Xushnudbek.uz
703K subscribers
11.2K photos
2.85K videos
251 files
9.37K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
🇺🇿O’zbekiston 2:2 🇮🇷Eron

O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 2-saralash bosqichi doirasida Eronga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limda ikki to‘p bilan orqada borayotib, ikkinchi bo‘limda iroda ko’rsatdi va hisobni tenglashtira oldi.

Eron 4 ochko bilan guruhda peshqadamlikni saqlab qoldi, O‘zbekistonda ham shuncha ochko va to‘plar nisbatiga ko‘ra milliy jamoamiz 2-o‘rinda bormoqda. Turkmaniston va Hongkong esa bu turda durang (2:2) qayd etib, bittadan ochko egasi bo‘lishdi.

O‘zbekiston MTJ keyingi o‘yinda 2024-yil 21-mart kuni safarda Hongkong bilan o’ynaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Daraxt kesganlik uchun jazo kuchaytirilmoqda

Daraxt va butalar qimmatbaho navlari kesilishiga yoki yo‘q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uchun ham katta miqdordagi jarima undiriladi.

Bundan tashqari, daraxt va butalarni qonunga xilof ravishda kesgan fuqaro yoki mansabdor shaxs amaldagisidan o‘rtacha besh barobar ko‘p jarima to‘lashga majbur bo‘ladi. Tegishli qonun Senatga yuborilgan.

Agar qonun kuchga kirsa, daraxt va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun yuridik shaxslar 99 mln so‘mgacha jarima to‘lashdan tashqari:

🟢har bir noqonuniy kesilgan daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekishga;
🟢ularni 3 yil davomida parvarishlashga majbur bo‘lishadi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni daqiqalarda U-17 jahon chempionati nimchorak finalida O‘zbekiston o‘smirlari Angliya bilan o‘ynayapti. O‘yinning 84-daqiqasi. Taxminan 10 daqiqa vaqt qoldi.

O‘zbekiston hozircha 2:1 hisobida g‘alaba qozonmoqda. Angliya bosimi oshib bormoqda. Yigitlarimizga omad tilaymiz va hayajon bilan o‘yinni kuzatishda davom etamiz.

“Sport” telekanali orqali o‘yinni jonli efirda tomosha qilish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 23-24 noyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari Boku shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida ishtirok etadi.

Maʼlumot uchun: SPEKA dasturi mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish hamda ularning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga ko‘maklashish maqsadida 1998-yil 26-mart kuni Toshkent deklaratsiyasiga muvofiq taʼsis etilgan. Ishtirokchi davlatlar – 🇺🇿O‘zbekiston, 🇦🇿Ozarbayjon, 🇰🇿Qozog‘iston, 🇰🇬Qirg‘iziston, 🇹🇯Tojikiston va 🇹🇲Turkmaniston.


👉 @xushnudbek 👈
Metroda har 2 daqiqada poyezd kelishini ta'minlash bo'yicha topshiriq berildi

Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni Toshkent metropolitenida xizmatlar sifatini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Yig‘ilishda metro xizmatlari sifatini oshirish, yana yangi vagonlar olib kelib, foydalanish muddati o‘tganlarini yangilash, ikki daqiqali intervalni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.


👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿 O’zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatining chorak finalida 🇫🇷Fransiyaga qarshi maydonga tushadi. Faranglar nimchorak finalda Senegalni penaltilar hisobida mag’lub etdi.

Chorak final o’yinimiz 25-noyabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:30 da boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
Parijda bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh Assambleyasida navbatdagi 43-sessiyani 2025-yilda Samarqandda o‘tkazish taklifi rasman maʼqullandi.

Bosh Assambleyaning sessiyasi oxirgi marta Parijdan tashqarida 1985-yilda (Sofiya sh., Bolgariya) bo‘lib o‘tgan.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasiga yordam so‘rab kelgan bemor uni virusolog-mutaxassis ko‘rigiga yo‘naltirgan shifokordan norozi bo‘lib, unga qarata stul uloqtirgan. Holat yuzasidan 22-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi ochilgan.

Internetda shifokorga o‘ta qo‘pol muomalada bo‘lgan yigit “tuman prokurori yordamchisi” ekani haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Biroq Bosh prokuratura matbuot xizmati buni rad etib, ushbu shaxs prokuratura organlarida xizmat qilmasligi, oliy ta’lim muassasasi talabasi ekani, ammo u qaysi OTMda o‘qishi oshkor qilinmasligini ma’lum qilgan.

Ma‘lum bo‘lishicha, o'sha shaxs shifoxonadagi qayd daftari uchun o‘zi haqida ma'lumot berishda ish/o'qish joyini “Bosh prokuratura huzuridagi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi” deya ko‘rsatgan.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
405 nafar shaxs 142 mln so‘mga chuv tushdi

31 yashar kiberfiribgar odamlarni chuv tushirishning antiqa yo‘lini o‘ylab topadi. Unga ko‘ra, behayo saytlarga kirganlarning ekranida Ichki ishlar vazirligi nomidan soxta ogohlantirish chiqadi. Siz taqiqlangan saytga kirdingiz, endi jarima to’lang, yo’qsa telefoningni bloklab, mazzangni qochiramiz, degan yolg’on gap aytiladi.

