Namangan shahriga 36 dona avtobuslar olib kelinmoqda
Xitoydan olib kelinayotgan ushbu avtobuslar hozirda Qozog‘istonga kirib kelgan va tez orada O‘zbekistonda bo’ladi.
👉 @xushnudbek 👈

🚆 “Hyundai Rotem” kompaniyasidan yuqori tezlikda harakatlanuvchi 6 ta elektropoyezd xarid qilinadi
Bu haqda Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
Loyihaning umumiy qiymati 220,03 million yevroga baholanmoqda.
Kelishuv doirasida O‘zbekiston 21,3 million yevro, «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi 13,5 million yevro, Koreya Eksimbanki esa 185,18 million yevro ekvivalentida 40 yilga, shu jumladan, 10 yillik imtiyozli davrga qarz beradi.
Loyihani amalga oshirish muddati 6 yil — 2024-yildan 2030-yilgacha. Yangi poyezdlar yiliga 1,31 million yo‘lovchini tashishi kutilmoqda.
Loyihaning o‘zini oqlashi 25,1 yil deb baholanmoqda.

Tadbirkorlik kodeksi Senat tomonidan ma’qullandi
Tadbirkorlik kodeksida 100 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini unifikatsiya qilish nazarda tutilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
✅ Shuningdek, Kodeks bilan:
➖ fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan manfaatdor bo‘lishi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratish, xususiy mulk, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish belgilanmoqda;
➖ tadbirkorlik subyektlari kichik, o‘rta va yirik toifalarga ajratilmoqda (amalda toifa sifatida faqat kichik tadbirkorlik subyekti mavjud edi);
➖ yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan faoliyat turlari belgilangan holda ularga qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish huquqi berilmoqda;
➖ ijtimoiy tadbirkorlik, ijtimoiy korxona, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari ro‘yxati va ularni, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning mexanizmlari belgilanmoqda;
➖ biznes-inkubatorlarning huquqiy maqomi, maqsad va vazifalari belgilanmoqda hamda davlat korxonalariga raqobatni cheklovchi imtiyoz va preferensiyalar berish taqiqlanmoqda.

Fintex kompaniyalar qancha daromad olmoqda?
Click kompaniyasi 2024-yilning dastlabki 6 oyida 272,6 mlrd so‘m daromad qilibdi, shundan sof foyda 117 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Payme kompaniyasi esa dastlabki 6 oyda 214,5 mlrd so‘m daromad olgan va shundan 113 mlrd so‘m sof foyda qilgan.
Ushbu fintex kompaniyalar O‘zbekistondagi 22 ta bankdan ko‘proq sof foyda olgani ma’lum bo‘lmoqda (jami 35 ta bank bor).

Sobiq vazir 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
2017-yildan 2021-yilgacha uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri, 2021-yildan 2023-yilgacha Nurafshon shahar hokimi lavozimida ishlagan Saliyev Muzaffar Xaldarbayevich 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Shuningdek, u 3 yilga mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimida ishlash huquqidan mahrum etilgan.
Sobiq amaldor Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) “a” va “v” bandlari, 209-modda (Mansab soxtakorligi) 2-qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Muzaffar Saliyev va uning sheriklari davlat byudjetidan juda ko‘p miqdordagi pullarni talon-toroj qilgan.
Bir necha sud hukmi bilan aybdorlardan 63 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni davlat foydasiga solidar tartibda undirish belgilangan.
Sobiq vazir va uning turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirilgan Lada Pickup, treker avtomobillari, ikkita xonadon, bitta hovli, 14,6 ming dollarlik mablag‘yetkazilgan zararni qoplashga qaratilishi belgilangan.

