqti kelgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston yetakchisi 24-noyabr oqshomida Bokudan Toshkentga qaytdi.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkent shahrida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun yangi narxlar (tariflar) belgilandi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qaroriga ko‘ra, jismoniy shaxslar, byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun suvning bir kub metri narxi 1400 so‘m (hozirda 400 so‘m), oqova suv xizmatlari uchun 1000 so‘m (hozirda 350 so‘m) etib belgilandi.

Yuridik shaxslar uchun tariflar uch baravar oshirildi — ichimlik suvining har kub metri uchun 1000 so‘mdan 3000 so‘mga, kanalizatsiya xizmatlari uchun esa 820 so‘mdan 2200 so‘mga o‘zgardi.

Tariflar qaror eʼlon qilinganidan keyin 15 kun o‘tgach, yaʼni 10-dekabrdan kuchga kiradi.


👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿O’zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatining chorak finalida 🇫🇷Fransiyadan 1-0 hisobida mag’lub bo’ldi.

83-daqiqada kiritilgan yagona gol barchasini hal qildi.

Alohida ta’kidlash joiz, bizda ham gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar bo’ldi, faqat biroz omad yetishmadi.

Nima bo’lganda ham barchasi uchun yigitlarga katta rahmat! Muxlislar uchun hayajonli lahzalar taqdim eta olishdi. Kelgusida bu jamoa avvalgisi kabi yo’q bo’lib ketmasdan, yanada rivojlanib, o’z ustida ishlab, asosiy terma jamoamizni kuchaytirishadi, degan umiddamiz.


👉 @xushnudbek 👈
1-taymdagi o’ta xavfli vaziyat gol bo’lganda, 2-taymdagi shubhali offsayd sabab bekor qilingan Amirbek Saidovning goli hisoblanganda, balki yana bitta sensatsiya ko’rishimiz mumkinmidi, kim bilsin.

Fransuzlar kuchliligi boshidan ma’lum edi. Jahon chempionatida hali birorta gol o’tkazmadi. Chempion bo’lishga ham asosiy da’vogarlardan biri.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahri, Samarqand va Bulung‘ur tumanlaridagi 41 ta savdo shoxobchasida muddati o‘tgan 1736 dona mahsulot sotuvda turgani aniqlangan. Erkinjon Turdimov viloyat aholisiga murojaat qilib, oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishda yaroqlilik muddatiga e’tiborli bo‘lishni so‘ragan.


👉 @xushnudbek 👈
Prezident sovrini uchun talabalar o’rtasida o’tkaziladigan “Zakovat” Intellektual olimpiadasining hududiy saralash bosqichi natijalari ma’lum bo’ldi

Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi mazkur 50 ta OTM jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Barcha jamoalarga omad tilaymiz!


👉 @xushnudbek 👈