Behayo video tomosha qilaman deganlar esa bunga chippa-chin ishonib, qo’rqqanidan ko’rsatilgan karta raqamiga 350 ming so‘m miqdorida pul o’tkazib beradi.

Unaqa soddalar soni 405 nafar ekan. Firibgar esa shubha uyg‘otmaslik uchun karta raqamlarini almashtirib turgan. U mazkur hiylasi orqali 5 kun ichida 142 mln so‘m “ishlab topgan”. Endi esa buning uchun qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi.


👉 @xushnudbek 👈
Futbol bo‘yicha 2024-yilgi U23 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi

Qur’a bizga omadli keldi, desak ham bo’ladi. O‘zbekiston “D” guruhidan joy oldi va quyidagi jamoalarga qarshi o’ynaydi:

🇺🇿 O‘zbekiston
🇻🇳 Vyetnam
🇰🇼 Kuvayt
🇲🇾 Malayziya

Ushbu Osiyo kubogining ahamiyatli tomoni, unda Parij-2024 Olimpiadasiga yo’llanmalar o’ynaladi. Aniqrog’i 1-3-o’rinni olgan jamoalar to’g’ridan-to’g’ri Olimpiadaga chiqadi. 4-o’rinni olgan jamoa play-offda qatnashadi.

Musobaqa kelasi yilning 15-aprel – 3-may kunlari Qatarda oʻtkaziladi.


👉 @xushnudbek 👈
Bolalar ombudsmaniga qo‘shimcha yangi huquqlar berilishi mumkin

Bu haqdagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda.

Jumladan:

voyaga yetmagan shaxs ishtirok etgan jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishish va ulardan ko‘chirma nusxalar olish;
bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish hamda tiklash maqsadida sud jarayonlarida ishtirok etish;
hukm bilan tanishib, bola manfaatidan kelib chiqib, prokuraturaga hukm ustidan protest bildirish haqida murojaat qilish.

Bundan tashqari, hujjatga ko‘ra:

🔹 surishtiruv, tergov organlari va sud voyaga yetmaganlarning hayoti, sog‘lig‘i yoki jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlarga oid qabul qilgan qaror, hukm (ajrim)lari to‘g‘risida Bolalar ombudsmanini yozma ravishda xabardor qilishi shart bo‘ladi;
🔹Bolalar ombudsmani mansabdor shaxslarga qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirish va taqdimnomalar kiritish huquqiga ega bo‘ladi;
🔹Bolalar ombudsmanining Oliy Majlis, Konstitusiyaviy sud, Oliy sud, Vazirlar Mahkamasi majlislarida ishtirok etish va masalalar kiritish huquqi mustahkamlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi sifatida ish boshladi. U Avstriya prezidentiga ishonch yorlig’ini topshirgan.

Yangi elchi 2017–2023-yillar davomida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili sifatida faoliyat yuritgan.


👉 @xushnudbek 👈
Aholi orasida o‘tkir virusli infeksiyalarga chalinganlar ko‘paymoqda. Nima choralar ko‘rilyapti?

SSVning maʼlum qilishicha, butun dunyoda bo‘lgani kabi kuz-qish mavsumida yurtimizda yosh o‘g‘il-qizlar orasida o‘tkir respirator kasalliklarning davriy ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Jumladan, Toshkent shahridagi bolalar klinik shifoxonalariga yuklamalar yilning boshqa davrlariga nisbatan ortgan.

Vazirlik bu bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotganini maʼlum qildi:

🏥 Zangiota-1 yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘tkir respirator virusli infeksiyalarga chalingan bolalar uchun ajratilgan o‘rinlar sonini 300 tadan 500 taga oshiriladi;

🚑 So‘nggi kunlarda aholidan haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal belgilari bilan chaqiruvlar soni ortgani sababli “103” xizmatiga ertalab soat 06:00 dan 14:00 gacha poytaxt shifoxonalarida zaxirada bo‘lgan 40 ta avtomashina qo‘shimcha ajratildi;

🚑 25-noyabrdan tez tibbiy yordam xizmatiga 29 ta to‘liq jihozlangan “Isuzu” rusumdagi avtomashinalari tibbiy brigadalar bilan doimiy foydalanish uchun ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Farzandi gul soʻragani uchun uni haqoratlab, urishgan ona reabilitatsiya va moslashtirish markaziga joylashtirildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarmoqlarda tarqalgan — voyaga yetmagan farzandi gul doʻkonidan gul soʻragan vaqtida uni haqoratlab, urishib, doʻkondan olib chiqqan ona aks etgan video yuzasidan munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, oʻrganishlar davomida ona V.A. turmush oʻrtogʻi bilan birga yashamasligi, doimiy ish joyiga ega emasligi aniqlangan.

Hozirda fuqaro V.A ayollarni reabilitatsiya va moslashtirish markaziga joylashtirilgan, qizi V.I esa Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilib, psixolog va pedagoglar tomonidan uning ruhiy holatini yaxshilash yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.

Holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib va “Ijtimoiy ish” ochilgan boʻlib, oilaning og’ir vaziyatga tushganlik sabablari toʻliq oʻrganiladi va bolani maktabda taʼlim olishi yuzasidan amaliy yordam berish ishlari olib boriladi.


👉 @xushnudbek 👈