❗️ O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan, yolg‘iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchi transportidan bepul foydalanish huquqi berilmoqda
Bu haqdagi qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Unga ko‘ra, ayrim qonun hujjatlariga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
🔹 Ijtimoiy himoya milliy agentligining zimmasiga dafn etish uchun nafaqani berish vazifasini yuklash, agentlikning xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilash, shuningdek fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga va maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini to‘lashdan ozod etish;
🔹 o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanishi uchun davolash muassasasining xulosasi talab etilmaydi;
🔹 o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan, yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yo‘qolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmoqda;
🔹 ularga homiylik qilish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritilishi belgilanmoqda.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
G‘ayrikonstitutsiyaviy qonun rad etildi, ammo hali quvonishga erta
Bugun Senatning Yalpi majlisida huquq-tartibot organlari xodimlarini foto va videoga olib, «obro‘sizlantirish maqsadida» tarqatganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun senatorlar tomonidan rad etildi. Qonun endilikda parlament palatalarining kelishuv komissiyasi tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
Konstitutsiyada belgilangan muddatdan 8 oyga kechikib ko‘rilgan ushbu qonun rad etilganidan juda xursandman. Bu jamoatchilikning umumiy g‘alabasi.
Senatorlarga ham alohida rahmat!
Ammo hali mutlaq quvonishga erta, deb hisoblayman. Chunki Senatning Qo‘mita raisi o‘z ma’ruzasida 195-2-moddasining faqat tahririda xatolik bor, ushbu moddani qayta ko‘rib chiqish kerak, deb aytdi. Ya’ni Senat ham ushbu moddani butunlay chiqarib tashlashni ilgari surmayapti.
Katta ehtimol bilan, qonunning ushbu moddasini "kosmetik" ta’mirlab, "va" degan so‘zni "bilan"ga almashtirib, Ali Xo‘ja va Xo‘ja Ali tarzida yana qayta kiritishlari ham mumkin. Rad etildimi, rad etildi. Qayta ko‘rildimi, qayta ko‘rildi, deyishadi keyinchalik.
‼️Ammo ushbu modda hech qanaqa tahrirda ham yashashga haqli emas! Bu modda butunlay chiqarib tashlanishi va umuman ko‘rib chiqilmasligi shart va zarur!
Bunga asoslarni avval ham ko‘p bora tushuntirganmiz. Agar qaysidir fuqaro boshqa bir shaxsni, u xoh organ xodimi bo‘ladimi, xoh oddiy inson bo‘ladimi, farqi yo‘q, obro‘sizlantiradigan yolg‘on, tuhmat va haqoratli foto va videoni internetga joylasa, shundoq ham jazo choralari mavjud. Velosipedni qayta ixtiro qilib, organ xodimlari uchun alohida dublikat modda joriy qilish na aqlga sig‘adi, na mantiqqa to‘g‘ri keladi.
Umid qilamanki, Parlament qo‘shma komissiyasi ushbu qonunni qayta ishlash jarayonini ochiq va shaffof olib boradi, jamoatchilik vakillari va mutaxassislarining ham fikrini o‘rganadi, imi-jimida, xo‘jako‘rsinga ish qilmaydi.
Va yana bir bora 195-2-moddani butunlay chiqarib tashlashni iltimos qilaman.

🚌 Toshkentdan uchta viloyatga quyidagi yo‘nalishlarda yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi:
● 17-avgust kunidan Toshkent – Shahrisabz – Kitob hamda Toshkent – Yangiyer yo‘nalishida;
● 22-avgustdan Toshkent – Qarshi – Koson hamda Toshkent – G‘uzor – Qamashi yo‘nalishida;
● 23-avgustdan Toshkent – Boysun yo‘nalishida.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❓Mandat qachon chiqadi?
#abituriyent
✅ JAVOB: hozir hammani qiziqtirayotgan savol shu bo’lib turibdi.
Mendagi ma’lumotga ko’ra, yakuniy natijalar to’liqligicha shakllantirilib bo’lingan. UzBMB tomonidan tasdiqlash uchun Davlat qabul komissiyasiga (Vazirlar Mahkamasiga) kiritilgan. Qachon tasdiqlanishi hozircha noma’lum.
Har yilgi an’anaga ko’ra, mandatning qonunchilikda belgilangan kuni yaqinlashgani sari sukunat, noaniqlik va shubhalar ortib ketadi.
Aslida amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari, ya’ni mandat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash 10-avgust kuni to‘liq yakunlanadi. Undan so’ng hech qanday qo’shimcha muddat berilmadi.
Demak, mandat 17-avgustgacha e’lon qilinishi kerak.
Bugun — 16-avgust. Bundan kelib chiqadiki, agar mandat yoki bugun, yoki ertaga e’lon qilinmasa, unda qonun hujjatlari buzilgan bo’ladi.

Qirg‘izistondagi Yuridik institutga grant asosida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Z.Yu. ismli shaxs (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro S.X. ni tanishlari yordamida Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi Yuridik institutga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mandat shamoli esmoqda. UzBMB pullik SMS orqali natijalarni bilish mumkinligini eslatmoqda.
SMS yuborsangiz hozir javob kelmaydi, chunki yakuniy natijalar tasdiqlangani yo’q. Hozir SMS yuborsangiz, qachon mandat chiqsa, shunda javob qaytadi.

Bugun uxlasangiz bo’laveradi. Mandat chiqmaydi.
Xudo xohlasa, mandat ertaga e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda. Buning uchun hamma narsa tayyorligini aytishdi.
👉 @xushnudbek 👈
Xudo xohlasa, mandat ertaga e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda. Buning uchun hamma narsa tayyorligini aytishdi.
👉 @xushnudbek 👈
Joriy yilda mandat o’z vaqtida chiqdi. Qo’y-po’y so’yib, qon chiqazib yuborish kerak. Ko’z tegmasin, bardavom bo’lsin deb.
👉 @xushnudbek 👈
👉 @xushnudbek 👈
2024-yilgi o‘tish ballari e’lon qilindi
Mandat chiqqandan so‘ng, hozircha abituriyentlar faqat o‘zlarining kirgan yoki kirmaganligini, agar kirgan bo‘lsa, grant yoki kontraktligini bilishlari mumkin bo‘lmoqda.
Kim nechanchi o‘rinda turgani haqidagi ma’lumotlar hozircha mavjud emas.
Ammo 2024-yilgi o‘tish ballari e’lon qilingan. Siz o‘z yo‘nalishingizni tanlab, o‘sha yo‘nalish uchun grant va kontraktga o‘tish balini ko‘ra olasiz.
👉 https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz2024
Bu ma’lumot o‘qishga kira olmaganlar uchun ham muhim. Chunki super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, 4 ballik arzon shkalaga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘qmi, o‘tish bali haqida tekshirib olishlari mumkin.

Imtiyozlilar uchun o‘tish ballari e’lon qilindi
Bunda abituriyentlar imtiyoz turini tanlagan holda, 2024-yilgi o‘tish ballarini ko‘rishlari mumkin.
👉 https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz2024
Ma’lumot uchun: imtiyozlilarning o‘tish ballari super-kontrakt uchun amal qilmaydi. Ya’ni imtiyoz olgan qaysidir abituriyent imtiyozlilarning o‘tish baliga 2-3 ball yetmay qolgan bo‘lsa, unda 4 ballik shkalada super-kontrakt qila olmaydi. Super-kontrakt uchun faqat umumiy o‘tish ballari inobatga olinadi.

Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun davlat grantiga o‘tish ballari quyidagicha bo‘ldi (tavsiyanomasi borlar uchun):
Mudofaa vazirligi — 72,9 ball (775 ta kvota);
Ichki ishlar vazirligi — 68,1 ball (174 ta kvota);
Favqulodda vaziyatlar vazirligi — 71,9 ball (226 ta kvota);
Davlat xavfsizligi xizmati — 76,7 ball (488 ta kvota);
Prezident davlat xavfsizligi xizmati — 114,9 ball (35 ta kvota);
Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi — 69,6 ball (35 ta kvota);
Milliy gvardiya — 68 ball (697 ta kvota);
Harbiy prokuratura — 128,6 ball (9 ta kvota).
ESLATMA: bu ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5%li davlat granti asosidagi kvota emas, ularning o‘tish ballari OTM kesimida chiqadi.

❓Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi?
#abituriyent
✅ JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz o‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz, demak to‘plagan balingiz yetmagan.
Joriy yilda ham xotin-qizlar uchun maxsus 2 mingta qo‘shimcha davlat granti uchun joy ajratilgan (xalq orasida 4%lik grant deyiladi).
Va bu 2 mingta o‘rin hududlar hamda fanlar kesimida taqsimlangan (https://t.iss.one/xushnudbek/24830).
‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️
Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi.
Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan (https://t.iss.one/xushnudbek/20045).
Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmagan.
Izoh: bu yerda siz topshirgan yo‘nalish qaysi fanlar guruhiga kirishi ham muhim. Afsuski, kvotalarning sohalarga taqsimlanish tufayli baʼzi hududlarda 69 ball bilan ham grantga kirishgan, ba’zi joylarda 160 ball bilan ham tavsiya etilmagan🤦♂️ Har yili shunday bo’lmoqda.

Ustuvorlik masalasida tushuntirish
Mandat natijalari chiqqach, javoblar sahifasidagi yozuvlar bo‘yicha ayrim tushunmovchiliklar bo‘layotgan ekan.
Kimlardir men ta’lim yo‘nalishi ustuvorligini tanlagan edim, lekin davlat grantiga o‘tib qolibdi, yoki teskarisi bo‘ldi deyishmoqda.
Shu sababli ushbu ma’lumot sizga foydali bo‘lsa kerak:
Agar javoblar varaqangizda "BARCHA yo‘nalishda" degan yozuv bo‘lsa, bu tanlov ustuvorligi "Davlat granti" ekanligini anglatadi. Ya’ni barcha yo‘nalishda avval davlat granti ko‘rib chiqilgan, keyin kontraktga o‘tilgan;
Agar javoblar varaqangizda "HAR BIR yo‘nalishda" degan yozuv bo‘lsa, bu tanlov ustuvorligi "Ta’lim yo‘nalishi" ekanligini anglatadi. Ya’ni birinchi yo‘nalish bo‘yicha grant va kontrakt ko‘rib chiqilgan va keyin ikkinchi yo‘nalishga o‘tilgan.
Demak, yana bir xulosa qilamiz:
BARCHA so‘zi bo‘lsa — davlat granti ustuvorligi;
HAR BIR so‘zi bo‘lsa — ta’lim yo‘nalishi ustuvorligi.